Sayt test holatida ishlamoqda!
08 May, 2025   |   10 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:40
Quyosh
05:12
Peshin
12:25
Asr
17:20
Shom
19:31
Xufton
20:57
Bismillah
08 May, 2025, 10 Zulqa`da, 1446

Ramazon bu...

05.05.2018   79003   1 min.
Ramazon bu...

Ramazon istig‘for oyidir. Ya’ni, bu oyda farishtalar ro‘zadorlar uchun Allohdan mag‘firat talab qilishadi. Imom Ahmad “Musnad” kitobida keltirishicha, Rasuli akram (sollallohu alayhi va sallam) aytadilar: “Ramazon oyida Mening ummatim boshqa hech qaysi ummatlarga berilmagan beshta xislat bilan ne’matlandi: birinchisi, Ro‘zadorning og‘zidan kelayotgan hid Alloh taolo uchun mushk-anbardan ham yoqimliroqdir. Ikkinchisi, ular to og‘izlarini ochgunlaricha farishtalar ularning gunohlarini kechirishini Allohdan so‘rab turishadi. Uchinchisi, Ramazon oyi kirganida do‘zax eshiklari yopiladi, shaytonlar kishanlanadi. (To‘rtinchisi,) Alloh taolo har kuni jannatni ziynatlaydi. So‘ngra: “Ey jannat, senga Mening ro‘zamni tutib qiynalgan solih bandalarim kirib rohatlanishlari uchun ziynatlan va bezaklaringni chiroyli qil!” deb buyuradi. (Beshinchisi, Ramazon oyining) oxirgi kechasida u(ro‘zador)larning gunohlari kechiriladi. (Sahobalar): “Yo Rasululloh, u Qadr kechasimi?” deb so‘rashganida, u zot (alayhissalom): “Yo‘q, lekin ishchi qilayotgan ishi bitganida unga haqini beriladi”, deb marhamat qildilar”. Ya’ni, u kecha Qadr kechasi emas, ammo xuddi birovga bir ish buyurilganida u o‘sha ishni bitirgach, haqini o‘talgani kabi, Ramazon oyi tugashi bilan Alloh taolo ro‘zador bandalariga haqlarini beradi – ularning gunohlarini kechiradi.

 

“Rahmat oyi ramazon” kitobidan

Ramazon
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar davom etyapti

07.05.2025   1013   1 min.
Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar davom etyapti


 

Bugun, 6 may kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Zayniddin domla Eshonqulov boshchiligida Toshkent viloyatining Piskent tumani “Piskent” jome masjidida amaliy tadbir o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston musulmonlari idorasi mutaxassislari, Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Doniyor domla Ikromov va vakillik xodimlari, viloyat tuman va shaharlarining bosh imom-xatiblari hamda otinoyilari, shuningdek, “Haj-2024” ziyoratchilari, mahallalar raislari ishtirok etdi.  
 

Yig‘ilishda imom-xatib hamda otinoyilarning “Haj – 2024” ziyoratchilarini ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga faol jalb etish ishiga ko‘maklashish, tumandagi masjidlar faoliyati o‘rganish, peshin namozida masjidlarda dolzarb mavzuda ma’ruza qilish kabi masalalar muhokama qilindi.


Shu maqsadda Ishchi guruh a’zolari Piskent tumanining masjidlari hamda 20 ta mahallasiga biriktirilib, xonadonlarga kirilib, turli yo‘nalishlar bo‘yicha suhbatlar o‘tkazildi.  


Xususan, imom-xatiblar 100 ta oilaga, otinoyilar 14 ta oilaga, umumiy hisobda 114 ta oilaga kirib, ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot hamda amaliy yordam tadbirlari olib bordilar.


Shuningdek, er-xotin, aka-uka, ota-bola, qaynona-kelin, o‘rtasidagi kelishmovchilik va janjallar sababli notinch bo‘lib turgan oilalar o‘rganilib, ularga nasihat qilindi. Notinchlik sabablarini bartaraf etish, arazlashganlarni yarashtirish choralari ko‘rildi. Oilaviy ajrimlarning oldini olishga harakat qilindi. Shuningdek, nogiron va kasalmand fuqarolar yashaydigan oilalarga kirilib, ulardan ko‘ngil so‘raldi. 


Tadbir so‘ngida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, Piskent tumanida masjidlardagi kamchiliklarni bartaraf etish, imom-xatiblarning ma’naviy-ma’rifiy hamda masjid boshqaruvidagi faoliyatida kuzatilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

 

Toshkent viloyati vakilligi 
Matbuot xizmati

Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar davom etyapti Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar davom etyapti Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar davom etyapti Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar davom etyapti Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar davom etyapti Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar davom etyapti Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar davom etyapti Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar davom etyapti Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar davom etyapti Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar davom etyapti Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar davom etyapti Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar davom etyapti Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar davom etyapti
MAQOLA