Kecha, 25 aprel kuni Qozog‘iston musulmonlari idorasining raisi, Bosh mufti Serikbay hoji O‘raz tashabbusi bilan Olmaota Markaziy masjidida Qur’on hofizlari o‘rtasida VII Respublika tanlovi boshlandi. Bu haqda QMI matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Ushbu musobaqada Qozog‘istonning 17 hududidan kelgan 63 qori va qoriyalar «To‘liq hifz», «20 juz», «10 juz» va «Tilovat» yo‘nalishi bo‘yicha musobaqalashadilar.
Musobaqaning mutlaq g‘olibiga yengil avtomobil topshirilishi ko‘zda tutilgan. Qolgan g‘olib va sovrindorlarga pul mukofoti berilishi ma’lum qilindi.
Tanlov g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi «Alatau» majmuasida bugun (26 aprel kuni) bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
O‘MI Matbuot xizmati
Baroat kechasi: rizqlar taqsimlanadi, qismatlar belgilanadi, gunohlar mag‘firat etiladi
Eslatma! Bu yilgi baroat kechasi 13 fevral payshanba kunidan 14 fevral jumaga o‘tar kechasiga to‘g‘ri kelmoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati