Cavol: Namozda “Fotiha”dan so‘ng zamsura o‘qishdan oldin “Bismilloh”ni aytsa namoz buziladimi?
Javob: Abu Yusuf rahimahulloh so‘zlariga ko‘ra, “Bismilloh” namozda har bir rakatning boshida o‘qiladi (“Muhit”). Fatvo ham shunga ko‘ra berilgan (“Tatarxoniya”). “Fotiha” bilan zamsura orasida esa “Bismilloh” aytilmaydi (“Viqoya”, “Niqoya”). Ammo aytilsa, namoz buzilmaydi.
“Hidoyat” jurnalidan
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Qiyomat kuni ba’zilar o‘ylaganidek dahshatli emas, balki u Kun ahdiga sodiq bo‘lgan va o‘sha Kun uchun amal qilganlar uchun ajoyib va go‘zal kun bo‘ladi: “Ularni buyuk dahshat mahzun qilmas” (Anbiyo surasi, 103-oyat).
Ular qayta tirilganlarida va farishtalar ularni kutib turganini ko‘rganlarida, u Kun ajoyib kun bo‘ladi: “Farishtalar ularni: «Bu sizlarga va’da qilingan kuningizdir», – deya kutib olurlar” (Anbiyo surasi, 103-oyat).
Ular shodlikdan butun olamga jar solganda u Kun ajoyib kun bo‘ladi: “Mana, mening kitobimni o‘qib ko‘ringlar!” (Haaqqo surasi, 19-oyat).