Sayt test holatida ishlamoqda!
27 Fevral, 2026   |   10 Ramazon, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:43
Quyosh
07:01
Peshin
12:41
Asr
16:27
Shom
18:15
Xufton
19:27
Bismillah
27 Fevral, 2026, 10 Ramazon, 1447

«Vaqf» xayriya jamoat fondi davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

13.05.2018   5174   1 min.
«Vaqf» xayriya jamoat fondi davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

 

O‘zbekiston prezidentining 2018 yil 16 apreldagi PF-5416-sonli «Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmonida O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi «Vaqf» xayriya jamoat fondini tashkil etilish bilan bog‘liq tadbirlar belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berishicha, shuningdek, Farmonda tegishli idoralarga fuqarolardan zakot, fitr va boshqa xayriya mablag‘lari sifatida tushadigan mablag‘lar «Vaqf» xayriya jamoat fondining alohida hisob raqamida to‘planishi hamda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan (shu jumladan, Internet tarmog‘i orqali onlayn kuzatish imkoniyatini yaratgan) holda mablag‘larning tushishi va sarflanishida to‘liq shaffoflikni ta’minlash bo‘yicha amaliy ko‘mak berish topshirilgan. 

Shu munosabat bilan, Adliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi «Vaqf» xayriya jamoat fondi davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

 

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Salavotlarni yetkazuvchi farishtalar

26.02.2026   2674   1 min.
Salavotlarni yetkazuvchi farishtalar

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Albatta, Allohning yer yuzida sayr etib yuruvchi farishtalari bor, ular ummatimning salomini menga yetkazib turadi”, dedilar.

Maqolalar