Din ishlari bo‘yicha qo‘mita rahbariyatida o‘zgarishlar bo‘ldi
18.04.2018
3893
1 min.
Ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitada yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.
Unda tashkiliy masalalar ham ko‘rib chiqildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi etib Jasur Akromov tayinlandi.
Shuningdek , rais o‘rinbosarlari tarkibida ham o‘zgarishlar bo‘ldi. Muzaffar Komilov hamda Nurman Abdulxasan Qo‘mita raisi o‘rinbosari etib tayinlandi.
Eslatib o‘tamiz, shu davrgacha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi vazifasida O.Yusupov faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Tadbirning batafsil tafsilotlarini saytimizda e’lon qilamiz...
MА`LUMOTNI IJTIMOIY TАRMOQLАRDА ULАSHING