Xadim Xusayn Rivzining ma’lum qilishicha, Panjob ma’muriyati ovoz kuchaytirgichlar orqali masjidlarda a’zon aytilishiga ruxsat bergan. Bu haqda "dailypakistan.com.pk" nashri xabar berdi.
Provinsiyadagi masjidlarda ovoz kuchaytirgichlar avvallari faqatgina masjid ichida foydalanilgan, endilikda esa ulardan masjid tashqarisida ham foydalanish imkoniyati berildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ovoz kuchaytirgichlar bilan bog‘liq amaliyot ekstermizm va terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha Milliy harakat rejasining bir qismi sifatida amalga oshirilgani hukumat tomonidan ta’kidlangan.
Avvalroq, Panjobda masjidga ovoz kuchaytirgichlar o‘rnatganlik uchun jinoiy javobgarlik mavjud bo‘lgan. Bunda jamoat xavfsizligini buzish maqsad qilingani asos qilib ko‘rsatilgan.
O‘MI Matbuot xizmati
O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi Diniy idoraning Buxgalteriya bo‘limi mudiri o‘rinbosari Burxon Nazarovning padari buzrukvorlari Baxtiyor hoji otaning vafoti munosabati bilan chuqur ta’ziya izhor etadi.
Alloh taolo oxirat safariga kuzatilgan marhum otaxonning barcha solih amallarini o‘zlariga hamroh aylab, O‘z mag‘firatiga olsin.
Haq taolo marhumning yaqinlari, farzandu arjumandlariga chiroyli sabr berib, bu musibatlarga ajru mukofotlar ato etsin.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi, ulamolari, imom-domlalari va o‘qituvchi-mudarrislari nomidan marhum otaxonning yaqinlariga, xususan, Burxon Nazarovga hamdardlik bildiramiz.
Janoza namozi bugun peshin namozidan so‘ng poytaxtimizning Chilonzor tumanidagi "Katta Qozirobod" jome masjidida o‘qiladi.
Innaa lillaahi va innaa ilayhi roji’uun.
«Musibat yetganda “Albatta, biz Allohnikimiz va albatta, biz Unga qaytuvchimiz”, degan sabrlilarga xushxabar bering».
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Muslim.uz