Sayt test holatida ishlamoqda!
21 Iyul, 2025   |   26 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:30
Quyosh
05:08
Peshin
12:34
Asr
17:38
Shom
19:55
Xufton
21:25
Bismillah
21 Iyul, 2025, 26 Muharram, 1447

Nikoh odoblari

15.05.2018   6301   7 min.
Nikoh odoblari

Ulamoi kiromlarning birortasi nikoh sunnat amal ekaniga ixtilof etmaydi, balki unga targ‘ib etadi. Nikohning fazilati va foydalari ko‘p. Ulardan biri farzand ko‘rishdir. Zero, nikohdan maqsad nasl qoldirishdir. Naslni davom ettirishda Allohga muhabbat va bu yo‘lda harakat etish kabi foydalar mavjud. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlaridek, farzandli bo‘lishda qiyomat kunida ummatlarni ko‘paytirish niyat qilinadi. Bu bilan u zotning muhabbatlari topiladi. Bundan tashqari, solih farzandlar duosi bilan savob olish va kichik yoshdagi farzandning vafot topishi bilan shafoatga erishish mumkin bo‘ladi.

Nikohning foydalari quyidagilardir:

- jismoniy quvvatdan hosil bo‘lgan shahvat urug‘ini halollikka ishlatib, shayton vasvasasidan omon bo‘ladi;

- insonning ruhi xotini bilan birga bo‘lganda uns – ulfat topadi;

- uy yumushlaridan qalbi forig‘ topadi, xotin taom pishirish, supurib-sidirish, o‘rin-ko‘rpalarni solib-yig‘ish, idish-tovoqlarni yuvib tozalash va boshqa shu kabi yashash uchun zarur sharoitlarni o‘z zimmasiga oladi. Inson bir o‘zi buncha ko‘p ishlarni uddalay olmaydi. Agar bu yumushlarni o‘z zimmasiga oladigan bo‘lsa, aksari vaqtini zoye etadi. Ilm olish va ishlash uchun forig‘ bo‘la olmaydi. Soliha ayol bu borada dinga yordamchidir. Bu dunyo ikir-chikirlarining ko‘pligi va xilma-xilligi qalbni doimo band etadi;

- oilasi va ahli-ayolining huquqlarini himoya etish, ularga bosh bo‘lish va rioya etish bilan hayotiy kurash olib borish, xotinlarning injiqligiga sabr etish, ulardan bo‘ladigan turli jafo va aziyatlarga chidash, xotinlarni yo‘lga boshlash, ular uchun rizq topish yo‘lida halol kasb etish va farzandlar tarbiyasiga mashg‘ul bo‘lish.

Oilasiga g‘amxo‘rlik qilish, ularga bosh bo‘lish va ularning rioyasida bo‘lish amallarining fazilati ulug‘dir.

Xotin haqqini ado etishda noqislik va kamchiliklardan qo‘rqqan kishi uylanishdan ehtiyot bo‘ladi. Ahli ayollarning zahmat va qiyinchiliklariga bardosh berish – Alloh taolo yo‘lida jihod etish barobarida bo‘ladi.

Imom Muslimning mufrad hadislarida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam marhamat qildilar: «Alloh yo‘lida bir dinor ehson etding, qo‘l ostingdagilarga bir dinor sarf etding, miskinga bir dinor sadaqa qilding, ahli ayolingga bir dinor xarj qilding. Shularning ichida eng afzali o‘z ahli ayolingga qilingan nafaqadir».

Uylanishda bir necha ofatlar ham bor:

  1. Bu ofatlar ichida eng kuchlisi halol rizq topishdan ojiz bo‘lishdir. Chunki bu qiyin ish. Erkaklarning qo‘li ko‘pincha o‘ziniki bo‘lmagan narsalarga cho‘ziladi. Alloh taolo Qur’oni karimda xabar berib aytadi: «Nikoh (uchun lozim mablag‘) topa olmaydigan kishilar to Alloh ularni o‘z fazli bilan boyitguncha o‘zlarini (haromdan, zinokorlikdan) pok tutsinlar!» (Nur surasi, 33-oyat).
  2. Xotinlar huquqlarini ado etishda ojiz bo‘lish. Ularning yomon xulqlari va aziyatlariga sabr eta olmaslik. Bunda katta xavf bor. Zero, erkak qo‘l ostidagilardan mas’uldir.
  3. Ahli ayoli va bolalari kishini Alloh taolo zikridan mashg‘ul etishi. Kecha va kunduzlarini ular bilan mashg‘ul bo‘lib o‘tkazish, natijada qalb oxirat va uning yo‘lida amal etish to‘g‘risida o‘ylamay qo‘yishi.

Ana shular nikohning foyda va ofatlaridir. Endi biror kishining uylanish yoki uylanmasligining foyda va zararlari hukmiga kelsak, bu ish yuqoridagilarni o‘z ichiga olgan majmua asosida bo‘ladi. Har bir murid o‘zini ana shu holatlarga solib ko‘rib, o‘zida nikohning ofatlari topilmay, foydalari jam bo‘lgan bo‘lsa, halol mol-dunyosi, chiroyli odob-axloqi bo‘lsa, buning ustiga yosh yigit bo‘lib, mayl-shahvatni bostirishga muhtoj bo‘lsa, yakka bo‘lib, uy-joy tadbirlarini ko‘rishga muhtoj bo‘lsa, bundaylarga uylanish afzaldir. Agar buning aksi bo‘lsa, u kishi nikohni tark etadi.

Yaxshi muosharat uchun ayolda e’tiborga olinadigan tomonlar:

  1. Ayolning dindor bo‘lishi. U asl sabablardan bo‘lib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu xususda bunday deb marhamat qildilar: «Dini bor ayolga uylaning». Bu Imom Buxoriy va Muslim rivoyat etgan hadisning bir juz’idir. Agar ayol dinda bo‘lmasa, erining dinini fasod etadi va er hurmatini mukammal ado eta olmaydi. Agar ayol g‘ayrlik ko‘chasiga kirsa, er-xotin hayoti balo va ofat ostida qolib, baxt-saodatdan mahrum bo‘ladi.
  2. Chiroyli odob-axloqda bo‘lishi. Zero, badxulqlilikning zarari uning foydasidan ko‘ra ko‘proqdir.
  3. Go‘zal bo‘lishi. Go‘zallik matlubdir. Chunki bu bilan erning pok bo‘lishi vujudga keladi. Shuning uchun ham nikohdan oldin mahbubaga, ya’ni uylanmoqchi bo‘lgan ayolga qarashga amr etilgan. Ammo ba’zi odamlar chiroyga uncha ham ahamiyat bermagan. Boshqacha qilib aytganda, nikohda go‘zallikdan baxramand bo‘lishni qasd etmaganlar. Chunonchi, Imom Ahmad ibn Hanbal rahmatullohi alayh g‘ilay xotinni singlisidan afzal deb ixtiyor etgan ekanlar. Ammo bunday holatlar juda kam uchraydi, chunki insonning tabiati bunga qarama-qarshidir.
  4. Mahrning yengil bo‘lishi. Shayx Said ibn Musayyab o‘z qizlarini ikki dirham mahrga turmushga berganlari ma’lum. Umar roziyallohu anhu aytdilar: «Ayollar mahrida juda baland bo‘lmangizlar». Shu kabi xotinlar tomonidan ham mahrni ko‘p talab qilish makruh ko‘rilgan. Erkak tomonidan xotinning mol-dunyosini surishtirish ham makruhdir. Imom Savriy aytadilar: «Agar uylanayotgan erkak: «Xotinning qancha mol-dunyosi bor ekan?» deb so‘rasa, bilingki, u o‘g‘ri».
  5. Nikohlanayotgan ayol qiz bo‘lishi shariat tavsiya etadi. Chunki qiz erini sevadi, juvon ayolga qaraganda eriga ko‘proq el bo‘ladi va ko‘ngil qo‘yadi. Ular o‘rtasida muhabbat paydo bo‘ladi, negaki inson tabiati birinchi bo‘lib sinashta bo‘lgan bilan tezroq ulfatlashadi, er ham unga nisbatan mehrini ziyoda qiladi. Chunki inson tabiati o‘zidan boshqa odam uni ushlagan yoki u bilan birga hayot kechirganini bilsa, ko‘nikishi qiyin bo‘ladi (ya’ni, uylanadigan ayoli faqat uniki bo‘layotganini bilsa, xotirjam bo‘ladi).
  6. Tug‘ishga qodir bo‘lishi. Qiz bolaning tug‘ish yoki tug‘masligini bilish qiyin, ammo uning yaqin qarindoshlari farzandli bo‘lsa, u ham tug‘ishi mumkin.
  7. Nasabli bo‘lish, ya’ni dinli va solih oiladan bo‘lishi.
  8. Qarindosh bo‘lmasligi. Shu kabi er ham xotin haqida shularga qaraydi. Xotinning valiysi erkakning dini, axloqi va ahvollariga qaraydi, chunki qizi nikoh bilan go‘yo unga cho‘ri bo‘ladi, ya’ni erning ixtiyoriga o‘tadi. Qachonki, er fosiq yoki bid’atchi bo‘lsa, qiziga va o‘ziga zulm etgan bo‘ladi.

Bir kishi Imom Hasan Basriydan so‘radi: «Qizimni kimga erga berayin?» Imom javob berdilar: «Allohdan qo‘rqqanga ber. Agar u qizingni sevsa, hurmat qiladi, agar yomon ko‘rib qolsa, unga zulm etmaydi».

 

Toshkent viloyati Piskent tumani «Mulla Bo‘ta Qozi»
jome masjidi imom
-xatibi Voxidov Mirsobit
manbalar asosida tayyorladi.

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Yangi umra mavsumi 2025 yil avgust oyidan boshlanishi e’lon qilindi

18.07.2025   16813   2 min.
Yangi umra mavsumi  2025 yil avgust oyidan boshlanishi e’lon qilindi

#xabar #umra #rasmiy #avgust
 So‘nggi yillarda umra safarlarini yuqori saviyada tashkil etish, ziyoratchilarga sifatli va qulay xizmatlar ko‘rsatish hamda ibodatlarni shariat talablariga muvofiq ado etish ishlari “Haj” va “Umra” markazi tomonidan amalga oshirib kelinmoqda.


 30 yildan ziyod amaliy tajriba asosida ziyoratchilarimiz uchun 10 kunlik maxsus umra dasturi taklif etilmoqda.


 Dastur doirasida quyidagi qulayliklar nazarda tutilgan:


 “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi orqali Toshkent–Jidda–Toshkent yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri parvozlar;


  3 kecha Madina, 7 kecha Makkada bo‘lish;


 Jidda–Madina, Madina–Makka va Makka–Jidda yo‘nalishlarida zamonaviy avtobuslar xizmati;


 Makka va Madina shaharlarida barcha sharoitlarga ega mehmonxonalar;


 3 mahal mazali taomlar;


  Madina shahrida Nabaviy masjidi, “Ravza”, Qubo, Qiblatayn masjidlari va Uhud maydoniga ziyorat;


 Makka shahrida Arafot, Mino, Muzdalifa vodiylari hamda Nur va Savr tog‘lariga ziyorat;


 Jidda shahridagi Qizil dengizga sayohat.


 Umra safari davomida ziyoratchilarga tajribali ishchi guruhi, taniqli imom-xatiblardan iborat guruh rahbarlari, malakali shifokorlar hamrohlik qilib, ibodat va safarni oson va xotirjam o‘tishini ta’minlaydilar.


  Umra safariga borish niyatida bo‘lgan barcha yurtdoshlarimizni ushbu imkoniyatdan foydalanishga taklif etamiz.


 Murojaat uchun telefonlar:

Haj va Umra Markazi
+998778821858
+998998821858


Hududiy mas’ullar:
Andijon vil. +998999012979
Farg‘ona vil. +998902723477
Namangan vil. +998902181117
Sirdaryo vil. +998911012816
Jizzax vil. +998941955554
Samarqand vil. +998979121674
Qashqadaryo vil. +998995803520
Surxondaryo vil. +998915861007
Buxoro vil. +998906116486
Navoiy vil. +998997516005
Xorazm vil  +998910941100
Qoraqalpog‘iston Res. +998973490457


Haj va umra markazi:
Instagram (https://instagram.com/haj_umrauz?igshid=MzRlODBiNWFlZA==) Telegram (https://t.me/hajumrauz)