25 may kuni Singapurda Butunjahon halol turizmi xalqaro anjumani ochildi.
1 iyuniga qadar bo'lib o'tadigan mazkur anjumanda turizm sohasidagi 50 dan ortiq mutaxassis va faollar halol turizmni rivojlantirishning imkoniyatlari va vazifalari haqidagi ma'ruza bilan qatnashmoqda.
Anjuman davomida turizmni barqaror rivojlantirish, “Kovid-19” pandemiyasining turizm sanoatiga ta'siri, halol turizm uchun rivojlanayotgan yo'nalishlar, musulmon ayollarning sayohat tajribasi va shu kabi mavzularda seminarlar o'tkazilmoqda.
Shuningdek, tadbir yakunida halol turizm sohasida faol va musulmonlar orasida mashhur bo'lgan mehmonxonalar va restoranlar taqdirlanishi kutilmoqda.
O'MI Matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Sergeli tuman hokimligi hamda Ma’rifiy targ‘ibot markazi hamkorligida Sergeli tumanidagi 104-maktabda "Xo‘ja Alambardor" jome masjidi imom-xatibi Ustoz Rahimberdi domla Rahmonov ishtirokida "Qipchoq" va "Saxovat" MFYda istiqomat qiluvchi ota-onalar va aholi vakillari bilan ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida jaholatning jamiyat rivojiga yetkazadigan salbiy oqibatlari, ilm-ma’rifatning esa inson hayoti va jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni haqida atroflicha so‘z yuritildi. Islom dinining asl insonparvarlik tamoyillari, ilm va adolatga chaqiruvchi mohiyati haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, ota-onaga hurmat va ularga xizmat qilishning fazilati, farzand tarbiyasidagi ma’rifat va Vatanga sadoqat ruhini shakllantirishning ahamiyati alohida ta’kidlandi.
Tadbir so‘ngida aholi tomonidan berilgan savollarga javoblar berildi.
t.me/marifiymarkaz