Google bugungi kunda internet tarmog‘ida katta ulushga ega bo‘lgan internet xizmatlarini taklif etayotgan kompaniya hisoblanadi.
Kompaniya musulmonlarning muqaddas oyi Ramazon munosabati bilan, musulmonlarning ko‘ngliga xush yoquvchi dizayndagi Google qidiruv tizimi dizaynini taqdim etdi. GoogleDoodlening Ramazonga bag‘ishlangan yangiliklaridan biri sifatida bannerning joylangani bo‘ldi. Bundan tashqari kompaniya ushbu oyda qiblani izlash bilan bog‘liq so‘rovlar ko‘paygani sababli Qibla Finder (qiblani topuvchi) xizmati va Qalam nomli loyihasini ishga tushirdi.
Qalam loyihasida xattotlik san’atini virtual olamga ko‘chirilgan. Istalgan inson o‘z tabrigini arab yozuvida yuborishi mumkin bo‘ladi.
O‘MI Matbuot xizmati
Xabar berganimizdek, bugun Buxoro shahridagi Mir Arab oliy madrasasida “Moturidiy ta’limoti bilimdoni” intellektual bellashuvining Respublika bosqichi boshlandi.
Musobaqada O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus islom ta’lim muassasalaridagi saralashdan o‘tgan talabalar ishtirok etmoqda.
Tadbir Qur’oni karim tilovati va xayrli duolar bilan boshlandi.
Bellashuv Imom Abu Mansur Moturidiyning ilmiy merosini chuqur o‘rganish va uni targ‘ib qilishga qaratilgan. Ishtirokchilar moturidiylik ta’limotining asosiy qoidalari va aqidaviy yechimlari bo‘yicha o‘z bilimlarini namoyon etishmoqda.
Bu musobaqa — ilm, ma’rifat va sof e’tiqodni mustahkamlovchi muhim voqelik!
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Buxoro viloyati vakilligi
Matbuot xizmati