Sayt test holatida ishlamoqda!
10 Yanvar, 2025   |   10 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:24
Quyosh
07:48
Peshin
12:36
Asr
15:32
Shom
17:16
Xufton
18:35
Bismillah
10 Yanvar, 2025, 10 Rajab, 1446

Tibet musulmonlari haqida siz bilmagan beshta ma’lumot

10.05.2018   3103   2 min.
Tibet musulmonlari haqida siz bilmagan beshta ma’lumot

Tibet deganda ko‘pchilikning hayoliga darhol butparastlik keladi. Ammo Tibet aholisining taxminan 2-3 foizini musulmonlar tashkil etishini ko‘pchilik bilmasa kerak.

Nepal musulmon jamoasi oqsoqollari Muhammad Ibrohim va Abdulrahmon Batt Tibet musulmonlari haqida kuyidagi ma’lumotlarni taqdim etishdi. Bu haqda "info.islom" nashri xabar berdi.

1. Musulmonlar butparastlar bilan doim ahil-inoq bo‘lib yashagan.
Tarixiy manbalarga tayanib shuni aytish mumkinki, Nepal, Xitoy va Hindistonlik musulmon sadogarlar Tibetga XIV-XVII asrlarda kelib, bu yerda ko‘nim topganlar. O‘sha paytdan buyon to bugungi kungacha ular mahalliy aholi bilan tinch-totuv umrguzaronlik qilib kelishmoqda.

2. Dalay-lama tibetlik musulmonlarni hech qachon qoralamagan.
Aytishlaricha, Dalay-lama musulmon savdogarlarni Tibetda qolishga undab, ularga turli imtiyozlar bergan hamda masjid va qabriston qurilishi uchun yer ajratgan. Muhammad Ibrohimning ta’kidlashicha, hozirgi Dalay-lama faqatgina musulmon qassob yetkazib turadigan halol go‘shtni tanovul qiladi.

3. Tibet musulmonlari mahalliy madaniyatni asrab qolishga yordam bergan.
1950 yilda Tibet Xitoy tomonidan istilo etilganda mintaqada yashovchi musulmonlarning tili va urf-odatlari to‘laligicha tibetliklarnikiga moslashtirilgan edi. Nepaldagi istagan musulmon xonadoniga tashrif buyursangiz, bu holatni guvohi bo‘lishingiz mumkin.

4. Tibetlik musulmonlarning hijrati.
Xitoy hukumati tomonidan hech qanday tazyiq va bosimga uchramay o‘z tadbirkorligini muvaffaqiyatli davom ettirayotgan tibetlik musulmonlar shu yerda tug‘ilib, unib-o‘sayotgan avlod kelajagidan havotirda ekanliklarini bildirganlar. Shu sababli musulmon jamoasining yoshi ulug‘ vakillari Xitoy kommunistik partiyasidan Hindiston va Nepalga qaytish uchun izn so‘rashgan.

5. Tibet musulmon jamoasi nodavlat farovonlik jamg‘armasini tashkil etib, uning asosiy faoliyati ta’lim sohasi bilan bog‘liq. Tushayotgan zakot hamda hayr-ehson va sadaqa pullari asosan musulmon talabalarga ajratilmoqda.

O‘MI Matbuot xizmati

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar

Bu mo‘jizani kim inkor qila oladi?

10.01.2025   1971   1 min.
Bu mo‘jizani kim inkor qila oladi?

 Bilasizmi? Silikat moddasiga boy bo‘lgan tuproqqa dafn qilingan insonning skeleti vaqt o‘tishi bilan tosh va xarsangga aylanadi.
 Agar u piri‌t (temir sulfidi) moddasiga boy mintaqaga dafn qilinsa, unday jasad temir haykalga aylanib qolishi mumkin!

Bu ilmiy haqiqat yaqinda aniqlangan bo‘lsa-da, Qur’onda bu haqida 1445 yil oldin hayratlanarli tarzda juda aniqlik bilan bayon etilgan. Qur’onda bunday deyilgan:

وَقَالُوا أَإِذَا كُنَّا عِظَامًا وَرُفَاتًا أَإِنَّا لَمَبْعُوثُونَ خَلْقًا جَدِيدًا

"Ular: “Biz suyaklarga  va chang- tuproqlarga aylanib ketganimizdan keyin ham, yangitdan tiriltirilamizmi?” dedilar. “Sen ularga, toshga yoki temirga aylaninglar”, deb ayt"
(Isro surasi, 50-oyat).

Bu oyat yaqin yillarda kashf etilgan — suyaklari toshga aylangan yoki temir haykalga aylangan qazilmalarga ochiq va ravshan ishora qilmoqda. Go‘yoki Qur’onda xabar berilgan ushbu dalillar olimlar kashf qilishlarini uzoq asrlardan beri kutib yotgandek.

Shunday ekan, aqlli inson bunday ochiq-oydin va ravshan mo‘jizani qanday inkor qila oladi? Qur’onning bu mo‘jizasi kunduzdagi quyoshdek ravshan emasmi?

Homidjon domla ISHMATBЕKOV