“Sadaqa Allohning g'azabini to'sadi va yomon holda o'lim topishdan saqlaydi” (Termiziy rivoyati).
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Kim juma kuni Kahf surasini o‘qisa, qiyomat kuni uning qadami ostidan nur chiqib, osmonu falakni yoritadi va uning ikki juma orasidagi gunohlari kechiriladi", dedilar» (Abu Bakr ibn Marduyah rivoyat qilgan).