Saudiya Arabistonining “AMMONNEWS.net” elektron nashri O'zbekistonning boy sayyohlik imkoniyatlariga bag'ishlangan maqola e'lon qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“Tanmiah Press” gazetasi muxbiri Abdulhamid Al'-Kubbiy o'z maqolasida saudiyalik gazetxonlarni mamlakatimizning turizm yo'nalishidagi keng imkoniyatlari bilan yaqindan tanishtiradi.
“O'zbekiston turizm maqsadida borishni orzu qilganlar uchun o'ziga xos sayyohlik yo'nalishlaridan biridir. Bu mamlakat ilm-fan va bilimlarga boy tarixga ega. Tabiiy go'zallik va ajoyib muhitni o'zida mujassam etgan ushbu maftunkor diyor bilan cheksiz zavqlanish mumkin.
Darhaqiqat, O'zbekiston noyob sayyohlik maskanlariga ega. Bugunga qadar xorijlik mehmonlarga unutilmas taassurotlar ulashib kelayotgan tarixiy va madaniy meros yodgorliklaru, ko'hna arxeologik obidalar, bularning barchasi mamlakatning o'ziga xosligini yorqin namoyon etadi. Turizm sohasida erishilgan ulkan yutuqlar, O'zbekistonning ertangi kuni porloq ekanidan darak bermoqda”, deb yozadi muallif.
Maqolada Toshkent, Samarqand, Buxoro, Horazm va Shahrisabz shaharlarining diqqatga sazovor joylari to'g'risida batafsil ma'lumot berilgan.
O'zbekiston hukumatining sohaga qaratayotgan e'tibori va tegishli infratuzilmaning yaratilgani sharofati bilan mamlakatda turizm tobora rivojlanib borayotgani, bu esa uni targ'ib qilish va sayyohlarni yanada ko'proq jalb etishga xizmat qilayotgani alohida urg'ulangan.
“O'zbekiston aholisi mehmonlar va sayyohlar uchun barcha imkoniyatlarni ishga solgan holda, ularga o'z san'ati va mehmondo'stligini namoyish etadi. Bularning barchasi yuksak tamaddun maqomidagi merosxo'r bo'lmish, mehmonu sayyohlarda katta qiziqish uyg'otayotgan, zamon bilan hamnafas yashab kelayotgan o'zbek xalqi qalbidan chuqur joy olgan”, - deya yakunlanadi Saudiya Arabistoni elektron nashrida chiqqan maqola.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Sergeli tuman hokimligi hamda Ma’rifiy targ‘ibot markazi hamkorligida Sergeli tumanidagi 104-maktabda "Xo‘ja Alambardor" jome masjidi imom-xatibi Ustoz Rahimberdi domla Rahmonov ishtirokida "Qipchoq" va "Saxovat" MFYda istiqomat qiluvchi ota-onalar va aholi vakillari bilan ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida jaholatning jamiyat rivojiga yetkazadigan salbiy oqibatlari, ilm-ma’rifatning esa inson hayoti va jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni haqida atroflicha so‘z yuritildi. Islom dinining asl insonparvarlik tamoyillari, ilm va adolatga chaqiruvchi mohiyati haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, ota-onaga hurmat va ularga xizmat qilishning fazilati, farzand tarbiyasidagi ma’rifat va Vatanga sadoqat ruhini shakllantirishning ahamiyati alohida ta’kidlandi.
Tadbir so‘ngida aholi tomonidan berilgan savollarga javoblar berildi.
t.me/marifiymarkaz