Sayt test holatida ishlamoqda!
07 May, 2025   |   9 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:42
Quyosh
05:13
Peshin
12:25
Asr
17:20
Shom
19:30
Xufton
20:55
Bismillah
07 May, 2025, 9 Zulqa`da, 1446

Malayziyada “Halol” xalqaro ko'rgazmasining XII sessiyasi o'tkaziladi

01.06.2023   685   1 min.
Malayziyada “Halol” xalqaro ko'rgazmasining XII sessiyasi o'tkaziladi

Joriy yilning 23-25 iyun' kunlari Malayziyaning Penang shtatida "Halol" standart mahsulotlari bo'yicha XII xalqaro ko'rgazma va konferentsiya bo'lib o'tadi. Unda  turli davlatlardan 20 000 ziyod soha vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.   

Malayziyaning Penang shtati bosh vaziri Chou Kon Yu XII xalqaro ko'rgazma va konferentsiya Malayziya shimolidagi eng yirik tadbir ekanligini ma'lum qildi. U ko'rgazmaning Hitoy, Ispaniya va Chili davlatlari delegatsiyalari ishtirokida o'tkazilishini aytib, ko'rgazma yangi imkoniyatlar ochishi mumkinligini ta'kidladi.

Vazirning so'ziga ko'ra, ko'rgazma halol oziq-ovqat va ichimliklar ishlab chiqarish, turizm, moda va texnologiya sohalari bo'yicha bo'lib o'tadi.

  Uning so'zlariga ko'ra, Penangda halol mahsulotlarga oid xalqaro konferentsiya davlat imkoniyatlarini namoyish etish va iqtisodiy farovonlik uchun halol brendini ilgari surish uchun platforma yaratadi.

 O'MI xodimi I.Ahmedov tayyorladi.

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Jannatdagi daryo

07.05.2025   556   1 min.
Jannatdagi daryo

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Kavsar jannatdagi daryo bo‘lib, uning ikki qirg‘og‘i oltindan, o‘zani duru yoqutdan, tuprog‘i miskdan xushbo‘y, suvi asaldan shirin va qordan oqdir. Kim undan ichsa, abadiy chanqamaydi" (Imom Termiziy rivoyati).

Maqolalar