Ulamoi kiromlarning birortasi nikoh sunnat amal ekaniga ixtilof etmaydi, balki unga targ‘ib etadi. Nikohning fazilati va foydalari ko‘p. Ulardan biri farzand ko‘rishdir. Zero, nikohdan maqsad nasl qoldirishdir. Naslni davom ettirishda Allohga muhabbat va bu yo‘lda harakat etish kabi foydalar mavjud. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlaridek, farzandli bo‘lishda qiyomat kunida ummatlarni ko‘paytirish niyat qilinadi. Bu bilan u zotning muhabbatlari topiladi. Bundan tashqari, solih farzandlar duosi bilan savob olish va kichik yoshdagi farzandning vafot topishi bilan shafoatga erishish mumkin bo‘ladi.
Nikohning foydalari quyidagilardir:
- jismoniy quvvatdan hosil bo‘lgan shahvat urug‘ini halollikka ishlatib, shayton vasvasasidan omon bo‘ladi;
- insonning ruhi xotini bilan birga bo‘lganda uns – ulfat topadi;
- uy yumushlaridan qalbi forig‘ topadi, xotin taom pishirish, supurib-sidirish, o‘rin-ko‘rpalarni solib-yig‘ish, idish-tovoqlarni yuvib tozalash va boshqa shu kabi yashash uchun zarur sharoitlarni o‘z zimmasiga oladi. Inson bir o‘zi buncha ko‘p ishlarni uddalay olmaydi. Agar bu yumushlarni o‘z zimmasiga oladigan bo‘lsa, aksari vaqtini zoye etadi. Ilm olish va ishlash uchun forig‘ bo‘la olmaydi. Soliha ayol bu borada dinga yordamchidir. Bu dunyo ikir-chikirlarining ko‘pligi va xilma-xilligi qalbni doimo band etadi;
- oilasi va ahli-ayolining huquqlarini himoya etish, ularga bosh bo‘lish va rioya etish bilan hayotiy kurash olib borish, xotinlarning injiqligiga sabr etish, ulardan bo‘ladigan turli jafo va aziyatlarga chidash, xotinlarni yo‘lga boshlash, ular uchun rizq topish yo‘lida halol kasb etish va farzandlar tarbiyasiga mashg‘ul bo‘lish.
Oilasiga g‘amxo‘rlik qilish, ularga bosh bo‘lish va ularning rioyasida bo‘lish amallarining fazilati ulug‘dir.
Xotin haqqini ado etishda noqislik va kamchiliklardan qo‘rqqan kishi uylanishdan ehtiyot bo‘ladi. Ahli ayollarning zahmat va qiyinchiliklariga bardosh berish – Alloh taolo yo‘lida jihod etish barobarida bo‘ladi.
Imom Muslimning mufrad hadislarida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam marhamat qildilar: «Alloh yo‘lida bir dinor ehson etding, qo‘l ostingdagilarga bir dinor sarf etding, miskinga bir dinor sadaqa qilding, ahli ayolingga bir dinor xarj qilding. Shularning ichida eng afzali o‘z ahli ayolingga qilingan nafaqadir».
Uylanishda bir necha ofatlar ham bor:
Ana shular nikohning foyda va ofatlaridir. Endi biror kishining uylanish yoki uylanmasligining foyda va zararlari hukmiga kelsak, bu ish yuqoridagilarni o‘z ichiga olgan majmua asosida bo‘ladi. Har bir murid o‘zini ana shu holatlarga solib ko‘rib, o‘zida nikohning ofatlari topilmay, foydalari jam bo‘lgan bo‘lsa, halol mol-dunyosi, chiroyli odob-axloqi bo‘lsa, buning ustiga yosh yigit bo‘lib, mayl-shahvatni bostirishga muhtoj bo‘lsa, yakka bo‘lib, uy-joy tadbirlarini ko‘rishga muhtoj bo‘lsa, bundaylarga uylanish afzaldir. Agar buning aksi bo‘lsa, u kishi nikohni tark etadi.
Yaxshi muosharat uchun ayolda e’tiborga olinadigan tomonlar:
Bir kishi Imom Hasan Basriydan so‘radi: «Qizimni kimga erga berayin?» Imom javob berdilar: «Allohdan qo‘rqqanga ber. Agar u qizingni sevsa, hurmat qiladi, agar yomon ko‘rib qolsa, unga zulm etmaydi».
Toshkent viloyati Piskent tumani «Mulla Bo‘ta Qozi»
jome masjidi imom-xatibi Voxidov Mirsobit
manbalar asosida tayyorladi.
حدثنا أبو جعفر محمد بن علي الوراق نا عبيد الله بن محمد أبو محمد القرشي التيمي نا عبد الرحمن بن حماد نا حفص بن سليمان أنا طلحة بن يحيى بن طلحة عن أبيه عن طلحة بن عبيد الله قال: سألت رسول الله صلى الله عليه وعلى آله وسلم عن تفسير سبحان الله قال: فقال: هو تنزيه الله عن كل سوء.
Talha ibn Ubaydulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi va ’alaa olihi vasallamdan “Subhanalloh”ning tafsiri haqida so‘radim. U zot alayhissalom: “U Alloh taoloni har qanday nopoklikdan poklashdir”, dedilar”.
Abu Said Haysam ibn Kulayb Shoshiyning
“Musnadi Shoshiy” asaridan
Davron NURMUHAMMAD