Sayt test holatida ishlamoqda!
17 Iyul, 2025   |   22 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:25
Quyosh
05:05
Peshin
12:34
Asr
17:39
Shom
19:58
Xufton
21:30
Bismillah
17 Iyul, 2025, 22 Muharram, 1447

Peshin namozini o‘qib bo‘l­gan kishi uning farzini imomga iqtido qilib qayta o‘qisa bo‘la­di­mi?

23.05.2018   9199   2 min.
Peshin namozini o‘qib bo‘l­gan kishi uning farzini imomga iqtido qilib qayta o‘qisa bo‘la­di­mi?

Savol: Peshin namozini o‘qib bo‘l­gan kishi uning farzini imomga iqtido qilib qayta o‘qisa bo‘la­di­mi?

Javob: Ha. Shuningdek, jamoat bilan namoz o‘qiladigan masjidda farz namozni yolg‘iz o‘zi o‘qiyotgan kishi, u o‘qiyotgan farz namozi jamoat bilan o‘qila boshlaganida, agar birinchi rakatga sajdaga bormagan bo‘lsa, namozini buzib, imomga iqtido qiladi (“Muxtasarul Viqoya”).

Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam) bunday deganlar: «Jamoat namozining savobi yolg‘iz o‘qilgan namozdan yigirma yetti daraja ortiqdir» (Imom Buxoriy rivoyati).

To‘rt rakatli farz namozlarda bir rakatini o‘qigan bo‘lsa, ikkinchi rakatini ham o‘qib tashah­huddan keyin salom berib imomga iqtido qiladi. Agar uch rakatini o‘qib bo‘lgan bo‘lsa, namozini tugatib, keyin imomga iqtido qiladi. O‘qilgan bu to‘rt rakatli namoz nafl hisoblanadi.

Agar bomdod namozining farzini boshlab bi­rinchi rakatining sajdasini qilgan bo‘lsa, bomdod namozidan keyin nafl namoz o‘qish makruhligi sababli bir salom bilan namozini buzib, imomga iqtido qiladi.

Shunga o‘xshash shom namozida ham bir raka­ti­ni o‘qib bo‘lgan bo‘lsa ham ikkinchi rakatini o‘qimas­dan, salom berib, imomga iqtido qiladi.

O‘qilayotgan namoz asr bo‘lsa, imomga nafl niya­ti bilan iqtido qilolmaydi. Chunki asr namo­zini o‘qigandan keyin nafl o‘qish makruhdir.

Farz namozini o‘qiyotgan kishi ikki rakatini o‘qib bo‘lib, uchinchi rakatining sajdasiga hanuz bormagan bo‘lsa, jamoat namozi uchun takbir ay­tilsa, tik turib yoki o‘tirib salom berib, imomga iqtido qiladi. O‘qilgan ikki rakat nafl o‘rniga o‘tadi.

Lekin boshlagan namozi sunnat (nafl) bo‘lsa, uni tugatib, so‘ng imomga iqtido qiladi.

 

"So‘ragan edingiz" kitobidan olindi
O‘MI Matbuot xizmati

Maqolalar
Boshqa maqolalar

“Rasululloh, sizga salavot qanday aytiladi?”

16.07.2025   5389   1 min.
“Rasululloh, sizga salavot qanday aytiladi?”

حدثنا عباس الدوري نا محمد بن بشر العبدي نا مجمع بن يحيى عن عثمان بن موهب عن موسى بن طلحة عن طلحة قال: قلت: يا رسول الله كيف الصلاة عليك ؟ قال: قل :اللهم صل على محمد كما صليت على إبراهيم إنك حميد مجيد وبارك على محمد وعلى آل محمد كما باركت على إبراهيم إنك حميد مجيد.

Muso ibn Talha roziyallohu anhu Talha roziyallohu anhudan rivoyat qiladi: “Yo Allohning Rasuli, sizga salavot qanday aytiladi?” deb so‘radim.

U zot alayhissalom: “Allohumma solli ’alaa Muhammadin kamaa sollayta ’alaa Ibrohiyma innaka hamiydun majiyd. Va baarik ’alaa Muhammadin va ’alaa aali Muhammadin, kamaa baarakta ’alaa Ibrohiyma innaka hamiydun majiyd”, deb ayt”, dedilar.

Salavotning ma’nosi: “Allohim! Ibrohimga salavot yo‘llaganingdek, Muhammadga ham salavot yo‘llagin. Albatta, Sen maqtovga loyiq va ulug‘vor Zotsan. Ibrohimga barakot berganingdek, Muhammad va Muhammadning oilasiga ham barakot bergin. Albatta, Sen maqtovga loyiq va ulug‘vor Zotsan”.


Abu Said Haysam ibn Kulayb Shoshiyning
“Musnadi Shoshiy” asaridan
Davron NURMUHAMMAD