Ko‘pchilik manbalarda yozilishicha Xonduras davlati Amerika qit’asida joylashgan cherkovlar mamlakati hisoblanadi.
Mamlakatning ahamiyati jihatdan ikkinchi yirik shahri bo‘lgan San Pedro Sulada gumbazi tillarangda jilvalanuvchi gumbazli masjidga ko‘zingiz tushadi. Ushbu masjid Xondurasdagi ikki masjiddan biri bo‘lib, San Pedro Suladagi yagona masjid hisoblanadi.
Masjid imomining aytishicha, Xondurasda 1,5 ming musulmon istiqomat qiladi. Ayrim manbaalarda bu raqam 11 ming nafar deya keltirilgan.
Xondurasdagi musulmonlar tarixi arablarning Lotin Amerikasiga ko‘chishi bilan bog‘lanadi.
O‘MI Matbuot xizmati
Cavol: Dallollik kasbi joizmi? Agar joiz bo‘lsa, dallol ikki tomondan haq olsa bo‘ladimi?
Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Dallol gohida sotuvchi tarafidan, gohida oluvchi tarafidan, gohida esa ikkisi tarafidan ham vakil bo‘ladi. Agar dallol yolg‘on, firib, aldov qilmasdan faoliyat yuritsa, bu uchun haq olishi joiz hisoblanadi.
Dallolning haq olishi va uning qaysi tomondan bo‘lishi urf-odatga ko‘ra bo‘ladi. Urfda sotuvchi, yoki xaridor, yo har ikki tomon dallol haqqini beradigan bo‘lsa, shundan kelib chiqib ish faoliyatini yuritishi joiz hisoblanadi ("Durarul hukkam" kitobi). Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.