Bugun O‘zbekiston musulmonlari idorasida Ramazon oyiga puxta tayyorgarlik ko‘rish, muborak oyni diyorimizda ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazish to‘g‘risida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Diniy idora mas’ul xodimlari, ulamolar, imom-xatiblar, mudarrislar va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Tadbir Qur’oni karim tilovati bilan boshlandi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Shayx Abdulaziz Mansur masjid-madrasalarda Ramazon oyiga katta tayyorgarlik ishlari olib borilayotgani, xatmi-Qur’on tadbirlarini fayzli o‘tkazish va mo‘min-musulmonlarga qulay shart-sharoitlar tashkil etish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilganini ta’kidladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi o‘rinbosari Nuriymon Abulhasan yurtimizdagi Ramazon shukuhini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish, imom-domlalarni yana faol bo‘lishlari, muborak oyda o‘tkaziladigan tadbirlarni tartibli, ixcham tarzda o‘tkazish borasidagi muhim ma’lumotlarni ta’kidlab o‘tdi.
Yig‘ilishda Ramazon oyini yanada fayzli o‘tkazish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi va ommaviy axborot vositalari tomonidan berilgan savollarga batafsil javoblar berildi.
Tadbir tafsilotlarini keyinroq batafsil yoritamiz.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Muhyiddin ibn Arabiy aytadilar: “Kimning qanday hojati bo‘lsa, shom namozining farz va sunnatini o‘qib bo‘lganidan keyin o‘rnidan turmasdan Fotiha surasini 40 marta o‘qisin. Shundan keyin, Allohdan hojatini so‘rasin, albatta so‘ragan narsasini beradi. Biz buni tajriba qilib ko‘rdik va foydasini topdik. Fotiha surasini o‘qib bo‘lganidan so‘ng ushbu duoni o‘qiydi: “Allohim! Sening ilmingni o‘zi Sendan so‘ramaslikka kifoya. Fotiha surasining haqqi hurmatidan O‘zing so‘rovimga kifoya qil. Sening karamingni o‘zi Senga so‘zlamaslikka kifoya. Fotiha surasining haqqi hurmatidan so‘zimga kifoya qil va qalbimdagi tilagimni hosil qil”.
Homidjon domla ISHMATBЕKOV