Avval xabar berganimizdek, 19 aprel kuni yurtimiz qori va qoriyalari 35-Xalqaro Qur’oni karim musobaqasida ishtirok etish uchun Tehron shahriga jo‘nab ketgan edilar.
20-26 aprel kunlari Eron Islom Respublikasining Vaqf va xayriya ishlari tashkiloti tomonidan tashkil etilgan musobaqada institutimiz 4-kurs talabasi Tuyg‘un Ibrohim qori ertaga o‘z ishtirokini boshlaydi. Ma’lumotlarga ko‘ra, musobaqa ijtimoiy tamoqlar orqali onlayn uzatilmayapti. Tadbir o‘tkazilayotgan Namozgoh binosiga o‘rnatilgan ko‘chma studiya mahalliy tele va radio kanallarda musobaqa jarayonlarini uzatib bormoqda.
Xabaringiz bor, ayni shu kunlarda Toshkentda «O‘zbekiston Qur’on musobaqasi-2018» respublika bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. Final bosqichining 3-kuni bugun 23 aprelda Toshkent islom instituti talabalari Yo‘ldoshboy Nuriddinov, Muhammadhojimirzo Saydaliyev, Hamidulloh Najmiddinov va Muhammadyusuf Abdurahmonov chiqish qiladilar.
Eslatib o‘tamiz, ushbu musobaqada «Oliy mukofot» o‘rni joriy qilingan bo‘lib, g‘olibga Prezident sovg‘asi taqdim etiladi.
Manba: http://islaminstitut.uz
O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasidan yuzasi arab yozuvidagi oyat, hadis va hikmatlar bilan ziynatlangan buyumlar mulyaji ham o‘rin olishi rejalashtirilgan. Jumladan, Markaz ekspozitsiyasidan joy olishi kutilayotgan X asrga oid "Allohdan boshqa iloh yo‘q” yozuvi tushirilgan ko‘za Somoniylar sulolasi davriga mansub artefakt hisoblanadi.
Islom dini Markaziy Osiyoga tarqalgandan keyin xattotlik san’ati shakllanib rivojlandi. Rassomlik o‘rniga xattotlik san’atiga ko‘proq e’tibor berildi. Buyumlar yuzasiga hikmatli so‘zlarni yozish urfga aylandi va arab yozuvi boshqa omillar qatorida Islom sivilizatsiyasi shakllanishiga turtki berdi.
Islom sivilizatsiyasi markazi
Axborot xizmati