frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null

“Ro‘za tutinglar, salomat bo‘lasizlar”

17.05.2018   43870   15 min.
“Ro‘za tutinglar, salomat bo‘lasizlar”

Payg‘ambar (alayhissalom) muborak hadislarida: “Ro‘za tutinglar, salomat bo‘lasizlar”, deganlar. Avvalo ro‘za insonga o‘z xohish va istaklarini jilovlashni o‘rgatadi

Ro‘za sabr madrasasidir. Tabiblaridan biri: “Oshqozon kasalliklar uyi, parhezkorlik esa barcha davoning boshidir” degan. Hukamolar me’yoridan ortiq to‘qlikning ko‘p zararlarini sanaganlar: og‘irlik, charchoq, ko‘ngil ko‘rligi, g‘am, ruhiy zaiflik, gunohdan qo‘rqmaslik, hayosizlik, aqlning zaifligi, noshukrlik, axloqsizlik, notinchlik, shahvatparastlik, xotirasizlik, o‘limni esdan chiqarish, dunyoni ko‘p sevish, baxillik, xasislik, zulm, shaytonga ergashish, sabrsizlik, hikmatdan uzoq bo‘lish va qo‘rqoqlik kabilar.

 

Bugungi kunda ro‘zaning foydasini nafaqat musulmonlar, balki Islomdan xabari yo‘q kishilar ham tushunib yetdi. Turli taraqqiy etgan o‘lkalarda ochlik bilan davolash shifoxonalari ochildi. Turli qit’alarda yashovchi olimlar ilmiy tajribalar o‘tkazib, ixtiyoriy och qolish tan sihatlik uchun omil ekanini ta’kiladi. Jumladan, rus olimi professor Nikolayev o‘z hamkorlari bilan e’lon qilgan “Oddiy haqiqatlar” nomli kitobining “Sog‘lik uchun och – nahor yurish” deb nomlangan bobini ro‘zaning foydalarini sanagan. Unda aytilishicha, ixtiyoriy ochlik bilan majburiy ochlikning farqi bor. Majburiy ochlik, qaroqchining pichog‘idek zararga, halokatga sabab bo‘lsa, ixtiyoriy ochlik tabibning pichog‘idek shifoga sabab bo‘ladi. Bu ilmiy ishning natijasida ro‘za hozirgi eng ko‘p tarqalgan dardlarga davo ekani, kishi doim sog‘ yuray desa, har yili 28-30 kun ixtiyoriy och qolishi zarurligi ta’kidlangan.

 

Ro‘zadan hosil bo‘ladigan shaxsiy sifatlardan yana biri rahm-shafqatli bo‘lishdir. Muborak Ramazon oyida atrofdagi beva-bechoralar xolidan xabar olish, ularning ko‘nglini ko‘tarish, zakot, fitr sadaqa va shunga o‘xshash moddiy yordamlarni tarqatish hamda kam ta’minlangan oilalarga iftorlik dasturxoni yozish ham urf odatga aylangan. Payg‘ambar (alayhissalom) aytadilar: “Ro‘zador kishilarga taom berish, ularning qornini  to‘yg‘azish, xuddi ro‘zadorga beriladigan savob barobarida ajr yoziladi”.

 

Ramazon oyida iftorlik marosimi qilib ro‘zadorlarni to‘ydirish yaxshi ish. Ammo boshqa xayru ehsonlar kabi bu marosim ham shariatda aslida beva-bechora, miskin-faqirlarni ko‘zlab joriy qilinganini unutmaslik kerak. Yana shuni ham ta’kidlash lozim, iftorlik qilish deganida, albatta uyiga qozon osib, dasturxon yozib, to‘p-to‘p odam aytishni tushunmaslik kerak. Kambag‘al, muhtoj kishilarga iftorlik taomini olib berish yoki kerakli mablag‘ni berish eng yaxshi iftorlik bo‘ladi.

 

Albatta, Ramazon oyi hammamizga xayru saxovat, yaxshilik qilish va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam berish uchun qulay bir fursat ekan, biz undan oqilona foydalanmog‘imiz lozimdir. Boy badavlat kishilar bu muborak Ramazon oyida zakot va sadaqotlarini mana shunday kam ta’minlangan oilalarga olib borib berishlari bilan ularning ko‘nglini shod qiladilar, hamda mehr-oqibatlar ziyoda bo‘lishiga sabab bo‘ladi.

 

Mansurjon NURULLAYEV, 

Kogon tumani “Bahouddin

  Naqshband” jome masjidi imom-xatibi 

 

Ramazon-2018
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

«Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!»

24.08.2026   17511   1 min.
«Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!»

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan yurtimizning turli hududlarida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari keng ko‘lamda davom etmoqda. Mazkur bosh g‘oya asosida masjidlar va qabristonlarda ham hasharlar tashkil etilib, hududlar tartibga keltirilmoqda.

Xususan, masjidlar atrofi, qabristonlar va ularga tutash hududlarda tozalash, obodonlashtirish, daraxtlarni parvarishlash hamda ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Bunday xayrli ishlar yurtimiz obodligiga hissa qo‘shish, muqaddas maskanlar va ajdodlar xotirasini e’zozlash, jamiyatda o‘zaro hamjihatlik va birdamlik muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Yagona Vatan — yagona xalq!

Yangi hayot va yangi kelajak sari birgalikda!

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Namangan viloyati vakilligi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari