«Liverpul» klubi hujumchisi Muhammad Saloh o‘zi tug‘ilib o‘sgan Nagrig qishlog‘ida suv-oqova tizimi qurilishi uchun pul ajratdi. Bu haqda "uff" nashri xabar berdi.
Misrlik futbolchi buning uchun 450 ming AQSH dollari sarflagan.
Saloh Misrda xayr-saxovatli ishlarni ko‘plab amalga oshirib turadi. Avvalroq u sport maydonchasi qurilishi va kasalxona ta’miri uchun pul ajratgandi.
O‘MI Matbuot xizmati
Uydan faqirlikni quvishda Ixlos surasini o‘qish haqida
Sahl ibn Sa’d Su’adiy roziyallohu anhudan rivoyat qiladi, ansorlardan bir kishi Nabiy sollallohu alayhi vasallamning oldilariga kelib faqirlik va yashash qiyinligidan shikoyat qildi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga: “Uyingga kirsang, uyda biron kim bo‘lsa salom ber. Hech kim bo‘lmasa menga salovot ayt va “Qul huvallohu ahad”ni bir marta o‘qi”, dedilar.
U kishi shunday qilgandi, Alloh taolo unga mo‘l rizq ato etdi, rizqini ko‘payib berdi va hatto (orttirib) qo‘shnilariga ehson qila boshladi.
“Tafsiri Abul futuh” va “Mustadrok”dan