Misrlik ko'zi ojiz va mashhur qori shayx Mamduh O'mir bolaligidayoq Qur'on o'qishni bilgani va u Qur'oni karimni 5 yoshida yod olish qobiliyatini kashf etgani haqidagi hikoyaga to'xtalib, bu ilohiy in'omni saqlash va rivojlantirishda iste'dod va doimiy amaliyotni topish muhimligini ta'kidladi.
IQNA saytining “Alyavm-7” nashriga tayanib xabar berishicha, misrlik taniqli qori shayx Mamduh O'mir “Masa” tungi teledasturga bergan intervyusida o'zining Qur'on yodlashdagi iste'dodini kashf etishgani haqida so'zlab berdi.
Uning so'zlariga ko'ra, yoshligida bolalar bilan o'ynab yurgan chog'larida Misrning Buhaya viloyatidagi “Al-Halavaja” qishlog'idagi hofizlardan biri va Qur'oni karim o'qituvchisi shayx Abu Zayd al-Basyuniy uni ko'rgan, ko'zi ojiz bo'lishiga qaramay, xotirasi juda yaxshi bo'lgan bolaga Qur'on o'rgata boshlagan. Ko'zi ojiz qorining so'zlariga ko'ra, u besh yoshida va to'rt oy ichida butun Qur'onni yod olishga muvaffaq bo'lgan.
Shayx Mamduh O'mir yana bunday dedi: “Iqtidorlarni rivojlantirish va qobiliyatlarni saqlab qolish uchun ko'proq mashq va harakat qilish kerak”.
O'zbekiston musulmonlari idorasi xodimi
Ilyos AHMYeDOV tayyorladi.
Abdulloh roziyallohu anhu aytadi: "Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kirsam, u zot alayhissalom bemorlikdan qiynalayotgan ekanlar.
"Yo Allohning Rasuli, siz bemorlikdan qattiq qiynalmoqdasiz-ku?!" dedim.
"Albatta, men bemorlikdan sizlardan ikki kishining qiynalganicha qiynalaman", dedilar.
"Sizga ikki hissa ajr bo‘lishi uchun shundaymi?" dedim.
U zot alayhissalom: "Ha shunday. Qay bir musulmonga biror musibat yetsa, Alloh uning sababidan o‘sha bandaning yomonliklarini xuddi daraxt o‘z barglarini to‘kkanidek to‘kadi", dedilar".