Avvalroq, “Sevimli” telekanali orqali Ramazon tuhfasi sifatida Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam haqlarida 30 qismdan iborat serial namoyish etilishi aytilgan edi.
“Sevimli” telekanalining ma’lum qilishicha, bugun soat 21:15 da 30 qismli «Olamga nur sochgan oy» serialining birinchi qismi namoyish etiladi, deb xabar bermoqda azon.uz.
Qayd etish kerak, serialda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning bolalik, o‘smirlik va yetuklik davrlari, u zotga ilohiy vahiy kelishi, birinchi musulmonlarning e’tiqod yo‘lidagi sharaf va mashaqqatlari, dinimizning keng yoyilib borilishi haqida hikoya qilinadi.
“Sevimli” telekanali Ramazon tuhfasini xalqimiz uchun birinchilardan bo‘lib taqdim qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq «MilliyTV» telekanali «Umar ibn Xattob» nomli serialni namoyish etishni rejalashtirayotgani haqida xabar qilingan edi.
#xabar #haj2025
Bugun, 12 iyun kuni erta tongda yurtimiz hojilarining ilk guruhlari yurtimizga yo‘l olishdi.
Aytib o‘tish joiz, bu yilgi haj mavsumi har qachongidan ham fayzli, shukuhli o‘tdi. Haj arkonlarini bajarish uchun yurtimiz mo‘min-musulmonlariga Madinai munavvara, Makkai mukarramada yaratilgan shart-sharoitlarga ko‘plab musulmonlarning havasi kelganiga barcha guvoh bo‘ldi.
Ayniqsa, mehmonxonalar, Mino, Arafot vodiylaridagi qulaylik va imkoniyatlar, tibbiy va transport xizmatlari barchani mamnun etdi.
Endilikda ibodatlarni huzurlanib ado etgan, yuz-ko‘zlari porlagan, peshonalaridan nur balqigan hojilarimizning dastlabki guruhi diyorimizga qaytishmoqda.
Alloh taolo hojilarimizning hajlarini qabul aylasin. Farzandu anjumandlari bag‘riga eson-omon yetib olishsin.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati