Sayt test holatida ishlamoqda!
04 Avgust, 2025   |   10 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:49
Quyosh
05:21
Peshin
12:34
Asr
17:30
Shom
19:41
Xufton
21:05
Bismillah
04 Avgust, 2025, 10 Safar, 1447

Mualliflar kitoblarni nega qo‘rqinchli nomlamoqda?

04.05.2018   3264   2 min.
Mualliflar kitoblarni nega qo‘rqinchli nomlamoqda?
Bugun kitob do‘konlarida qora va rangdor tusdagi, nomi esa tashqi ko‘rinishidan ham qo‘rqinchli kitoblar to‘lib ketdi.
Farzand dunyoga kelar ekan, ota-ona unga barkamol unib-o‘ssin, nomiga monand atrofdagilariga yaxshiliklar ulashsin, deya nafis ismlar qo‘yishadi. Ijodkorning ham bir asar yaratishini xuddi ota-onaga mezgash mumkin. Bilaks, bugun kitob do‘konlarida qora va rangdor tusdagi, nomi esa tashqi ko‘rinishidan ham qo‘rqinchli kitoblar to‘lib ketdi. Shu o‘rinda bir savol tug‘iladi. Nega ijodkorlar o‘z “farzand”larini qo‘rqinchli nomlamoqda? 
 
Masalan, Nuriddin Ismoilovning “Iblis saltanati”, “Mafiya sardori”, Nabijon Hoshimovning “Yovvoyi qiz”, Ilhom Zoirning “Ajal piramidasi”, Bahodir Xudoberganovning “Qo‘ynimdagi qotil”, Azamat Qorjovovning “Marhum kelinning xiyonati”, “Zindonband qiz nolasi”, “Qil ustidagi taqdir”, “Go‘r qizi” nomli ko‘plab asarlarga duch kelamiz.

Kitob mutolaasiga keng e’tibor berilayotgan sharoitda ular soni, turi va xillari ham ko‘payib ketdi. Mana yigirma-o‘ttiz yildirki, kitobxonlar orasida detektiv asarlarni o‘qish avj olgan. Aslida, kitobning yomoni bo‘lmaydi. Ammo ruhiyatga, qalbga salbiy ta’sir etadiganlari uchraydi.
 
Asar yaxshi bo‘lsa, hech qanday yaltiroq va jimjimador nomsiz ham o‘z o‘quvchisini topadi. Bugungi kunda detektiv asarlar shiddat bilan o‘quvchilar orasida ommalashyapti. Aslida, o‘quvchini majburlab bo‘lsa ham kitob o‘qitish savob ish. Ammo bu xildagi asarlar qay darajada kitobxon salohiyati o‘sishida ahamiyat kasb etayapti? Badiiy adabiyot bo‘stoniga qanchalar foydasi tegmoqda? Balki, faqat nomigina ularning ko‘p o‘qilish reytingini saqlab turgandir. Qaydam, asrlar o‘tib ham so‘zning sehri tufayli o‘quvchilar qalbiga yo‘l topib boradimi, yo‘qmi buni vaqt ko‘rsatadi. Ammo kitobni bu darajada qo‘rqinchli va qo‘pol nomlamaslik kerak nazarimda. 
 
To‘g‘ri, milliy dostonchiligimizda “Go‘ro‘g‘li”, yigirmanchi asr adabiyotimizda esa “Dahshat” va “Jinlar bazmi” nomli mashhur asarlar bor. Vaqtlar o‘tib ham ushbular badiiy did va saviyasi balandligi tufayli adabiyotimizda saqlanib, o‘z o‘quvchisini yo‘qotmadi. Ammo bugun mo‘may pul ishlab olish maqsadida chiqarilayotgan ayrim kitoblarni ertaga kitobxon o‘qimasligi ham mumkin. 
 
Unutmaylik, asrlar o‘tsa ham kitob insonni ma’rifatga yetaklaydigan yagona yo‘l bo‘lib qoladi.

Dilobar Asliddin qizi, 
O‘zMU magistranti.
 
 
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

“Qul huva Allohu ahad”ni ko‘p o‘qiganlar

01.08.2025   6120   1 min.
“Qul huva Allohu ahad”ni ko‘p o‘qiganlar

Ma’ruf ibn Fayruz al-Karxiy rahimahulloh aytadilar:

“Dunyo to‘rt narsadan iborat: mol, so‘z, uyqu va taom. Mol tug‘yonga olib boradi, so‘z adashtiradi, uyqu esdan chiqaradi, taom shahvatga yetaklaydi”.


“Solihlar ko‘p, lekin ular ichida siddiqlar kam”.


“Alloh kimga yaxshilikni istasa, unga amal eshigini ochib, tortishish eshigini yopadi. Agar yomonlik istasa, amal eshigini yopib, tortishish eshigini ochadi”.


“Allohga tavakkul qil, toki U sening ustozing va shikoyat qiladigan Zoting bo‘lsin. Chunki insonlardan naf yo‘q”.


“Ko‘zlaringizni tiying, hatto urg‘ochi qo‘ydan ham”.


“Saxiylik — muhtoj paytda muhtoj narsani boshqa birovga berishdir”.


“Tungi ibodat mo‘min uchun qiyomat kunida nur bo‘lib, o‘ngu so‘lini yoritadi. Kunduzgi nafl ro‘za esa, bandani do‘zaxning issig‘idan uzoqlashtiradi”.


“Qiyomat kunida bir nido qilguvchi: “Ey Allohni madh qilganlar turinglar”, deb nido qiladi. Shunda, “Qul huva Allohu ahad”ni ko‘p o‘qiganlar turishadi”.


“Avliyolarning alomati nima?” — deb so‘rashdi. “Alomatlari uchtadir: Alloh uchun g‘am chekadi, Alloh bilan mashg‘ul bo‘ladi va Alloh tomonga qochishadi”.


Dovud Toiyning do‘stlaridan biri menga: “Amalni tashlama. U seni Robbingning roziligiga yaqinlashtiradi”, dedi. Men undan: “Qaysi amalni?” deb so‘radim. U: “Robbingga doimiy itoat, musulmonlarga xizmat va ularga nasixat dedi.
 

Homidjon qori ISHMATBЕKOV