Ma’lumki, ro‘za nihoyatda fazilatli va buyuk amallardan hisoblanadi. Bu haqda vorid bo‘lgan oyati karimalar va hadisi shariflar ham mashhurdir. Quyida ezgulikni eslatish qabilida ro‘zaning fazilatiga doir ayrim hadisi shariflarni e’tiboringizga havola etmoqchimiz. So‘ngra ro‘zaga doir ayrim fiqhiy masalalar bilan tanishamiz, inshoalloh.
Rivoyat qilinishicha, Abu Umoma al-Bohiliy (roziyallohu anhu) Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam)dan “Qaysi amal eng afzal?” deb so‘radi. Shunda Ul zot: “Ro‘za tut! Zero, uning tengi yo‘qdir!” dedilar (Imom Ahmad, Nasoiy va Bayhaqiy rivoyati).
Ro‘zador kishi, hatto hech narsa qilmasdan yotog‘ida uxlab yotgan paytida ham ajr-savoblar qo‘lga kiritadi. Abul Oliya aytadilar: “Ro‘zador garchi to‘shagida uxlab yotgan bo‘lsa-da ibodat ichra bo‘lur”. Hafsa onamiz (roziyallohu anhuo): “Yotog‘imda uyquda bo‘lsam ham davom etadigan qanday ham yaxshi ibodat ekan bu (ro‘za)?!” der edilar.
Ibn Hassosiya (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilingan hadisi qudsiyda Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) bunday deganlar: «Alloh aytdi: «Ro‘za olovdan qalqondir, ro‘za Mening uchundir, uning mukofotini Men beraman. Zero, ro‘zador yemog‘ini, ichmog‘ini, nafsoniy istaklarini Mening uchun tark etadi. Ro‘zador og‘zining hidi Alloh nazdida mushk hididan ham yoqimliroqdir»(Bag‘aviy va Tabaroniy).
Abdulloh ibn Mas’ud (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilingan hadisi qudsiyda keltirilishicha, Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) bunday deganlar: «Alloh aytadi: «Har kimsaning a’zolari haromdan, gunohlardan tiyilmasa, yemoq-ichmog‘ini tark etishiga ahamiyat bermayman» (Abu Nuaym).
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) bunday deganlar: «Ro‘za (do‘zax o‘tidan asrovchi) qalqondir. Ro‘za tutgan kishi yomon so‘zlarni so‘zlamasin, qo‘pollik qilmasin. Agar biror kishi uni urishsa yoki haqorat qilsa, ikki marta «men ro‘zadorman», desin. Allohga qasamki, ro‘zador og‘zining hidi Alloh nazdida mushk-anbar hididan ham xushbo‘yroqdir. Chunki Alloh taolo: «Ro‘zador Mening uchun yemaydi, ichmaydi va shahvatini tark qiladi. Ro‘za xolis Men uchundir, unga O‘zim hisobsiz savob beraman. Vaholanki, har bir yaxshilikka o‘n barobar yaxshilik bordir» (Imom Buxoriy).
Abdulloh ibn Abbos (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: «Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) insonlar ichida xayr qilishda eng saxiyi edilar. U zotning yana ham saxiy bo‘lishlari Ramazon oyiga to‘g‘ri kelar edi. Ramazonning har kechasida u zotga Jabroil alayhissalom kelib uchrashar edi. Rasululloh (sollallohu alayhi va salam) undan Qur’onni o‘tkazib olar edilar. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) Jabroil kelgan paytda saxiylikda tez esgan shamoldek bo‘lib ketar edilar» (Imom Buxoriy).
Sahl ibn Sa’d So’idiy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): «Jannatning bir eshigi bor, u Rayyon deb ataladi. Qiyomat kuni undan faqat ro‘zadorlar kirishadi, ulardan boshqa hech kim kirmaydi. «Ro‘zadorlar qayerda?» deyiladi. Ro‘zadorlar turadilar. U eshikdan ulardan boshqa hech kim kirmaydi. Ular kirgach, eshik berkitiladi, (so‘ng u eshikdan) boshqa hech kim kirmaydi», dedilar (Imom Buxoriy, Muslim va Nasoiy).
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): «Ro‘zador ikki bor xursand bo‘ladi: birinchisi – og‘iz ochganida (iftor qilganida) va ikkinchisi – ro‘za tutib Allohga yorug‘ yuz bilan yo‘liqqanida», deganlar» (Imom Buxoriy).
Abdulloh ibn Umar (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinishicha, Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): «Alloh taolo va Uning farishtalari saharlik qiluvchilarga rahmat tilab, duo qiladilar», deganlar (Imom Tabaroniy va Ibn Hibbon).
Zayd ibn Xolid Juhaniy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: «Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): “Kim ro‘zador kishiga iftorlik qilib bersa, u kishiga ham ro‘za tutganning ajridek savob beriladi. Bu bilan ro‘zadorning ro‘zasidan biror narsa kamaytirilmaydi”, deganlar» (Imom Termiziy).
Ro‘zaning sunnat va mustahablari
Payg‘ambar (sollallohu alayhi va sallam): «Saharlik qilingiz. Albatta, saharlikda baraka bordir», deganlar (Muttafaqun alayhi).
Undan tashqari, saharlik qiluvchilarga Alloh va Uning farishtalari salavot aytishadi.
Abu Said al-Xudriy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) marhamat qilib, dedilar: “Saharlikni yeyish barakadir, shunday ekan, hech bo‘lmasa, bir qultum suv ichib bo‘lsa ham (saharlik qiling), uni tark etmang. Zero, Alloh azza va jalla va Uning maloikalari saharlik qiluvchilarga salavotlar ayturlar” (Imom Ahmad va Ibn Hibbon).
Bu haqda kelgan hadislarning barchasi sahih va mutavotirdir. Saharlik qanchalik tongga yaqin qilinsa, shunchalik afzal bo‘ladi. Agar muazzin subhi sodiq kirishi bilan azon aytadigan bo‘lsa, azongacha kechiktirishning zarari yo‘q. Kechroq saharlik qilgan kishi ko‘proq ajr oladi, kunduzi ham to‘qroq yuradi. Yeb-ichib o‘tirgan kishi tong kirib qolganini sezib qolsa, yeb-ichishni to‘xtatadi va ro‘zasini tutaveradi. Vaqt juda kam qolganini bila turib, o‘zini g‘aflatga solib yeb-ichib o‘tirish uzr bo‘lmay qolishi mumkin. Shuningdek, ehtiyot yuzasidan deb subhi-sodiqdan ancha ilgari, masalan bir yoki yarim soat oldin og‘iz yopib olish ham sunnatga xilofdir.
Anas (roziyallohu anhu) aytadilar: «Payg‘ambar (sollallohu alayhi va sallam) suv bilan bo‘lsa ham og‘iz ochmagunlaricha shom namozini o‘qimas edilar» (Imom Termiziy rivoyati, hasan hadis).
«Zahabaz-zoma’, vabtallatil-uruqu va sabatal-ajru in sha Alloh» – «Chanqoq qondi, tomirlar ho‘llandi va ajr sobit bo‘ldi, inshaalloh» (Buxoriy rivoyati).
Ibn Umar roziyallohu anhu esa shunday derdilar: «Ey Allohim, men Sendan hamma narsadan keng bo‘lgan rahmating bilan so‘raymanki, gunohlarimni kechir» (Ibn Moja rivoyati, sahih hadis).
Ro‘za makruhlari
Ro‘zador uchun quyidagi ishlarni qilish makruh:
Payg‘ambar (sollallohu alayhi va sallam): «Burunga suvni chuqur olgin, ammo ro‘zada unday qilma», – deganlar (As'hobus-sunan rivoyati, sahih hadis).
Payg‘ambar (sollallohu alayhi va sallam) ro‘za paytida og‘iz va burunni qattiq chayqaganda ichga suv ketib qolish xavfi bo‘lgani uchun ham bu ishni karih ko‘rganlar.
Yuqorida sanab o‘tilgan ishlarni qilish garchi ro‘zani buzmasa-da, uning savobini kamaytirishi mumkin.
Ro‘zani buzuvchi narsalar
Ro‘zani quyidagi narsalar buzadi:
a) Mo‘min qulni ozod qilish;
b) Ikki oy uzluksiz ro‘za tutish;
v) Oltmishta miskinni taomlantirish, bunda har bir miskinga bug‘doy bo‘lsa bir muddan, arpa, guruch yoki xurmo kabi narsalardan bo‘lsa yarim so’ berish nazarda tutiladi. Bu haqda keyinroq batafsil to‘xtalamiz. Agar kishi bu ishning hukmini bilmasa, ro‘zador ekanini unutib qo‘ysa, xato qilsa yoki majburlansa, jinsiy aloqa sababli ro‘zasi buzilmaydi. Chunki yuqorida sanalgan holatlar uzrli sabablardir.
a) yeb-ichish. Kim qasddan, ro‘zaligini bilib turib yeb-ichsa, qattiq gunohkor bo‘lib, hanafiy mazhabiga ko‘ra unga yuqoridagi og‘ir kafforat vojib bo‘ladi. Agar ro‘zaligini unutib yeb-ichib qo‘ysa, ro‘zasi buzilmaydi. Unga qazo ham, kafforat ham lozim bo‘lmaydi. Bunda ko‘p yeyish bilan kam yeyishning ahamiyati yo‘q.
Ummu Is'hoq (roziyallohu anho) Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) huzurlarida turganida bir idishdan suv olib ichib qo‘ydi va keyin ro‘zadorligi esiga tushib qoldi. Shu yerda turgan Zul-Yadayn: «Endi, to‘yganingdan keyinmi?» dedi. Shunda Payg‘ambar (sollallohu alayhi va sallam): «Ro‘zangni oxiriga yetkizaver. Albatta, bu Allohning senga bergan rizqidir», dedilar (Ahmad va boshkalar rivoyati, sahih hadis).
Og‘iz, burun yoki quloq orqali oshqozonga ataylab biron narsa kiritilsa, ro‘za buziladi.
b) Yeb-ichish ma’nosidagi narsalar. Odamga quvvat bo‘luvchi ukollar va shu kabi narsalar yeb-ichish hukmida bo‘ladi. Kim tomiridan yoki muskulidan quvvat bo‘luvchi ukollar olsa, ro‘zasi buzilib qazo vojib bo‘ladi, ammo unga kafforat lozim emas.
Ammo qayt qilish beixtiyor amalga oshsa, ro‘za buzilmaydi. Kishi qasddan qusmasligi va tabiiy ravishda o‘z-o‘zidan kelayotgan qusuqni to‘smasligi kerak. Chunki buning sog‘liqqa zarari bor. Qasddan qusgan kimsaga qazo vojib bo‘ladi.
Ro‘zador uchun muboh (joiz) bo‘lgan ishlar
Yuqorida sanab o‘tilgan narsalarga shariatda ta’qiq kelmagani uchun ularni qilish joiz sanaladi.
Ro‘zadorga quyidagi ishlar uzrli va kechirimli sanaladi:
Rahmatulloh SAYFUDDINOV,
Toshkent shahridagi “Mirza Yusuf”
jome masjidi imom xatibi
Uning ilmiy merosi va ta’limoti to bugunga qadar bardavom bo‘lib kelmoqda. Hatto bu ta’limot, Imom Ash’ariy ta’limoti bilan birga, bugungi kunda ahli sunna val-jamoa deb tanilgan musulmonlarning to‘qson foizini tashkil etadi. Moturidiylikka mansub musulmonlar esa ahli sunnaning qariyb teng yarmidan iborat.
Movarounnahr diyori islom olamining yetuk allomalari voyaga yetadigan muborak zamin bo‘lgan. Xususan, Buxoro va Samarqand kabi mo‘tabar shaharlari o‘z davrida jahon ziynati, odamlarni o‘ziga ohanrabodek tortgan ilm-fan va olimlarning qarorgohi bo‘lib, ilmga tashna inson borki dunyoning turli burchaklaridan bu o‘lkaga uning olimlari ichra murodini hosil qilish uchun safar qilar edi. Kim naql ilmi – ya’ni hadis va rivoyatlarni istasa, Imom Buxoriy va Imom Termiziy singari muhaddislar bor. Kim aql va mantiqiy ilmlarga talabgor bo‘lsa, u Moturidiy, Nasafiy, Sobuniy, Sig‘noqiy va Peshog‘ariy kabi mutafakkirlarni topardi. Tilshunoslik, tafsir va adabiyotshunoslik ilmlarini izlaganlar Zamaxshariy va uning maktabidan, falsafa va hikmat ilmi talabidagilar esa Forobiy, Ibn Sino va boshqa zotlardan bahra olishar edi.Har bir talabgor bu diyorda o‘z istagini topgani uchun ham Samarqand “Ilm Ka’basi” – nomini olgan. Insonlarning qalblari Allohning Baytini tavof qilsa, ularning aqllari Samarqand atrofida parvonadek charx urar edi.
Shu bois o‘zbek xalqi o‘zining ulug‘ olimlari bilan faxrlanadi va ularni islom ilmlari sohasining barcha yo‘nalishlarida ko‘rsatgan buyuk xizmatlari uchun e’zozlaydi. O‘zbekiston hukumati o‘zbek xalqining orzu-istaklarini ro‘yobga chiqarishga vazifador bo‘lgan. Buni biz Yangi O‘zbekiston Prezidentining bu ulug‘ yurtdan chiqqan yetuk olimlarga ko‘rsatgan e’tibor va e’tirofida yaqqol ko‘rib turibmiz.
O‘zbekiston rahbariyati xalqqa uning milliy o‘zligi va islom sivilizatsiyasini qaytarishni maqsad qildi. Davlat rahbari “Yangi O‘zbekiston” va “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiorlarini ilgari surdi. Hech qaysi millat o‘zining teran ildizlari va asoslarisiz zamonaviylik va sivilizatsiya pog‘onalarida yuksalib, taraqqiy etolmaydi. Shuning uchun ham bu yurt olimlari ulkan hissa qo‘shgan islom ilmlarini qaytarish – taraqqiyot uchun zarurat va yuksalishning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi.
Prezident o‘z rahbarligi davrida amalga oshirgan dastlabki ishlaridan biri – ilmiy-tadqiqot markazlarini tashkil etish bo‘ldi. Bular orasida Imom Buxoriy, Imom Moturidiy va Imom Termiziy nomlari bilan atalgan markazlar alohida o‘rin tutadi. Shuningdek, poytaxt Toshkent shahrida, mazkur yurtning islom madaniyati va insoniyat tafakkuriga qo‘shgan hissasini namoyon etuvchi O‘zbekiston islom sivilizatsiyasi markazi tashkil etildi.
Ushbu yo‘nalishda yana bir muhim qadam – islom olami ulamolari bilan fikr almashish bo‘ldi. Bu maqsadda o‘nlab ilmiy anjumanlar tashkil etildi. Ular islomiy ilmlarning aqliy va naqliy yo‘nalishlarini chuqur o‘rganish, ularning mazkur yurt taraqqiyotiga qanday hissa qo‘sha olishi va mamlakatni yanada yuksaltirishdagi o‘rnini belgilashga qaratilgan edi. Bu orqali O‘zbekiston nafaqat islom olamida, balki butun dunyoda ilmiy-ma’naviy yetakchiga aylanishi ko‘zda tutilgan.
Qolaversa, ushbu yo‘nalishda tashkil etilgan eng muhim anjumanlardan biri – 2020 yilda Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro ilmiy konferensiya bo‘ldi. Unda dunyoning turli mamlakatlaridan yuzdan ortiq islom ulamolari ishtirok etdi. Anjumanda al-Azhar shayxi, doktor Ahmad Tayyib ham qatnashdi. Mazkur anjumanning muhim tavsiyalaridan biri – Imom Moturidiy nomidagi ilmiy markazni tashkil etish bo‘ldi. Bu markaz moturidiylik ulamolari merosini tadqiq etish, ularni keng jamoatchilikka tanitish va ilmiy meroslaridan foydalanish maqsadida ilm nurini sochuvchi maskan sifatida faoliyat yuritishi nazarda tutildi.
Markaz tomonidan o‘zbek va arab tillarida o‘nlab kitoblar nashr etildi. Ularning eng muhimlari – “Ta’vilot al-Qur’on”, Imom Moturidiyning “Kitob at-Tavhid” va “Risolatun fi at-tavhid” asarlarining arab tilidagi ilmiy matni va o‘zbek tilidagi tarjimalari bo‘ldi.
Shuningdek, Markaz tomonidan ilmiy maqolalarni o‘z ichiga olgan va islomshunoslik hamda moturidiylik ta’limotlariga bag‘ishlangan olim va mutaxassislar tadqiqotlarini chop etuvchi ilmiy-tahliliy choraklik “Moturidiylik” jurnali ta’sis etildi. Markaz xalqaro miqyosda ko‘plab anjuman va ilmiy uchrashuvlar o‘tkazdi. Uning qoshida islom olamining turli mintaqalaridan yetuk olimlar va mutaxassislardan iborat xalqaro ilmiy kengash faoliyat olib bormoqda.
Sanab o‘tilgan muhim bosqichlardan keyin, joriy yilda Imom Abu Mansur Moturidiy tavalludining yubileyi nishonlanmoqda. Shu munosabat bilan uning ilmiy va aqidaviy merosini qayta yodga olish hamda qadrlash davlat va jamiyat hayotida muhim o‘rin tutmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan yuksak ehtirom bilan qabul qilingan qarorga muvofiq, Imom Abu Mansur Moturidiy tavalludining 1155 yilligini nishonlashga davlat darajasida e’tibor qaratilmoqda. Ushbu qarorga asosan turli davlat idoralari va tashkilotlari hamkorligida bir qator tadbirlar o‘tkazilishi belgilangan. Eng muhim voqealardan biri – 2025 yili Samarqand shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan xalqaro konferensiya bo‘lib, unga islom olamining yetakchi ulamolari hamda islomshunoslik sohasida faoliyat yurituvchi mashhur sharqshunos olimlar ishtirok etishidir. Mazkur anjuman Imom Moturidiyning islom olamidagi yuksak maqomini munosib tarzda yoritishni ko‘zlab, “Moturidiylik – bag‘rikenglik, mo‘tadillik va ma’rifat ta’limoti” mavzusida o‘tkaziladi.
Shuningdek, tadbirlar doirasida quyidagi yo‘nalishlarda bir qator tanlovlar va madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan:
– xorijlik tadqiqotchilar o‘rtasida moturidiylik ta’limoti bo‘yicha ilmiy tanlov;
– O‘zbekistonning diniy ta’lim muassasalari barcha bosqich talabalari o‘rtasida Imom Moturidiy ta’limotiga bag‘ishlangan tanlov;
– imom-xatiblar va islom ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida moturidiylik ta’limoti va manbalari yuzasidan musobaqalar.
Shu qatorda, O‘zbekiston bo‘ylab tanlov g‘oliblari ishtirokida madaniy-ma’rifiy uchrashuvlar, o‘quv-seminarlar va targ‘ibot tadbirlari tashkil etiladi.
Bundan tashqari, Imom Moturidiyning “Ta’vilot al-Qur’on” va “Kitob at-Tavhid” asarlari hamda moturidiylik ta’limotini tanishtiruvchi boshqa muhim asarlarning o‘zbek va boshqa tillardagi ilmiy-akademik tarjimalari nashr etilishi rejalashtirilgan.
Sanab o‘tilganlardan tashqari, yubiley sanasini muhrlovchi esdalik buyumlari, Imom Moturidiy va moturidiylik ulamolarining hayoti va ilmiy merosi bilan bog‘liq noyob manbalarni tizimli o‘rganish, ularning nusxalarini O‘zbekistonga olib kelish va tahlil qilish, yuksak sifatli media mahsulotlar, hujjatli filmlar va audiovizual materiallar tayyorlash, ularni mahalliy va xalqaro ommaviy axborot vositalarida, internet va ijtimoiy tarmoqlarda keng targ‘ib qilish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilishi belgilandi.
Eng quvonarlisi, Prezident qarorining Imom Abu Mansur Moturidiy maqbarasi joylashgan Samarqanddagi Chokardiza ziyoratgohi qayta ta’mirlanib, obodonlashtirilishi, bu joy yaxlit kompozitsiyaga ega yodgorlik majmuasiga aylantirilishi xususidagi bandi bo‘lib, barchamiz uzoq kutgan bu yangilik qalbimizga betakror farah baxsh etdi...
Bu yurtda yangi bir ruhiyat ufurib turibdi. Bu ruhiyat hozirgi zamonni o‘tmish bilan bog‘laydi, kelajakni bunyod etishga safarbar etadi. Bu – ilm va ma’rifat qudrati, fikr va aql quvvati, taraqqiyot va tamaddun kuchi, birlik va bag‘rikenglik kuchi, qalb va axloq kuchi, ta’sir va bunyodkorlik kuchidir. Bu yangi ruh – milliy ildizlarga suyangan holda taraqqiyotga yo‘l ochuvchi, chuqur va teran bir tafakkurning ifodasidir. Chunki, har qanday tamaddunning poyasi madaniyatdir.
Millat o‘z tamaddunini qadrlamas ekan, yuksalmaydi. O‘z tafakkurini, qadriyatlarini boy manba sifatida dunyoga taklif eta olmas ekan, u har tarafdan o‘zlashtirishga muhtoj bo‘lib qoladi. Ammo bizda dunyoni boyitishga qodir fikr, madaniyat va kuch mavjud.
Ajdodlar qoldirgan ilm va madaniyat omonati yosh avlod qalbiga ilg‘or tarzda singdirilishi va o‘z tarixidan faxrlanish ruhida tarbiyalanishi zarur. Prezident qarori va uning ila amalga oshiriladigan ishlar aynan shu maqsadga xizmat qiladi.
Alloh har bir bunyodkor qo‘lni, har bir oqilona qarorni va har bir avlodni ulug‘ ajdodlar bilan bog‘layotgan so‘zni xayrli qilsin – shoyadki, ular o‘z buyuk o‘tmishlarini qayta tiklab, insoniyat karvonini yana ma’rifat, mo‘tadillik, bag‘rikenglik sari boshlab bora olgaylar!
Doktor Ahmad Sa’d Damanhuriy,
moturidiyshunos olim.
O‘zA