O‘n ikki oyning sultoni, Alloh taoloning rahmat va mag‘firatlari cheksiz yog‘ilguvchi, sog‘inib kutayotganimiz Ramazoni sharif tashrif kirib keldi. Fazilatga to‘la ushbu oyning kechalari Qur’oni karim xatmi bilan yanada munavvar bo‘ladi. Bu yil ham Alloh nasib etsa yurtimizning deyarli barcha jome masjidlarida Qur’oni karim xatm qilinadi. Toshkent shahrida ham bu yili mavjud 120 masjidddan 112 tasida Xatmi Qur’on qilinadi. Quyida poytaxtimizdagi masjidlarda xatmi Qur’on qilib beruvchi qorilar ro‘yxati bilan tanishishingiz mumkin:
Uchtepa tumani |
||||
1. |
Abdulloh ibn Mas’ud |
20 kun |
Boyxonov Fozilxon Rahmon o‘g‘li |
14.03.1991 y |
Hakimov Shuhrat Mirzapo‘latovich |
15.10.1987 y |
|||
2. |
Abdulhamid hoji |
25 kun |
Tojiddinov Habibulloh Fazliddin o‘g‘li |
27.08.1994 y |
Toshmuhamedov Doniyor |
23.02.1969 y |
|||
3. |
Abu Hanifa |
27 kun |
Rashidov Axmadxon Xamidovich |
29.06.1978 y |
Xalimbekov Anasxon Xayrullo o‘g‘li |
27.03.1996 y |
|||
Xayitboyev Muxammadali |
22.09.1991 y |
|||
4. |
Abu Hurayra |
20 kun |
Ro‘ziyev Shohboz Ma’mur o‘g‘li |
09.02.1991 y |
5. |
Aziz ota |
25 kun |
Islomov Baxodir Abdug‘affor o‘g‘li |
20.07.1996 y |
6. |
Beshkayrag‘och |
21 kun |
Xamidov Abdurashid Abdushakirovich |
28.10.1981 y |
Umarxodjayev Murod Ulugbekovich |
29.04.1987 y |
|||
Muzaffarxonov Abdullohxon Avazxon o‘g‘li |
10.08.1994 y |
|||
Abdukarimov Abduxamid Abdurazzoq o‘g‘li |
10.05.1996 y |
|||
7. |
Burhoniddin Marg‘iloniy |
20 kun |
Abdukarimov Ahrorjon Abduvohid o‘g‘li |
27.08.1992 y |
8. |
Said Vakkos ota |
1/15 |
Saynuriddinov Saidjafar Saidkomilovich |
08.12.1988 y |
Atalullayev Xayrullaxon Ibragimovich |
04.10.1978 y |
|||
9. |
Ko‘kcha Oktepa |
1/15 |
Dadajonov Hasanboy Abdumannonovich. |
15.11.1980 y |
Sobirov Abdulbosit Abdulhafizovich. |
31.12.1980 y |
|||
10. |
Mahkam ota |
1/15 |
Abdurahmonov Abduqodir Sobirovich |
24.05.1987 y |
Gaziyev Dilshod Abdipattayevich |
29.01.1980 y |
|||
11. |
Maxkamboy hoji ota |
27 Kun |
Mirzaqulov G‘ayrat Sherbayevich |
26.10.1981 y |
Saipov Baxodir Yuldashevich |
19.07.1975 y |
|||
12. |
Muhammad Umar o‘g‘li Zokir |
28 kun |
Azimbayev Alixon Zaxidxonovich |
08.02.1978 y |
Zohidxonov Abdulboriyxon Alixon o‘g‘li |
20.07.1999 y |
|||
13. |
Hazrati Ali |
20 kun |
Shamsiyev Axmadxodja Narxodjayevich |
31.08.1967 y |
Djalalov Zaynitdin Salaxitdinovich |
06.05.1967 y |
|||
Madjidov Muhammad Solih Abdurasulovich |
17.09.1989 y |
|||
14. |
Hazrati Umar |
20 kun |
Mamadaliyev Fazliddin Mamasobirovich |
27.05.1977 y |
Azimboyev Valixon |
01.10.1982 y |
|||
15. |
Cho‘lpon ota |
20 kun |
Mamatraximov Abdulhamid Ismatillayevich |
09.03.1993 y |
16. |
Fayzulla xuja o‘g‘li Murod hoji |
24 kun |
Azimbayev Olimxon Zaxidxonovich |
16.05.1979 y |
Zohidxonov Xalilulloh Olimxon o‘g‘li |
19.11.2001 y |
|||
17. |
Abu Talha |
25 kun |
Valiyev Abubakir Murodillayevich |
11.03.1984 y |
Raxmonov Oybek Muxtorovich |
27.05.1982 y |
|||
18. |
Labi Zax |
1/15 |
Axunjanov Dovud Axmatovich |
31.05.1984 |
19. |
Mirbobo ota |
20 kun |
Vosiyev Bilol Abdusalo o‘g‘li |
27.02.1986 |
Payzimuxamedov Umarxon Rustam o‘g‘li |
15.09.1995 |
|||
Bektemir tumani |
||||
20. |
Alibek |
27 kun |
Normatov Najmiddin Mirzaqulovich |
11.09.1978 y |
21. |
Xo‘tan |
1/15 |
Muhammadjonov Muhammadali Ilhomjon o‘g‘li |
06.04.2000 y |
Olmazor tumani |
||||
22. |
Hazrati Imom |
1/15 |
Alimov Ahmadxon Usmonxon O‘g‘li |
03.04.1983 y |
Qurbonov Ismoil Abdukarimovich |
04.01.1984 y |
|||
Kamolov Abdulbasir Rustam o‘g‘li |
09.03.1999 y |
|||
23. |
To‘xtaboy |
1/15 |
Qodirov Yosinbek |
09.02.1995 y |
Ismoilov Xumoyunxon Maxdixon o‘g‘li |
14.09.1992 y |
|||
Niyozov Alisher Baxromovich |
17.05.1985 y |
|||
Sirojiddinov Ibrohim Xakimjon o‘g‘li |
14.04.1992 y |
|||
24. |
To‘lqin Akrom o‘g‘li |
27 kun |
Shodmonov Ziyodullo To‘lqin o‘g‘li |
03.01.1991 y |
Saydaliyev Muhammad Hoji Mirzo Mo‘minjon o‘g‘li |
04.07.1993 y |
|||
25. |
Ibrohim ota |
27 kun |
Abdurahimov Muhammadjon Malik o‘g‘li |
18.09.1995 y |
Lutfullayev Xayrullo Xamidullo o‘g‘li |
07.11.1994 y |
|||
26. |
Chimir ota |
23 kun |
Yuldoshev Abdug‘affor Abdumannobovich |
07.06.1989 y |
Hamidxo‘jayev Nurmuhammad Lutfullayevich |
22.01.1989 y |
|||
Qushoqov Nurmamat Shodmonboyevich |
15.04.1972 y |
|||
27. |
Safoboy ota |
20 kun |
Arabboyev Doniyorbek Azizillo o‘g‘li |
17.09.1995 y |
28. |
Xofiz Ko‘haqiy |
25 kun |
Nuriddinov Yuldoshboy Ibrohim o‘g‘li |
09.01.1995 y |
Muhammatdinov Agzamitdin Xayritdin ugli |
04.11.1994 y |
|||
29. |
Iskandar Xo‘ja |
25 kun |
Qodirov Zoyirjon Adhamjonovich |
05.21.1981 y |
Toshboyev A’zamjon Yusubjonovich |
15.05.1983 y |
|||
30. |
Ahmadjon qori |
1/15 |
Ergashev Muhammadiy Tuhfatulloh o‘g‘li |
30.04.1981 y |
Ro‘ziyev Jahongir O‘ktamovich |
23.08.1990 y |
|||
31. |
Ibrohimjonboy va Orifjonboy |
28 kun |
Jo‘raboyev Ikromjon Abdullajon o‘g‘li |
10.03.1993 y |
Xoliqov Mansur Qo‘chqoraliyevich |
12.09.1984 y |
|||
Turg‘unboyev Abdullo Baxtiyor o‘g‘li |
15.12.1995 y |
|||
32. |
Siroj Solih |
1/15 |
Rahimov Abdulboriy Mahmudaliyevich |
24.08.1980 y |
Isaqov Ubaydullo Abidjonovich |
21.08.1987 y |
|||
33. |
Do‘stjonboy |
1/15 |
Salohiddinov Nuriddin Zayniddin o‘g‘li |
23.06.1994 y |
A’zamov Abdullo Lutfullo o‘g‘li |
03.02.1999 y |
|||
34. |
Mevazor |
20 kun |
Islomov Yorbek Zokirovich |
13.07.1989 y |
Xolmatov Vositjon Vaxidovich |
02.08.1981 y |
|||
35. |
Mirzo G‘olib |
1/15 |
Nuriddinov A’lo Qorabotir o‘g‘li |
20.10.1992 y |
Salohiddinov Nuriddin Zayniddin o‘g‘li |
23.06.1994 y |
|||
36. |
Islomobod |
1/15 |
Norboyev Muhammadjon Doniyor o‘g‘li |
09.06.2000 y |
Rahimjonov Rahmatulloh Muhammadjon o‘g‘li |
03.11.1995 y |
|||
Zabihullayev Abdurazzoq Abdulloh o‘g‘li |
11.12.2000 y |
|||
37. |
Imom Buxoriy |
25 kun |
G‘oziyev Rahmatullo Husanboyevich |
08.05.1982 y |
Mahkamov Zikrulloh Mash’alxon o‘g‘li |
25.04.1997 y |
|||
Abdullayev Merojiddin Kamoliddin o‘g‘li |
20.02.1997 y |
|||
38. |
Abu Bakr Qaffol Shoshiy |
20 kun |
Abdumajidov Hasanxon Yahyoyevich |
12.01.1981 y |
Djalilov Nabiyddin Ne’matullayevich |
15.11.1988 y |
|||
39. |
Masjidi salom |
2/15 |
Azimov Dilmurod Ne’matovich |
12.09.1987 y |
Aminov Muhammadismoil Rahmatulloh o‘g‘li |
20.01.1988 y |
|||
Davlatov Hikmatullo Normuminovich |
16.02.1992 y |
|||
Xudoyberdiyev Farrux Amankeldiyevich |
19.08.1979 y |
|||
40. |
Ismatilla hoji |
27 kun |
Abdullayev Shavqiddin Ilhomjon o‘g‘li |
05.05.1991 y |
41. |
Imom at-Termiziy |
1/20 |
Esonqulov Inoyatulloh Abdusamin o‘g‘li |
01.22.1991 y |
Yakkasaroy tumani |
||||
42. |
Usmon bin Maz’un |
1/15 |
Xasanov Qudratjon Isoxjanovich |
01.06.1987 y |
To‘rayev Muhammad Zaynuddinovich |
09.04.1978 y |
|||
43. |
Yakkasaroy |
1/15 |
Dadamirzayev Azamjon Tohirovich |
21.02.1973 y |
44. |
Raximxon hoji ota |
20 kun |
Qodirov Orifjon A’zamovich |
05.03.1979 y |
Xolmatov Komil Bakimamatovich |
23.05.1979 y |
|||
Yuldashev Muhiddin Madaminovich |
06.09.1981 y |
|||
45. |
Rakat |
20 kun |
Xotamov Xikmatjon Hojiqurbonovich |
30.03.1986 y |
Qulbayev Jasurbek Foyzillayevich |
19.03.1990 y |
|||
Boymirzayev Muxammadayub Akmal o‘g‘li |
26.12.1990 y |
|||
Mirobod tumani |
||||
46. |
Al-Badr |
20 kun |
Akbarov Alovuddin Xayrullo o‘g‘li |
12.08.1996 y |
47. |
Qo‘yliq ota |
1/15 |
Normatov Rahmatullo Sobirjonovich |
14.03.1984 y |
Shamsuddinov Tohirjon Tursunovich |
11.11.1975 y |
|||
Mirzo Ulug‘bek tumani |
||||
48. |
Shayx Ziyovuddinxon |
1/20 |
Hasanov Ulug‘bek Abdusalom o‘g‘li |
09.09.1994 y |
Karabayev Abdulxay Alimdjanovich |
05.09.1987 y |
|||
49. |
To‘ra Buva |
1/15 |
Usmonov Shaxobiddin Nuriddinovich |
02.12.1982 y |
50. |
Avayxon |
1/15 |
Shukrullayev Muxammad-Alixon Xayrullo o‘g‘li |
25.12.1993 y |
Shukrullayev Omilxon Xayrulla o‘g‘li |
24.04.1995 y |
|||
51. |
Mulla Xolmirza ota |
1/15 |
Mutalibjonov Muxammad Ayub Nuriddin o‘g‘li. |
03.12.1992 y |
Xusanov Qodir Jumayevich |
18.04.1990 y |
|||
52. |
Mulla Qosim |
Dadayev Fatxullo Hamidulloh o‘g‘li |
07.01.1993 y |
|
Umarov Suxrobxon Muhibullo o‘g‘li |
07.01.1993 y |
|||
53. |
Tepa |
Umaraliyev Sherzodjon Abdulahad o‘g‘li |
16.09.1991 y |
|
54. |
Oqqo‘rg‘on |
1/15 |
Boborahimov Fazliddin Nizomiddinovich |
12.01.1987 y |
55. |
Dorul Omon |
Abduvosiyev Muhammadnosir Qudratullo o‘g‘li |
18.04.1997 y |
|
Xoldorov Behzod Xolisboy o‘g‘li |
13.08.1996 y |
|||
56. |
Oltin Tepa |
1/15 |
Xalimbekov Saidakbarxon Xayrillayevich |
20.09.1989 y |
Jalilov Xayrulla Ziyovidinovich |
19.06.1966 y |
|||
Sirg‘ali tumani |
||||
57. |
Quddusi sharif |
1/15 |
Inog‘omov Islom Ilhom o‘g‘li |
05.06.1993 y |
58. |
Qo‘shqo‘rg‘on |
20 kun |
Murtazoyev Muhammadsodiqxon Shukrulloh o‘g‘li |
20.02.1996 y |
59. |
Ma’rufota |
27 kun |
Zufarov Qutbiddin Nurillayevich |
15.06.1992 y |
60. |
No‘g‘ay qo‘rg‘on |
29 kun |
Uralov Mansur Urolovich |
10.03.1990 y |
Murtazayev Axliddin Abdumajid o‘g‘li |
24.09.1992 y |
|||
Shayxontohur tumani |
||||
61. |
Yahyo qori |
27 kun |
Abdullayev Abdulbosit Akbarjon o‘g‘li |
21.06.1995 y |
Qosim Abdullo Mirabzal o‘g‘li |
01.01.1992 y |
|||
To‘laganov Hojiakbar Bahodir o‘g‘li |
02.05.1995 y |
|||
62. |
Obidxon Maxdum |
25 kun |
Yusupov Jamshid Mansurjonovich |
29.07.1985 y |
Islomov Ziyoviddin Nizomiddin o‘g‘li |
14.04.1992 y |
|||
63. |
Muyi Muborak Ukkosha |
25 kun |
Babojanov Otabek Muhammadjonovich |
08.09.1989 y |
Oxunjanov Abduxay Fozil o‘g‘li |
07.04.1998 y |
|||
Qosimov Akromjon Axmadjon o‘g‘li |
23.04.1997 y |
|||
64. |
Xo‘ja Allambardor |
27 kun |
G‘oyipov Maqsudjon Homidovich |
30.06.1981 y |
No‘monov Muhiddin |
05.03.1981 y |
|||
Muhsinov Mo‘minjon Baxtiyor o‘g‘li |
11.01.1993 y |
|||
65. |
Shayx Zayniddin |
20 kun |
Aminov Muxammadloik Abduvoxidovich |
21.05.1991 y |
Xalimov Nasrullo Xolmatovich |
11.02.1986 y |
|||
66. |
Dorussalom |
28 kun |
Turg‘unov Xamidullo Abdubannoyevich |
03.05.1983 y |
Xisorov Erkin Ahmadhoji o‘g‘li |
09.07.1985 y |
|||
67. |
Xo‘ja Ahror Valiy |
28 kun |
A’zamjonov Abdulhafiz Soyibjonzoda |
29.10.1995 y |
Zaxadullayev Miyon Xasib Abdulvaxob o‘g‘li |
04.09.1993 y |
|||
68. |
Munavvar qori |
28 kun |
Toshmuxamedov Boxodir Tursunovich |
05.06.1970 y |
Hakimjonov Muhammadjon Zohidjon o‘g‘li |
28.06.1995 y |
|||
69. |
Islom Nuri |
27 kun |
Axmatkulov Elyorjon Odilbek o‘g‘li |
27.06.1983 y |
Asrorov Saidaxror Abdusalom o‘g‘li |
24.03.1991 y |
|||
Erqulov Ibroxim Turmuhammad o‘g‘li |
03.10.1993 y |
|||
70. |
Huvaydo |
20 kun |
Nizomov Muhammadrauf Muhammadjonovich |
20.05.1986 y |
Sodikov Xafizullo Ne’matovich |
06.11.1988 y |
|||
71. |
Imom Hasan |
21 kun |
Yusupov Inoyatullo Ibaydullayevich |
28.11.1986 y |
Abdukarimov Abdulbosit Abdulhamid o‘g‘li |
25.09.1995 y |
|||
72. |
Zangi ota |
1/15 |
Supiyev Yokubjon Solixonovich |
26.09.1968 y |
Supiyev Abdulaziz Yokubjon o‘g‘li |
27.12.1992 y |
|||
73. |
Baland |
20 kun |
Mirzayev Nasrullo Salaydinovich |
13.12.1980 y |
Sobitov Habibullo Alijon o‘g‘li |
22.03.1992 y |
|||
74. |
Kox ota Buzruk |
28 kun |
G‘oipov Shamsiddin Muhiddinovich |
12.03.1984 y |
Jalilov Abbosqori Ne’matullo o‘g‘li |
08.08.1992 y |
|||
75. |
Eshonguzar |
1/15 |
Jurayev Ilxomjon Valijon o‘g‘li |
13.04.1998 y |
Umaraliyev Hasan Shokirovich |
03.11.1996 y |
|||
76. |
Fotimai-Zaxro |
27 kun |
Abbosov Akmalxon Muxsim o‘gli |
18.12.1990 y |
Qodirov Fayzullo Husanovich |
20.081986 y |
|||
Salomov Abdulboqiy Abdujalol o‘g‘li |
14.06.1990 y |
|||
77. |
Abdulloh Ibn Xuzofa |
20 kun |
Rustamjonov Abdullatif Rustamjon o‘g‘li |
15.04.1981 y |
Vahobov Xusan Nabiyevich |
08.07.1985 y |
|||
78. |
Oq tunika |
1/15 |
Mamasidikov Kamolidin Komiljon o‘g‘li |
13.12.1994 y |
Supiyev Abduraxmon Ayubxon ugli |
02.11.1994 y |
|||
Haydaraliyev Ibrohimjon Obabakirovich |
04.30.1986 y |
|||
79. |
Sulton hoji |
20 kun |
Xalilov Abdulxakim Abduxalim ugli |
06.01.1991 y |
Dehqonov Abdurasul Ne’matjon o‘g‘li |
08.08.1992 y |
|||
80. |
Firdavs |
28 kun |
Raxmonberdi Abdulaziz Rustamjon o‘g‘li |
11.12.1997 y |
81. |
Oqilon |
20 kun |
Artukkariyev Abdunosir Murtazaxanovich |
18.04.1984 y |
Isroilov Samixon Abdullayevich |
10.01.1981 y |
|||
82. |
Eshon Boboxon |
1/15 |
Abdullayev Abdulbosit Akbarjon o‘g‘li |
21.06.1995 y |
Abduragimov Muhammadiy Rustamjanovich |
12.04.1986 y |
|||
Yashnabod tumani |
||||
83. |
Al-Hudaybiya |
20 kun |
Xodjayev Muxiddin Fazilxonovich |
02.07.1977 y |
Fozilxonov Abdulloxon Fayzulloh o‘g‘li |
25.02.1999 y |
|||
Abrarov Abdulaziz Abduvali o‘g‘li |
17.05.1997 y |
|||
Saidakbarov Saidasqar Saidbosit o‘g‘li |
19.10.2000 y |
|||
84. |
Go‘zal |
20 kun |
G‘anijonov MuxammadSodiq Muxtorjon o‘g‘li |
19.12.1998 y |
No‘monov Kamoliddin Usmonovich |
30.07.1985 y |
|||
Mustafoyev Biloliddin Rahmatullo o‘g‘li |
26.04.1996 y |
|||
85. |
Xolid ibn Valid |
27 kun |
Akbarov Imiyaminjon Iminjonovich |
17.04.1983 y |
Abrorov Abdulboqiy Abdusamiy o‘g‘li |
24.04.1999 y |
|||
Abrorov Abdulhakim Abduvali o‘g‘li |
04.09.1998 y |
|||
86. |
Pul yemas ota |
27 kun |
Ganiyev Muxummadlatif Abdulxalilovich |
15.03.1991 y |
Mirodilov Abdulaziz Mirobidovich |
02.12.1999 y |
|||
Mirodilov Djasur Mirobidovich |
04.03.1987 y |
|||
87. |
Islom ota |
20 kun |
Zaitov Anvar Kamolxonovich |
21.06.1982 y |
Davlatov Avazbek Akbaraliyevich |
29.07.1983 y |
|||
88. |
Imom A’zam |
27 kun |
Xodjayev Ne’matulla Satvoldiyevich |
06.04.1974 y |
Shukrullayev Muhammadboburxon |
06.01.1995 y |
|||
Abduvaliyev Jaloliddin Abduvohid o‘g‘li |
15.05.1995 y |
|||
89. |
Qul xoja Ahmad Yassaviy |
27 kun |
Husniddinov Zuhriddin Nuriddin o‘g‘li |
10.11.1995 y |
Sultonmahmudov Abdulmajid Abdurashid o‘g‘li |
23.09.1995 y |
|||
90. |
Ali ibn Abu Tolib |
20 kun |
Mirsodiqov Nurulloh Qudratillayevich |
24.12.1977 y |
Siddiqov Yunus Qobilovich |
12.05.1981 y |
|||
Chilonzor tumani |
||||
91. |
Qatortol |
2/15 |
Alimov Abror Afzaljonovich |
25.07.1986 y |
92. |
Oltinxon to‘ra |
1/20 kun |
Xoshimov Asilxon Xusanxon o‘gli |
29.05.1991 y |
93. |
Novza |
30 kun |
Samiyev Abdulxodiy Pattoxonovich |
01.11.1988 y |
Ubaydullayev Islom Musayevich |
21.12.1977 y |
|||
94. |
Tinchlik |
20 kun |
Tuyg‘un Ibroxim Jaxongir o‘g‘li |
20.06.1995 y |
Muxsimov Shoyusuf Shoaxror o‘g‘li |
03.07.1994 y |
|||
95. |
Katta Qozirobod |
1/15 |
Mirzayev Shamsiddinxon Muxammadullo o‘g‘li |
09.09.1998 y |
Nurmuxammedov Alisher Rajab o‘g‘li |
16.06.1977 y |
|||
96. |
Hasanxon qori |
1/15 |
Tursunov Abbos Axmadovich |
17.12.1980 y |
Xursandmurodov Tolib Shukurullo o‘g‘li |
24.08.1997 y |
|||
97. |
Bo‘ta buva |
1/15 |
So‘piyev Ayubxon Solixonovich |
11.05.1966 y |
Hamidullayev No‘monxon Yaxyoxon o‘g‘li |
02.12.1998 y |
|||
Sadullaxonov Asror Sa’dullaxonovich |
21.05.1992 y |
|||
98. |
Ko‘zi ojizlar |
1/15 |
Rasulov Ahmadjon Muxammadjonovich |
29.01.1979 y |
99. |
Sobitxon hoji |
20 kun |
Yusupov Nosirxon Habibullayevich |
14.06.1984 y |
Ismailov Ne’matullo Habibullo o‘g‘li |
25.08.2018 y |
|||
100. |
Do‘mbirobod |
20 kun |
Tojiddinov Abdulbosit |
10.06.1975 y |
101. |
Nosirxon |
1/15 |
Abdullayev Miraxmad Fatxulla o‘g‘li |
19.02.1996 y |
Samug‘ov Abbosxon Olimjon o‘g‘li |
08.08.1995 y |
|||
Yunusobod tumani |
||||
102. |
Minor |
1/15 |
Ne’matov Jahongir To‘lqinovich |
26.10.1978 y |
Qobilov Abdulbosit Badriddinovich |
31.01. 1983 y |
|||
103. |
Mirza Yusuf |
27 kun |
Husanov Qodirjon Ne’matjonovich |
21.01.1976 y |
Sayfuddinov Abduqodir Rahmatulloh o‘g‘li |
26.01.1998 y |
|||
Hamidov Sadriddin |
10.02.1990 y |
|||
104. |
Kamoliddin Orif al Buxoriy |
25 kun |
Hakimullaev Muxammadsodiq Zakariyo o‘g‘li |
10.07.1997 y |
105. |
Yunusobod |
1/17 |
Qo‘ldashev Abduhalil Ergashali o‘g‘li |
05.05.1999 y |
106. |
Umar ibn Xattob |
1/15 |
Karimov Qosimjon Obidovich |
11.07.1972 y |
107. |
Mahammat Nosir Xoji |
1/15 |
Ishmatbekov Hamidjon Bahromovich |
19.02.1970 y |
Baxromov Maqsudjon Mahmudjon o‘g‘li |
10.09.1995 y |
|||
Baxromov Sunnatilla Hamidjon o‘g‘li |
02.11.1996 y |
|||
108. |
Masjidul Xayr |
1/15 |
Maxmudxonov Muhammad Isoxon Mahmud o‘g‘li |
24.05.1995 y |
109. |
Kulol-Qo‘rg‘on |
28 kun |
Saidov Xudoyqul Egamberdiyevich |
10.07.1983 y |
110. |
Hasanboy |
1/15 kun |
Karimov Abdurauf Muqimjanovich |
13.04.1982 y |
Ho‘jayev Muhammadjon Egamberdi o‘g‘li |
07.06.1996 y |
|||
111. |
Omina |
27 kun |
Obidjonov Mashhurbek |
05.07.1993 y |
Shodiyev Yusuf |
12.12.1985 y |
|||
112. |
Oqtepa |
1/15 |
Obidov Nurilla Raxmatullayevich |
29.07.1976 y |
Turg‘unov Abdulxay Nasibulloh o‘g‘li |
29.10.1988 y |
|||
Azimov Dilmurod Ne’matovich |
12.09.1987 y |
|||
G‘aniyev Azizbek To‘xtasin o‘g‘li |
10.01.1991 y |
|||
Aminov Muhammadismoil Rahmatulloh o‘g‘li |
20.01.1988 y |
O‘MI Toshkent shahar vakilligi Matbuot xizmati
Jonajon vatanimiz O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan taraqqiyot tobora yangidan yangi bosqichlarga qadam qo‘yishda davom etmoqda. Bu, shubhasiz, jamiyat hayotining har bir jabhasida “Inson manfaatlari hamma narsadan ustun” tamoyiliga asoslangan o‘ziga xos bir qator islohotlarni amalga oshirishda ham o‘z ifodasini topmoqda.
Mamlakatimizda turli dinlarga e’tiqod qiluvchi millat vakillari o‘rtasida o‘zaro diniy bag‘rikenglikni targ‘ib etish, millatlararo totuvlik va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan islohotlar ham shular jumlasidandir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 21 aprel kuni e’lon qilingan “Fuqarolarning vijdon erkinligi huquqi kafolatlarini yanada mustahkamlash hamda diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida ham ayni shu masalalar nazarda tutilgan.
Mazkur farmonda ta’kidlanishicha, jahon tamaddunida alohida o‘rin tutgan, umumbashariy taraqqiyot omili bo‘lgan ilm-fan va madaniyat rivojiga katta hissa qo‘shgan buyuk alloma va mutafakkirlarimiz qoldirgan ulkan ilmiy-ma’naviy merosini chuqur o‘rganish, yosh avlod qalbida Vatanga sadoqat, milliy-diniy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini tarbiyalashda ulardan unumli foydalanish bu islohotlarning asosiy negizini tashkil etadi.
Farmon asosida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va O‘zbekiston musulmonlari idorasi hamda Buxoro viloyati hokimligining Bahouddin Naqshband yodgorlik majmuasi markazi muassisligida Bahouddin Naqshband ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish takliflari ma’qullangan va uning asosiy vazifalari belgilab berilgan. Jumladan, unda “...buyuk ajdodimiz Bahouddin Naqshband va naqshbandiylik tariqati allomalarining yuksak insonparvarlik g‘oyalarini ilmiy asosda o‘rganish, yosh avlodni bag‘rikenglik hamda o‘zaro hurmat ruhida tarbiyalash maqsadida targ‘ibot ishlarini olib borish” ham qayd etib o‘tilgan.
Albatta, bu vazifani bajarish nafaqat olimlar, balki bugun diniy sohada xalqqa xizmat qilayotgan barcha xodimlar zimmasiga ham ulkan mas’uliyat yuklaydi. Zero, sohaning har bir xodimi tasavvuf ta’limoti tarixi va uning bugungi kundagi ahamiyatini teran anglashi, yurtimizda yashab, ijod qilgan ulug‘ allomalarning boy ilmiy-ma’naviy merosini xalqqa yetkazishi, keng targ‘ib qilishi zamon talabidir.
Bahouddin Naqshband va naqshbandiylik tariqati haqida so‘z ketganda, eng avvalo, turli manbalarda bu ulug‘ alloma haqida aytilgan fikr-mulohazalarga to‘xtalib o‘tish o‘rinlidir.
Ana shunday manbalardan biri, so‘zsiz, ulug‘ mutafakkir Alisher Navoiy bobomizning qator asarlaridir. Shoir ijodida naqshbandiylik tariqati asosiy o‘rin tutadi. Har bir asarining g‘oyaviy mazmuni, ularda ilgari surilgan tasavvufiy qarashlar bevosita uning Bahouddin Naqshband va naqshbandiylik tariqatiga katta e’tibor berganligidan darak beradi. “Lison ut-tayr” dostoni ham bundan mustasno emas.
Asarning “Xoja Bahouddin Naqshband so‘zi fanoyi komil maqomida” bobida shoir ulug‘ allomaga shunday ta’rif beradi:
Xojai oliy sifoti arjmand,
Shah Baho ul Haq vad-din Naqshband.
Chun bu iqlim uza bo‘ldi taxtgir,
Tuzdi yo‘qluk kishvari uzra sarir.
Navoiy ta’kidlashicha, Shoh Bahouddin Naqshband oliy axloqiy sifatlarga ega zotdir. Chunonchi, u zot bu iqlim taxtiga o‘tirgach, ya’ni dunyoga kelgan kunidan boshlab, o‘zini yo‘qlik taxtida ko‘rdi. Demak, Shoh Bahouddin Naqshband hazratlarining eng ulug‘ insoniy fazilatlaridan o‘zligini anglab, xudbinlikdan kechishdir. Shoir fikrini davom ettirar ekan yozadi:
O‘z vujudin pok sayri haqshunos,
Har ne birlakim qilur erdi qiyos.
Ondin o‘zni kam topar erdi base,
Sarvu guldin o‘ylakim xoru xase.
Haqshunos – Allohni tanigan alloma o‘zini nimaga qiyos qilsa, undan past ko‘rar, ya’ni oddiy xas sarv bilan gulning nazdida qanchalik ko‘rimsiz bo‘lsa, u zot ham o‘z vujudini hech qachon biror narsadan ortiq ko‘rmas va butun hayoti davomida shunday kamtarlikka amal qilib yashagan. Agar insonlar o‘z hayotlarini insonparvarlik va bag‘rikenglik asosida qursalar, dunyoda ro‘y berayotgan o‘zaro nizolar, qirg‘inbarot urushlar, o‘tkinchi mol-dunyo uchun qilinayotgan pastkashliklarga barham berilgan, insonlar bir-biri bilan tinch-totuv hayot kechirgan, ona zamin bag‘rida begunoh go‘daklarning qonlari daryo bo‘lib oqmagan bo‘lar edi. Ammo afsuski, bugun dunyoning turli mamlakatlarida bunday mislsiz fojialarning guvohi bo‘lib turibmiz.
Tasavvuf ahli orasida Bahouddin Naqshbandiy hazratlarining: “Musibatlar juda ko‘pdir. Faqat eng buyuk musibat esa vaqtning foydasiz, bekorga ketishidir”, – degan pandu nasihati mashhurdir. Shunga ko‘ra hikoyatda naqshbandiylikning yana bir tamoyili bozgashtga ham to‘xtalib o‘tiladi. Unga ko‘ra o‘zining har bir nafasini nazorat qilgan orif uning biror lahzasi, hattoki, nafas olish va chiqarishning orasidagi onlardan biri ham, g‘aflat bilan behuda o‘tgan bo‘lsa bozgasht qilishi, ya’ni g‘aflatda kechgan har bir ishini qaytadan bajarishi lozimligini ta’kidlaydi.
Zero, ahli Haq – Allohning oshiqlari shu tariqa o‘z vujudini inkor etib, shu sabab bilan budini – borligini nabud – yo‘qlikka almashtiradiki, shoir bu o‘rinda kitobxonlarni naqshbandiylikning yana bir rashhasi “vuqufi qalbiy” – “qalbdan ogoh bo‘lish”ga qaratadi. Bu rahshaga ko‘ra solik hamisha o‘z qalbidan ogoh bo‘lishi, unda kechayotgan har bir o‘y-fikrlarni tartibga solib, hatto xayolan bo‘lsa-da, kibru havoga, manmanlikka yo‘l qo‘ymasligi kerak.
Alisher Navoiy Bahouddin Naqshband hazratlari umrlarining oxirigacha o‘zlarida mujassam bo‘lgan fazilatlarni tark etmaganligi va shu tariqa fano bo‘lganliklarini aytib, shunday yakunlaydi:
Bo‘yla oshom ettilar jomi fano,
Qolmog‘ondin so‘ng asar o‘zdin yano.
Haq vujudidin baqoye topmayin,
Jomi vahdatda liqoye topmayin,
Chun fano xayliga doxil bo‘ldilar,
Boqiyi mutlaqqa vosil bo‘ldilar.
Shoir ta’kidlashicha, Bahouddin Naqshband hazratlari o‘zligidan, ya’ni “men”likning kibru havolaridan kechgan holatda vafot etdilar. U kishining nazarida Haq vujudidan boshqa boqiy bo‘lmadi, o‘zining Haq nazdida hechligini anglab yetdi va fano xayli – ahliga qo‘shilib, boqiyi mutlaq – Alloh visoliga erishdi.
Alisher Navoiyning “Lison ut-tayr” dostonidan olingan hikoyatlar garchi hajman kichik bo‘lsa ham, Bahouddin Naqshband hazratlari ta’limotining eng asosiy tamoyillarini o‘zida aks ettirganligi bilan qadrlidir. O‘ylaymizki, mushtariylar bu asar tahlilini Prezidentimiz farmonlarida aytilgan “tasavvuf ta’limoti tarixi va uning bugungi kundagi ahamiyatini ilmiy tadqiq etish, “Yetti pir” allomalari va aziz avliyolarning boy ilmiy-ma’naviy merosini xalqaro maydonda keng targ‘ib qilish” yo‘lidagi arzimas urinishlarimizdan biri sifatida qabul qiladilar va yo‘l qo‘ygan nuqson-xatolarimizni kechiradilar. Albatta, umid qilamizki, bu borada yanada teranroq qarashlar bilan boyitilgan maqolalar bilan bizni xursand etadilar.
Alisher domla Naimov,
Farg‘ona viloyati bosh imom-xatibi o‘rinbosari