Sayt test holatida ishlamoqda!
23 Dekabr, 2024   |   22 Jumadul soni, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:21
Quyosh
07:46
Peshin
12:27
Asr
15:17
Shom
17:01
Xufton
18:21
Bismillah
23 Dekabr, 2024, 22 Jumadul soni, 1446

“Qur’on mo‘jizasining yangi adabiy tadqiqotlari” anjumani

18.04.2018   2574   1 min.
“Qur’on mo‘jizasining yangi adabiy tadqiqotlari” anjumani

Iordaniya hoshimiylar qirolligidagi Tafiliya texnika universitetining (TTU) arab adabiyoti fakulteti tashabbusi bilan “Qur’on mo‘jizasining yangi adabiy tadqiqotlari” mavzuida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.

“Al-arab al-yavm” xabariga ko‘ra, anjumanni kirish so‘zi bilan ochgan TTU rektori Muhammad Xayr Xuroniy: "Universitet professorlari talabalar uchun ularni to‘g‘ri yo‘lga boshlovchi intellektual rahbarlar va boshqaruvchilar hisoblanadi, Qur’on qissalari esa ularga hayotiy saboq beradi  hamda fikr yuritishga undaydi”, degan.

Uch kun davom etgan  konferensiyada “Dialog madaniyati”, “Qur’oni karim qissalarida ayol timsoli”, “Qur’oni karim qissalari xususiyati”, “Qur’oni karim qissalarida ramz”  va  “Qur’oni karim tafsirlarida  Qur’on qissalari”  kabi mavzular o‘rganildi.

Iroq  universiteti professori Taha Keysi  mazkur forum olimlar va tadqiqotchilar bilan uchrashish uchun yaxshi imkoniyat bo‘lganini aytib, jumldan, shunday dedi: “Iordaniya universitetlari ilmiy konferensiyalar va seminarlar o‘tkazish uchun ko‘p ishlarni amalga oshirmoqda”.

Eslatib o‘tamiz, konferensiyada ekspertlar va olimlar ishtirokida diniy, ijtimoiy va siyosiy mavzular bo‘yicha ilmiy munozaralar o‘tkazildi.

 

  Xalqaro aloqalar bo‘limi

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Umar uning foydasiga hukm chiqardi

23.12.2024   350   2 min.
Umar uning foydasiga hukm chiqardi

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

Imom Molik Sa’id ibn Musayyibdan rivoyat qiladi:

«Bir musulmon va bir yahudiy xusumatlashib, Umar roziyallohu anhuning huzuriga kelishdi. Yahudiy haq bo‘lib chiqdi. Umar uning foydasiga hukm chiqardi. Shunda yahudiy unga:

«Allohga qasamki, haq ila hukm chiqarding», dedi.

«Sen qayerdan bilding?» dedi Umar, uni darra ila urib.

«Biz Tavrotda: «Qaysi qozi haq ila hukm chiqarsa, albatta, o‘ng tomonida bitta, chap tomonida bitta farishta uni quvvatlab turadi. Modomiki, u haqda ekan, ishini to‘g‘rilab ham turadilar. Qachon haqni tark qilsa, ular ham uni tark qilib, ko‘tariladilar», deyilganligini topamiz», dedi».

Umar ibn Xattob roziyallohu anhuning ilohiy adolat ummonidan suv ichgan adolatlarini ko‘rgandan keyin, undan bahramand bo‘lgandan keyin yahudiy ham erib ketib, musulmonlar xalifasini alqashga o‘tgan. U yahudiylarning boshqalardan berkitib yuradigan kitoblari, ya’ni Tavrotdagi haqiqatni Umar ibn Xattob roziyallohu anhuning hukmida ko‘rganligini e’tirof etgan.

Ha, hazrati Umar roziyallohu anhuning Islom jamiyati rahbari sifatida olib borgan ishlariga butun dunyo qoyil qolgan va haligacha qoyil qolib kelmoqda.

Umar ibn Xattob roziyallohu anhu bunga o‘xshash adolatli ishlarni tashviqot uchun qilmas edilar. Balki buni vazifa, Alloh taolo oldidagi burch, deb his etganlaridan qilar edilar. Kim bo‘lishidan qat’i nazar, har bir odam u kishi uchun Alloh taolo nozil qilgan shariat hukmi oldida barobar edi. Musulmonmi, zimmiymi yoki bosh­qami, hazrati Umar uchun baribir edi. Haq kim tarafda bo‘lsa, hukm o‘shaning foydasiga chiqarilar edi.

«Hadis va hayot» kitobining 23-juzidan olindi

Maqolalar