"Nuh kemasi" nomli hujjatli filmni suratga olgan Jem Sertesenning aytishicha, Turkiyaning Doguboyazit viloyatidagi Agri tog‘ida Nuh payg‘ambarning kemasiga tegishli bo‘lgan korpus izlari topilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, georadarlar yordamida bir necha kun olib borilgan suratga olish ishlari davomida kema korpusining izlari topilgan. Bu haqda "Anadolu" axborot agentligi xabar berdi.
Jem Sertesen 23 yil davomida butun dunyo ahlini qiziqtiruvchi Nuh payg‘ambar kemasini qidirish bilan shug‘ullangan va ushbu izlanishlar natijasida hujjatli filmni suratga oldi.
"Nuh kemasi Ilhan Dupurinar tomonidan ochilgan. Ara Guler - kemani suratga olgan birinchi suratkash. 1985 yilda esa Solih Bayraktutan dastlabki ilmiy tadqiqot olib borgan olimdir. Georadar yordamida suratlar olingan, ular Agri tog‘larida kema korpusi borligini tasdiqlamoqda. Ushbu hududda arxeologik qazish ishlarini olib borish zarurligi bo‘yicha ma’ruza tayyorlandi" - dedi rejissyor jurnalistlarga.
O‘MI Matbuot xizmati
Ayol-qizlarning har tomonlama bilim egallashi har bir davrda dolzarb hisoblangan. Zero, ular ertaning egalari bo‘lgan kelajak avlodning tarbiyachilaridir.
Shahrimizdagi "Xadichai Kubro" ayol-qizlar o‘rta maxsus islom bilim yurti bugungi kunda muhim ahamiyatga ega dargoh hisoblanadi.
Bugun, 15-may Toshkent shahar bosh imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov «Xadichai Kubro» ayol-qizlar o‘rta maxsus islom bilim yurtiga tashrif buyurib, ilm olayotgan qizlar bilan samimiy muloqot olib bordilar.
Tadbir yakunida islom bilim yurti uchun konditsioner va elektrodoska taqdim etildi. Yaxshi tilaklar va xayrli duolar bilan uchrashuv yakunlandi.
MuslimShosh.uz