Sayt test holatida ishlamoqda!
18 Yanvar, 2025   |   18 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:22
Quyosh
07:45
Peshin
12:38
Asr
15:41
Shom
17:25
Xufton
18:43
Bismillah
18 Yanvar, 2025, 18 Rajab, 1446

Andres Auer: bu serquyosh o‘lka menga begona emas

12.05.2018   2878   2 min.
Andres Auer: bu serquyosh o‘lka menga begona emas

Bugun, 10 may kuni Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati vakillaridan iborat delegatsiya O‘zbekiston musulmonlari idorasiga tashrif buyurdi. Mehmonlarni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Ibrohim domla Inomov kutib oldi.

Ibrohim domla Inomov mehmonlarni tashrif bilan samimiy qutlab, muftiy Usmonxon Alimov hazratlarining salomlarini yetkazdi.

Shundan so‘ng, Ibrohim domla Inomov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan bugungi kunda yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, xususan, diniy sohadagi ijobiy yangiliklar haqida gapirib o‘tdi.

U nutqida davom etib, diniy idora, uning tuzilmasi va faoliyati haqida atroflicha  to‘xtaldi. Shuningdek, O‘zbekiston musulmonlari idorasi tashabbusi bilan har yili bir necha yuz minglab adadda kitob, jurnal va gazetalar chop etilayotganini ta’kidladi. Bugungi tezkor zamonda, axborot olish va almashishning eng qulay vositasi internet bo‘lgani uchun hozirda diniy idora tizimida ham bir necha o‘nlab saytlar faoliyat yuritayotgani, ularda kundalik xabarlar, turli mavzudagi maqolalar, onlayn darslar va tezkor savol-javoblar berib borilayotganini alohida qayd etdi.

Uchrashuvda so‘z olgan delegatsiya rahbari Andreas Auer diniy idora vakillariga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirdi. U o‘z nutqida bu serquyosh o‘lka unga begona emasligi, O‘zbekistonda ancha yillardan beri ishlashi, ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarida ozmi ko‘p hissa qo‘shayotganidan mamnun ekanini bildirdi. Shuningdek, u Germaniya davlat universiteti bilan hamkorlikda ijtimoiy-diniy masalalarga bag‘ishlangan ko‘plab loyihalar, jumladan, hozirda O‘zbekiston va Qozog‘iston bo‘yicha yangi loyiha ustida ish olib borayotganini aytdi.

Samimiy ruhda kechgan muloqot davomida jaholatga qarshi kurash bo‘yicha Diniy idora va imom-xatiblar tomonidan olib borilayotgan ishlar, ayniqsa, mahalla, ta’lim muassasalari, korxona va tashkilotlar bilan hamkorlikdagi ishlar haqida ma’lumot berildi.

Uchrashuv yakunida delegatsiya rahbari Andreas Auer yurtimizda amalga oshirilayotgan ishlar, o‘zgarishlar va yangilanishlarni e’tirof etib, O‘zbekistonda yoshlarni radikal g‘oyalardan himoya qilish borasida juda katta ishlar qilinganini yuksak baholadi.

Mehmonlar qabul va samimiy suhbat uchun minnatdorlik bildirdilar.

 

O‘MI Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Videolar

Juma salomi - Alloh isrof qiluvchilarni sevmaydi

17.01.2025   1775   1 min.

 

Videolavhalar