Sayt test holatida ishlamoqda!
08 May, 2025   |   10 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:40
Quyosh
05:12
Peshin
12:25
Asr
17:20
Shom
19:31
Xufton
20:57
Bismillah
08 May, 2025, 10 Zulqa`da, 1446

Robbim ota-onamga rahm qil, ularni mag'firat et

30.05.2023   2448   1 min.
Robbim ota-onamga rahm qil, ularni mag'firat et

Yoshi to'qsondan oshgan onaxonning o'g'li aytadi:Bir kuni uyimizga qarindoshimiz kelib qoldi. Yonimda onam o'tirgan edilar, ularni ko'rishlari bilan: “MashaAlloh, uyingizda onangiz, sizning huzuringizda?” dedi”.

Men: “Yo'g'-e. Men u kishining huzurlarida, uylaridaman”, dedim.

Shunda onam: “Yo'q, ey o'g'lim. Bolaligingda sen bizni huzurimizda eding. Keksayganimizdan keyin, biz sening huzuringda bo'lamiz. Alloh taoloning ushbu kalomini o'qimaganmisan? “Agar ularning biri yoki har ikkisi huzuringda keksalik yoshiga etsalar”(Isro surasi, 23-oyat), dedilar”.

O'g'il aytadi: “Go'yoki men ushbu oyatni endigina eshitayotgan bo'ldim. Ota-onalardagi hamma narsa yoshlari o'tgan sayin zaiflashib borar ekan, faqat otalik va onalik mehri kuchayib boraveradi”.

Shunday ekan ushbu mehrni sovuqqonlik bilan so'ndirib qo'yishdan saqlaning. Ota-onangizni ularga itoatsizlik qilib hafa qilib qo'ymang. Allohga qasamki, ota-onaning farzandidan hasrat qilib to'kkan bir tomchi ko'z yoshi farzandning hayotini zulmat girdobiga g'arq qilishga kifoya qiladi.

Ushbu duoni ko'p takrorlang: “Robbim, meni va ota-onamni mag'firat qilgin”, “Robbim, menga rahm qilganlaridek, Sen ham ota-onamga rahm qil”.

Zero, ushbu duoning o'zi ham ota-onaga yaxshilik qilishning bir ko'rinishidir.

 Homidjon qori IShMATBYeKOV

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Allohning mehribonligi

07.05.2025   509   1 min.
Allohning mehribonligi

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Kim bir yaxshilikni ko‘ngilga tugsa-yu, uni qilmasa, Alloh buni O‘z huzurida unga to‘liq bir yaxshilik deb yozadi. Agar shuni ko‘ngilga tugib, keyin uni qilsa, Alloh buni O‘z huzurida unga o‘nta yaxshilikdan yetti yuz baravargacha qilib, undan ham bir necha baravar ko‘p qilib yozadi. Kim bir yomonlikni ko‘ngilga tugsa-yu, uni qilmasa, Alloh buni O‘z huzurida unga to‘liq bir yaxshilik deb yozadi. Agar shuni ko‘ngilga tugib, keyin uni qilsa, Alloh buni unga birgina yomonlik deb yozadi" (Imom Buxoriy, Imom Muslim rivoyati).

Maqolalar