Abbos ibn Abdulmuttolib roziyallohu anhuning nasablari Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning nasablarining o‘zi. Abbos rohiyallohu anhu Abdulmuttolibning kichkina o‘g‘illaridan biri hisoblanadi.
Abbos roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning amakilari bo‘lish bilan birga, u kishidan ikki-uch yoshgina katta bo‘lganlar xolos. Abbos ibn Abdulmuttolib juda ham chiroyli, ko‘rkam va oppoq odam edilar. Kunyalari Abulfazl edi.
Hijriy 32-sanada Rajab oyining o‘n ikkinchisida Madinaning Avoliy dahasida sakson sakkiz yoshlarida vafot etdilar. U kishining janozalarini Usmon ibn Affon roziyallohu anhu o‘qidilar.
Orif AHMЕDOV
Sirdaryo viloyati vakilligi xodimi
O‘MI Matbuot xizmati
Cavol: Kollejda o‘qib yurgan vaqtlarimda ba’zan avtobusdan yo‘lkirani bermasdan tushib ketardim. Bu ishning og‘ir gunoh ekanini anglab yetdim. Buni qanday to‘g‘rilasam bo‘ladi? Taxminiy hisoblab, sadaqa qilsam bo‘ladimi?
Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Siz bu ishingiz uchun avvalo istig‘for aytib, tavba qilasiz. To‘lamagan yo‘lkiralaringizni taxminiy hisoblaysiz hamda o‘zingiz foydalangan avtobuslar boshqarmasidan yo‘lkiralar to‘lanadigan hisob raqamlari bo‘lsa, qarzlaringizni shunga o‘tkazib qo‘yasiz va shu bilan zimmangizdagi yukdan qutilasiz, inshaalloh. Agar ularda bunday imkoniyat bo‘lmasa, sadaqa qilib yuborasiz.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.