Joriy yilning 21-24 aprel kunlari o‘tkazilgan erkaklar o‘rtasida o‘tgan "O‘zbekiston Qur’on musobaqasi-2018" Hifz yo‘nalishi 26-40 yoshlilar o‘rtasida andijonlik Ubaydulloh qori Is'hoqov g‘olib bo‘lgan edi.
Bugun, 27 aprel kuni Andijon shahridagi “Devonaboy” jome’ masjidida Qur’on hofizini taqdirlash marosimi Juma namozidan oldin bo‘lib o‘tdi.
Taqdirlash marosimiga Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov ham ishtirok etgan. Viloyat hokimi g‘olibni qutlar ekan, qorini musobaqaga kuzata turib, agar g‘olib bo‘lib qaytsa yengil avtomobil va’da qilganini eslab o‘tdi va avtomobil kalitini Allohning kalomining hofiziga topshirgan. Shuningdek tadbirda Ubaydulloh qori Is'hoqovning otasi haqida ham iliq so‘zlar aytilib, zarbof to‘n kiydirilgan.
O‘MI Matbuot xizmati
Qiyomat kuni ikki kishiga Alloh taolo rahmat nazari bilan qaramaydi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam bunday marhamat qilganlar: “Alloh taolo qiyomat kuni ikki kishiga rahmat nazari bilan qaramaydi. Ulardan biri qarindosh-urug‘i bilan aloqalarini uzgan kishi bo‘lsa, ikkinchisi yomon qo‘shnidir”.
Shunday ekan, kim Allohning nazaridan umidvor bo‘lsa, silai-rahmni uzmasligi, qo‘ni-qo‘shnilar bilan yaxshi qo‘shnichilik qilishi lozim.
Alloh taolo barchamizni O‘zining rahmatiga sazavor aylasin!
Ruhiddin Akbarov,
O‘MIning Qashqadaryo viloyat vakilligi xodimi