Maqolalar
Taomlanish sirlari (5-qism)
25.02.2025
1992
3 min.
Taomlanish sirlari (7 qismdan iborat)ni
ULUG‘ USTOZ ULAMOLARIMIZ bayon qilib berganlar:
(5-qism)
- Qur’oni karim oyati karimalari,
- Janobi Payg‘ambarimiz alayhissalomning muborak hadisi shariflari,
- dinimiz asoslari,
- shariatimiz hukmlari,
- sharqona odoblarimiz,
- mazhabimiz me’yorlari,
- jamiyatshunoslik aloqalari,
- odamgarchilik munosabatlari,
- insoniy tuyg‘ular,
- ruhshunoslik sir-asrorlari,
- yurtimiz urf-odatlari,
- o‘zbekchilik qoidalari,
- madaniyatimiz axloqlari,
- insoniy aql va axloqiy normalar,
- dono maqollarimiz,
- milliy an’analarimiz,
- diniy qadriyatlarimiz,
- xalqimiz ong-tafakkuri,
- millatimiz mentaliteti,
- dono xalqimiz dunyoqarashi,
- musulmonchiligimiz ko‘rsatmalari
a s o s v a n ye g i z l a r i d a:
- ulug‘ ajdodlarimizdan davom etib kelayotgan duru gavhar rivoyatlari va noyob hikmatlari,
- buyuk ota-bobolarimizdan eshitib kelayotgan tillo bilan teng pand-nasihatlari va betakror hikoyalari,
- mehribon ota-onalarimizdan o‘rganib kelayotgan gavhar o‘gitlari va mislsiz so‘zlari,
- elimiz tanigan va xalqimiz tan olgan ustozlarimizdan ta’lim olib kelayotgan zar tushunchalari va bebaho ilmlari,
- jannatmakon yurtimiz – muqaddas Vatanimiz ta’lim maskanlarida taralayotgan durdan a’lo fanlar va beqiyos bilimlar,
- zamonaviy olimlarning bilimlari, turli soha mutaxassislarining ajoyib kashfiyotlari,
- bugungi kunda va doim kerak bo‘ladigan hayotiy masalalar, dolzarb mavzular, qiziqarli ma’lumotlar hamda xalqimiz orasida e’tirof etilgan mezonlar
- ulug‘ ustozlarimiz – tabarruk ulamolarimiz keng, chuqur va unumli iste’foda etib, batafsil taqdim etgan
DASTURXON ATROFIDA O‘ZINI TUTISH, TAOMLANISH,
ICHIMLIK ICHISH HAMDA OVQATLANGANDAN KЕYINGI
TARTIB-QOIDA VA ODOBLAR
ga doir nihoyatda foydali maslahat, kerakli tavsiya hamda eng muhim odoblaridan namunalar:
TAOMLANISHDAN OLDIN:
- Ovqatlanishdan avval ikki qo‘lni bo‘g‘imigacha uch marta yuviladi;
- taomdan avval ham, keyin ham qo‘lni yuvish kerak;
- taomdan avval tizzalab o‘tirilib, ikki bilakni tizzalar o‘rtasiga qo‘yib, ikki qo‘l bilakkacha yuviladi;
- yuvilgan qo‘l silkitilmaydi;
- yuvilgan qo‘l ishlatilgan kir narsaga emas, balki toza sochiqqa artiladi;
- mezbonlar taklif etmaguncha, dasturxon atrofiga o‘tirmaslik;
- taomga chaqirilganda unga javob berish yana bir odobdir;
- odobli inson ziyofatga ketayotib mezbonning iznisiz u yerga chaqirilmagan kishini olib bormaydi;
- chaqirilmagan joyga bormaslik;
- taklif etilgan joyga kechikmaslik;
- taom kamtarin holda o‘tirib yeyiladi;
- taomlanishdan oldin va keyin qo‘lni yuvish;
- taomni sufrada, ya’ni dasturxonda yemoq;
- dasturxonga birinchi bo‘lib non mahsulotlari keltiriladi;
- dasturxon atrofida o‘tirganlar ovqatga taklif etilib, so‘ngra yeyiladi;
- agar imkoni bo‘lsa, yolg‘iz ovqatlanilmaydi;
- taomlanayotganda oyoq kiyimni yechib o‘tirmoq;
- ovqat mahali bo‘lgan vaqtlarda hech kimning uyiga uning chaqirig‘isiz bormaslik;
- ovkatlanayotgan odamlar bor joyga salom berib kirishlik;
- dasturxon solinib, taom hozir bo‘lsa, namoz vaqti bo‘lib qolsa, avval taomni yeb, so‘ng namoz uchun turish lozim. Shu shart bilanki, namoz qazo bo‘lmasin. Agar vaqt juda kam qolgan bo‘lsa-yu, namoz qazo bo‘lish xavfi bor bo‘lsa, unda oldin namoz o‘qigan afzal;
- bir kishilik taomni ikki kishi yeydigan bo‘lib qolsa, bunga mone’ bo‘lmaslik.
(5 – qism tugadi. Davomi bor...).
Ibrohimjon domla Inomov
MА`LUMOTNI IJTIMOIY TАRMOQLАRDА ULАSHING