Sayt test holatida ishlamoqda!
29 Dekabr, 2024   |   29 Jumadul soni, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:23
Quyosh
07:48
Peshin
12:30
Asr
15:21
Shom
17:05
Xufton
18:25
Bismillah
29 Dekabr, 2024, 29 Jumadul soni, 1446

Makkai mukarramaning XII asrga tegishli hujjatlari — O‘zbekistonda

8.05.2018   2949   3 min.
Makkai mukarramaning XII asrga tegishli hujjatlari — O‘zbekistonda

Ana shu ma’lumotni aniqlashtirish va unga tegishli hujjatlar tafsilotini bilish uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivida bo‘ldik. Katta ilmiy xodim, dinshunos, islomshunos Dilshod Vahobov bilan suhbatlashdik. 

— Makkaning XII asrga tegishli hujjatlari bu yerda saqlanayotgani rostmi? 

— Mazkur hujjatning ikki qismi 1300 hijriy yilda Tataristonning Qozon bosmaxonasida bosmadan chiqqani haqida ma’lumot bor, – deydi D.Vahobov. – Yana bir qismi qo‘lda chizilgan. U XII asrga tegishli bo‘lib, Makkani tasviri aks ettirilgan. Unda hojilarning borishi kerak bo‘lgan ziyorat joylari, dam olish xonalari va qanaqa amallarni bajarishlari ko‘rsatilgan. Bu chizma chizilgan qog‘oz sifati juda yuqori bo‘lib, o‘sha davrlarda hajga boruvchilarga qo‘llanma bo‘lgan. 

 
6fa327cb-4a37-4569-b70a-6fb22219d5f5.jpg 

— Hujjatning bosmaxonadan chiqqan qismida nima izohlangan? 

— Ular 1280 hijriy yilga talluqli bo‘lib, unda Hakimxo‘ja Eshonxo‘ja o‘g‘li va Muhiddinxon Xudoyberdi o‘g‘liga tegishli muhrlar qo‘yilgan. Bu ularning o‘sha davrda hajga borib, hoji bo‘lib kelganini tasdiqlovchi hujjatlar hisoblanadi. Ulardan biriga o‘nta yana biriga sakkizta muhr qo‘yilgan. Bu nomi yuqorida keltirilgan shaxsning hajga kelib, ziyoratning barcha amallarni bajargani haqida arab tilida yozilib, muhrlar bilan tasdiqlangan. Eng birinchi muhr Makka imom xatibi Saidmuhammad Solihga tegishli ekani belgilab qo‘yilgan. Keyin muazzin va ma’sullar o‘z belgisini qo‘ygan. 

— Bu hujjatlar shu vaqtga qadar qanday tartibda saqlab kelingan? 

— Buxoro xonligi davrida hajga borib kelgani haqidagi hujjatlar hojilarning o‘zida saqlangan. Chor Rossiyasi Turkistonga kirib olgandan keyin, yurtimizning boy tarixi talon-toroj qilinib, barcha hujjatlar yig‘ilib, olib ketilgan. 

Ular arab va fors yozuvida bitilgan bu hujjatlarni o‘qiy olmagan. Ularda muhim ma’lumotlar aks ettirilgan degan fikrda uzoq ushlab turishgan. Sharqshunos mutaxassislar bu hujjatlarni u qadar muhim, siyosiy ahamiyatga ega emasligini o‘rganib chiqqandan keyin O‘zbekistonga qaytarib yuborilgan. 1976 yilda O‘zbekistonga bir qator arxiv hujjatlari qatorida bu ma’lumotlar ham qaytib kelgan. 

Qayd etish keraki, arxivda xalqimiz o‘tmishiga tegishli arab, fors va lotin alifbosida yozilgan hujjatlar shu qadar ko‘pki, ular ro‘yxatga olingan bo‘lsa-da, olimlar yoki sharqshunoslar tomonidan hanuz to‘liq o‘rganib chiqilmagan. Arxiv sirlari qachon to‘liq ochilishi esa noma’lum. Buning uchun malakali kadrlar yetishmayotgani kunday ravshan. 
 

 

Sayyora Shoyeva, O‘zA
Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar

Dam olish kunlaringizni qanday o‘tkazasiz?

27.12.2024   25804   3 min.
Dam olish kunlaringizni qanday o‘tkazasiz?

1. Diniy ibodatlarni bajarish

1.1. Namozlarni o‘z vaqtida o‘qish. Ibodatlar ichida eng afzali – vaqtida o‘qilgan farz namozi sanaladi.

1.2. Ro‘za tutish. Qazo va nafl ro‘zalarni tutish. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Qish kunidagi ro‘za qiyinchiliksiz topiladigan g‘animat (o‘lja)dir”, deganlar (Imom Termiziy rivoyati).

1.3. Qur’on o‘qish. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Ummatimning eng afzal ibodati Qur’onga qarab tilovat qilishdir”, deganlar. Qur’onni yoddan o‘qishdan ko‘ra, unga qarab o‘qish afzaldir. Chunki Qur’onga qarash ham ibodatdir.

1.4. Tahajjud namozlarini o‘qish. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Farz namozdan keyingi eng afzal namoz tungi namozdir”, deganlar (Imom Muslim rivoyati).

1.5. Duo va zikrni ko‘paytirish. “...Allohni ko‘p zikr qiling. Shoyadki, zafar topsangiz” (Juma surasi, 10-oyat).

 

2. Oilaga yaxshilik qilish

2.1. Ota-onaga yaxshilik qilish. O‘z vaqtida o‘qilgan farz namozdan keyin eng afzal amal bu – ota-ona xizmatida bo‘lish sanaladi. Zero, “Robbingiz, Uning O‘zigagina ibodat qilishingizni hamda ota-onaga yaxshilik qilishni amr etdi” (Isro surasi, 23‑oyat).

2.2. Farzand va ahli ayolga xursandchilik ulashish. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: Sizlarning yaxshilaringiz o‘z ahliga yaxshi muomala qilganingizdir. Men o‘z ahliga yaxshi muomala qiluvchirog‘ingizman”, deganlar (Imom Termiziy rivoyati).

 

3. Ilm olish, kitob o‘qish

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Ilm talab qilish har bir musulmon zimmasiga farzdir”, deganlar.

 

4. Tafakkurga vaqt ajratish

Hasan rahmatullohi alayh aytadilar: “Bir soat tafakkur qilish bir kechani bedor o‘tkazishdan yaxshidir”.

 

5. Muhtojlarga yordam berish

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim bir mo‘minning bitta dunyoviy tashvishini aritsa, Alloh taolo uning Qiyomat kunidagi tashvishlaridan birini aritadi. Kim qiynalgan kishiga yengillik keltirsa, Alloh taolo unga dunyoyu Oxiratda yengillik beradi” (Imom Muslim rivoyati).

 

6. Silai rahm qilish

Dam olish kunlari qavm-qarindoshlar holidan hech bo‘lmasa telefon orqali bo‘lsada xabar olish uchun qulay fursat. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kimni rizqi keng, umri uzoq bo‘lish xursand etsa, silai rahm qilsin (qarindoshlik rishtalarini mustahkamlasin) (Imom Buxoriy, imom Termiziy rivoyati).

 

7. Sport bilan shug‘ullanish

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kuchli mo‘min Alloh huzurida kuchsiz mo‘mindan yaxshiroq va mahbubroqdir”, deganlar.

 

8. Do‘st va yaqinlar holidan xabar olish

Hazrat Ali roziyallohu anhu aytadilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni: “Qaysiki musulmon boshqa bir musulmonni ertalab ziyorat qilsa, to kech kirgunicha unga yetmish ming farishta salavot aytadi. Agar kech kirganida ziyorat qilsa, to tong otgunicha yetmish ming farishta unga salavot aytadi. Unga jannatda bir bog‘ bo‘ladi”, deb aytganlarini eshitdim (Imom Termiziy rivoyati).


Dam olish kunlaringiz xayrli va barakali o‘tsin!

Davron NURMUHAMMAD