Sayt test holatida ishlamoqda!
25 Iyun, 2025   |   29 Zulhijja, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:06
Quyosh
04:51
Peshin
12:31
Asr
17:41
Shom
20:03
Xufton
21:42
Bismillah
25 Iyun, 2025, 29 Zulhijja, 1446

Nega qo‘limizda turgan cheksiz boylikni tashlab o‘tkinchi boylik sari oshiqamiz?

08.05.2018   3597   1 min.
Nega qo‘limizda turgan cheksiz boylikni tashlab o‘tkinchi boylik sari oshiqamiz?

Abu Hanifa rahimahulloh o‘tkir zehn – zakovat, fahm – farosat, yuksak fazilat egasi bo‘lganlar. U zotning o‘ta aniq va teran fikrlaridan ko‘plab odamlar xabardor edi. Kunlardan birida kechga yaqin bir kishi Abu Hanifa rahimahullohning huzurlariga kelib o‘zining shikoyatini arz qildi:

  • Men pullarimni qayerga berkitib qo‘ganimni unutib qo‘ydim. Iltimos, menga pullarimni topishimda yordam bering, - dedi.
  • Shunda Abu Hanifa rahimahulloh:
  • Yaxshi, aslida bu ish bilan shug‘ullanish mening vazifam bo‘lmasa-da urunib ko‘raman, - deb javob berdilar.
  • So‘ngra, uzoq o‘ylab Abu Hanifa bunday dedilar:
  • Uyingizga borib Allohning ibodati bilan tonggacha mashg‘ul bo‘ling, ajab emas shunda Allohning inoyati ila pullaringizni qayerga qo‘yganingiz yodingizga tushsa.
  • Haligi kishi Abu Hanifa aytganlaridek uyga borib endigina namoz o‘qishni boshlayotganida birdan pulini qayerga qo‘ygani yodiga tushdi. Tezda namozini o‘qib, pulini olish uchun shoshilib chiqib ketdi. Ertasi kuni yana Abu Hanifa rahimahullohning huzurlariga o‘zining quvonchi va tashakkurini izhor qilish uchun tashrif buyurdi. Abu Hanifadan qanday qilib namoz o‘qishni boshlaganda pulini berkitgan joy yodiga tushishligini bilganligi haqida qiziqib so‘radi. Shunda Abu Hanifa:
  • Shayton seni to tonggacha namozda qoim turishda ko‘rishni istamaydi, shu sababli, namozni tezda tugatishing uchun senga pulingni turgan joyini eslatdi, sen esa namozni tark etib pul tomon shoshib ketding, deb javob berdilar.

Davron NURMUHAMMAD

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Feyk xabar tarqatish yolg‘onga sheriklikdir

25.06.2025   543   2 min.
Feyk xabar tarqatish yolg‘onga sheriklikdir

Bugungi kunda axborot tarqatish imkoniyati har bir insonda mavjud. Birgina so‘z, aloqa qurilmalaridagi birgina harakat butun jamiyatda shov-shuv, vahima keltirib chiqarishi mumkin. Anglamay yoki o‘yinqaroqlik bilan yoki maqsadli yolg‘on axborot tarqatish hollari ko‘p kuzatilmoqda. Xususan, din va e’tiqod kabi nozik masalalarda tarqatilayotgan feyk xabarlar nafaqat shaxsiy xatolik, balki jamiyatga salbiy ta’sir o‘tkazuvchi umumiy mas’uliyat hamdir.

Yolg‘on gapirish og‘ir gunohlardan sanaladi. Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam dedilar: “Rostgo‘ylikni mahkam tutinglar. Zero, rostgo‘ylik ezgulikka yo‘llaydi, ezgulik esa jannatga boshlaydi. Kishi rost gapirish va rostgo‘ylikka intilishda davom etaveradi, natijada Alloh huzurida rostgo‘y deb yoziladi. Yolg‘onchilikdan saqlaninglar. Zero, yolg‘onchilik gunohkorlikka, fojirlik esa do‘zaxga boshlaydi. Banda yolg‘on gapirish va yolg‘onchilikka intilishda davom etaveradi, nihoyat Alloh huzurida yolg‘onchi deb yozilad”, dedilar. (Imom Buxoriy, Muslim, Termiziy rivoyati).

Shunday ekan, haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan axborotni tarqatish qat’iy man qilingan.

Feyk xabar tarqatishning ko‘plab salbiy oqibatlari bor:

  1. Jamiyatda fitna keltirib chiqaradi – noto‘g‘ri ma’lumot odamlar o‘rtasida ishonchsizlik, gumon va bo‘linishlarga sabab bo‘ladi;
  2. Dinning mavqeyini tushiradi – to‘g‘ri tushunchalarni buzib ko‘rsatadi, e’tiqod qiluvchilarni adashtiradi;
  3. Rasmiy diniy muassasalarga nisbatan ig‘vo va ishonchsizlikni keltirib chiqaradi – feyk xabarlar ba’zan taniqli rasmiy diniy mas’ullar nomidan soxta fatvo va bayonotlar sifatida tarqatiladi;
  4. Jinoyatga olib boradi – ba’zi hollarda feyk xabarlar odamlarni tajovuzkor harakatlarga undaydi.

Qur’oni karimning Hujurot surasi 6-oyatda shunday marhamat qilinadi:

“Ey iymon keltirganlar! Agar fosiq xabar keltirsa, aniqlab ko‘ringlar, bilmay bir qavmga musibat yetkazib qo‘yib, qilganingizga nadomat chekuvchi bo‘lmanglar”.

Feyk, yolg‘on xabarlardan ehtiyot bo‘lish kerakligini Qur’oni karim ta’kidlamoqda. Demak, har qanday xabarni tekshirish va ehtiyot bilan yondoshish kerak.

Rost xabarni qanday ajratish mumkin:

  • Rasmiy axborot manbalariga tayanish;
  • Sarlavhasi emas, mazmuniga e’tibor berish;
  • Tarqatayotgan shaxs yoki sahtfalarni tekshirib ko‘rish;
  • Mutaxassislarga murojaat qilish.

Har bir xabar – tarqatuvchi uchun ham, undan foydalanuvchi uchun ham mas’uliyat. Aloqa vositalari va ijtimoy tarmoqlarga joylayotgan post bilan yo to‘g‘rilikni targ‘ib qilish, yoki odamlarni chalg‘itish mumkin.

Shunday ekan, feyk axborot tarqatish og‘ir ma’naviy jinoyatdir. Har bir musulmon bunday xatarli holatdan o‘zini va boshqalarni saqlashi lozim.

Xorazm viloyati Shayx Qosim bobo

jome masjidi imom-xatibi Shermuhammad Boltayev

MAQOLA