Shvetsiyaning Kronoberg shahriga qarashli Vakso provinsiyasida juma kuni azon chaqirilishiga ruxsat berildi. Bu haqda Islam.ru sayti xabar tarqatdi.
Hukumatga tegishli bo‘lgan "SR" radiosi orqali berilgan ma’lumotga qaraganda, politsiya juma kuni soat 13.00 da azon aytilishiga ruxsat bergan.
Musulmonlarning namozga chaqirig‘i maktab va davlat muassasalari joylashgan hududlarda 45 detsibelldan, qolgan holatlarda esa 110 detsibelldan oshmasligi zarurligi qayd etilgan.
Ma’lumot uchun, Shvetsiyada azon ilk bor 5 yil avval Stokholmdagi Botkirka provinsiyasida jaranglagan edi.
O‘MI Matbuot xizmati
Har haftaning chorshanba kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasida an’anaviy tarzda tashkil etiladigan fuqarolar qabuli bu safar ham aholi vakillarining murojaatlarini o‘rganish, muammolarga yechim topishga qaratildi.
Joriy haftadagi qabulda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Muhammadolim domla Muhammadsiddiqov poytaxtimizdan hamda yurtimizning turli shahar va tumanlaridan tashrif buyurgan fuqarolarning shaxsiy va jamoaviy masalalari, taklif va mulohazalarini tingladi.
Qabul yakunida mas’ullarga aniq topshiriqlar berilib, fuqarolar murojaatlarini tezkor va adolatli hal etish bo‘yicha choralar belgilandi. Shu bilan birga, fuqarolar bilan bevosita muloqot qilish, ularning fikrlarini eshitish va islohotlarga jamoatchilikni faol jalb etish borasidagi ishlar doimiy e’tiborda ekani ta’kidlandi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati