Kuni kecha Makka shahridagi musulmonlar uchun muqaddas maskan hisoblanmish “Haram masjidi” hududida ko‘ngilsizlik ro‘y berdi. Masjidning qayta qurish ishlari davom ettirilayotgan qismida avtokran ag‘darilib ketdi. Yaxshiyamki avtokran qurilish maydonining o‘ziga quladi. Saudiya Arabistoni Ichki ishlari vazirligi tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, mazkur ko‘ngilsizlikda hech kim jabrlanmadi.
Eslatib o‘tamiz 2015 yil haj mavsumida kuchli shamol tufayli “Haram masjidi”dagi katta kran ag‘darilishi oqibatida yuzdan ortiq kishi halok bo‘lib, yana o‘nlab kishilar jarohat olgan edi.
Internet ma’lumotlari asosida
Maqsud KARIMOV
tayyorladi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Kavsar jannatdagi daryo bo‘lib, uning ikki qirg‘og‘i oltindan, o‘zani duru yoqutdan, tuprog‘i miskdan xushbo‘y, suvi asaldan shirin va qordan oqdir. Kim undan ichsa, abadiy chanqamaydi" (Imom Termiziy rivoyati).