Kecha, 25 aprel kuni Qozog‘iston musulmonlari idorasining raisi, Bosh mufti Serikbay hoji O‘raz tashabbusi bilan Olmaota Markaziy masjidida Qur’on hofizlari o‘rtasida VII Respublika tanlovi boshlandi. Bu haqda QMI matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Ushbu musobaqada Qozog‘istonning 17 hududidan kelgan 63 qori va qoriyalar «To‘liq hifz», «20 juz», «10 juz» va «Tilovat» yo‘nalishi bo‘yicha musobaqalashadilar.
Musobaqaning mutlaq g‘olibiga yengil avtomobil topshirilishi ko‘zda tutilgan. Qolgan g‘olib va sovrindorlarga pul mukofoti berilishi ma’lum qilindi.
Tanlov g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi «Alatau» majmuasida bugun (26 aprel kuni) bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
O‘MI Matbuot xizmati
Hadis ilmi maktabining axborot-resurs markazi saxovatpesha homiylar tomonidan hadya qilingan kitoblar hisobidan boyib bormoqda.
Jumladan, yaqin kunlarda kutubxonaga 147 ta yangi kitob olib kelindi. Ular orasida "Fayzul-Furqon (Qur’oni karim ma’nolarining izohli tarjimasi)", "Qur’oni karim qissalari va komil inson tarbiyasi", "Sahihi Buxoriy sharhi 4-jild", "Ubaydulloh ibn Mas’ud sadrush shari’a va uning “Sharhul Viqoya” asari (tahorat kitobi)", "Birrul Validayn (ota-onaga yaxshilik qilish)", "Diniy soha xodimlarining kasb etikasi" kabi turli mavzularni qamragan kitoblar maktabga ehson qilindi.
Shuningdek, Hadis ilmi maktabi xodimi Fozil Tilovatovning muallifligida va tarjimasi bilan nashr qilingan "Horun Ar-Rashidning so‘ngi vasiyati", "Hello Amerika", "Salohiddin sahro burguti", "Onamning duosi", "Qorqizlarning qotilligi" kabi kitoblar ham shu xodim tomonidan maktabga hadya qilindi.
Shu munosabat bilan talabalar ishtirokida kutubxonada mazkur kitoblar ko‘rgazmasi o‘tkazildi.
Tadbirda har bir kitob haqida ma’lumotlar berildi va ularning mazmunan muhimligi xususida so‘z yuritildi.
Bu tadbir talabalarning ilmiy qiziqishini yanada kuchaytirishga va ularning ma’naviy taraqqiyotiga hissa qo‘shishga xizmat qildi.
Muhaddis.uz