Bugun 01.06.2023 sanada O'zbekiston xalqaro islom akademiyasida imom-xatiblar uchun tajvid fanidan maxsus dars tashkil qilindi.
O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi faxriy doktori, “Qur'on va tajvidni o'rgatish” bo'limi mudiri Shayx Alijon qori imom-xatiblarga “Qur'on qiroati, duo va zikrlarda tajvid ilmining ahamiyati” mavzusida ma'ruza qildi.
Dars davomida Mus'haflardagi vaqflarga amal qilish qoidalari, Mus'haflar yozilishidagi tafovutlar hamda “Fotiha” surasi, duo va zikrlarni o'qishda uchraydigan ayrim xatolar va ularning muolajasi kabi tajvidga oid dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Ayol-qizlarning har tomonlama bilim egallashi har bir davrda dolzarb hisoblangan. Zero, ular ertaning egalari bo‘lgan kelajak avlodning tarbiyachilaridir.
Shahrimizdagi "Xadichai Kubro" ayol-qizlar o‘rta maxsus islom bilim yurti bugungi kunda muhim ahamiyatga ega dargoh hisoblanadi.
Bugun, 15-may Toshkent shahar bosh imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov «Xadichai Kubro» ayol-qizlar o‘rta maxsus islom bilim yurtiga tashrif buyurib, ilm olayotgan qizlar bilan samimiy muloqot olib bordilar.
Tadbir yakunida islom bilim yurti uchun konditsioner va elektrodoska taqdim etildi. Yaxshi tilaklar va xayrli duolar bilan uchrashuv yakunlandi.
MuslimShosh.uz