Sayt test holatida ishlamoqda!
28 Aprel, 2025   |   30 Shavvol, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:57
Quyosh
05:25
Peshin
12:26
Asr
17:14
Shom
19:20
Xufton
20:42
Bismillah
28 Aprel, 2025, 30 Shavvol, 1446

Jamoatga kechikib qo'shilganda sano duosi o'qiladimi?

22.01.2024   1216   2 min.
Jamoatga kechikib qo'shilganda sano duosi o'qiladimi?

Cavol: Ba'zi vaqtlarda jamoatga kechikib kelib, takbir aytib, jamoatga qo'shilamiz. Shu holatda sanoni o'qiymizmi?

Javob: Bismillahir rohmanir rohiym.

Jamoat namoziga kech qolib qo'shilgan kishi agar imom jahriy qiroat qilayotgan paytda qo'shilsa, sanoni o'qimasdan sukut qilib turadi. Imom namozni tugatib salom bergandan so'ng imom bilan birga o'qiy olmagan rakatlarni o'qigani turganda sanoni o'qiydi.

Agar imom maxfiy qiroat qilayotgan bo'lsa, takbiri tahrimadan so'ng sanoni o'qiydi.

Agar birinchi rakatni topsa, lekin imom qiroatni boshlagan bo'lsa, sanoni o'qimay, jim turadi. Chunki sanoni o'qish sunnat, imomning qiroatiga quloq solish vojib sanaladi. Bu haqida “Fatovoi olamgiriya”da quyidagi ma'lumotlar keltirilgan: “Namozga kechikib kelgan shaxsga oid hukmlardan yana biri shuki, namozxon imom jahriy qiroat qilayotgan vaqtda qo'shilsa, sanoni o'qimaydi. Mazkur muqtadiy imomga yaqin yoki uzoqda bo'lsa ham, yoki imomning qiroatini eshitmaydigan kar bo'lsa ham sanoni o'qimay, jim turadi. Imom salom bergandan keyin ulgurmagan rakatlarini o'qish uchun turganda sanoni o'qib, ortidan a'uzuni aytadi.

Maxfiy qiroat qilinadigan namozlarda shunday holat bo'lib qolsa, iqtido qilgan rakatida sanoni o'qiydi.

Kishi birinchi rakatni topsa-yu, ammo imom fotihani o'qishni boshlagan bo'lsa, jim turadi.

Imomni ruku qilayotgan yoki sajda qilayotgan holda topsa qaraydi, agar sanoni o'qib ruku yoki sajdaga ulgura olishiga ko'zi etsa, tik turgan holda sanoni o'qiydi (keyin imomga iqtido qiladi). Agar ulgurishiga ko'zi etmasa sanoni o'qimasdan imomga iqtido qiladi.

Agar imomni qa'dada topsa, sanoni o'qimaydi, balki namozga kirishish uchun takbir aytadi, so'ngra egilish uchun takbir aytadi, so'ngra qa'daga o'tiradi. “Bahrur roiq”da shunday kelgan”.

Vallohu a'lam.

O'zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi.

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Namangan viloyatidagi diniy soha xodimlar bilan uchrashuv

28.04.2025   1015   1 min.
Namangan viloyatidagi diniy soha xodimlar bilan uchrashuv

Namangan viloyatida faoliyat yuritayotgan imom-noiblar uchun yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. 

Yig‘ilishda taraqqiyotimizning yangi davrida diniy sohada juda katta islohotlar amalga oshirilayotgani, o‘z navbatida imomlik sharafli va mas’uliyatli vazifa ekani, mahallalarda fuqarolar bilan muntazam ishlashlik va yot g‘oyalar ta’siriga berilmaslik, ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlar imkoniyatidan oqilona foydalanish, unda ayrim dinni niqob qilib olgan kimsalar tomonidan targ‘ib etilayotgan mazhabsizlik, radikalizm va boshqa ekstremistik g‘oyalardan o‘zimizni va farzandlarimizni himoyalash, oilalar mustahkamligini ta’minlash,  bugungi kun imomi zamonga ziyraklik, teran fikr bilan qarashi, o‘zining ustida muntazam ishlashi va mo‘min-musulmonlarning ma’naviy-ma’rifiy sohada ehtiyojlarini qondirish uchun doimo izlanib, xizmat qilishlariga alohida o‘rg‘u berildi. 

Uchrashuv mobaynida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita mas’ul xodimi Olimjon Jo‘rayev to‘g‘ri yo‘ldan adashganlar qismatini o‘z hayotiy misollari va yoshlarda yot g‘oyalarga qarshi immunitetini shakillantirishning muhim jihatlari haqida ta’sirli suhbat qilib berdi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Namangan viloyati vakilligi Matbuot xizmati

Namangan viloyatidagi diniy soha xodimlar bilan uchrashuv Namangan viloyatidagi diniy soha xodimlar bilan uchrashuv Namangan viloyatidagi diniy soha xodimlar bilan uchrashuv Namangan viloyatidagi diniy soha xodimlar bilan uchrashuv Namangan viloyatidagi diniy soha xodimlar bilan uchrashuv Namangan viloyatidagi diniy soha xodimlar bilan uchrashuv Namangan viloyatidagi diniy soha xodimlar bilan uchrashuv Namangan viloyatidagi diniy soha xodimlar bilan uchrashuv
MAQOLA