Avval xabar berganimizdek, musobaqaning Respublika bosqichi Toshkent shahri Talabalar shaharchasidagi “Yoshlar markazi”da 21-24 aprel kunlari (yigitlar) va 25-26 aprel kunlari (ayol-qizlar) o‘tkaziladi.
Musobaqa jarayonini onlayn namoyish etish uchun quyidagi manzillarda katta hajmdagi monitorlar o‘rnatiladi:
1. Nukus shahridagi “Imom Eshon Muhammad” jome masjidi
2. Andijon shahridagi “Devonaboy”
3. Kogon tumanidagi “Bahouddin Naqshband” yodgorlik majmuasi
4. Zomin tumanidagi “Ma’rifatli”
5. Navoiy shahridagi “Alisher Navoiy”
6. Namangan shahridagi “Yoshlar markazi” binosi
7. Samarqand tumanidagi “Imom A’zam”
8. Guliston shahridagi “Guliston”
9. Termiz shahridagi “Murch bobo”
10. Qarshi shahridagi “Ko‘kgumbaz”
11. Zangiota tumanidagi “Zangiota”
12. Farg‘ona shahridagi “Ummul quro”
13. Urganch shahridagi “Oxund bobo”
14. Toshkent shahrida to‘rt joyda tashkil etiladi.
14.1. Shayxontohur tumanidagi “Shayx Zayniddin”
14.2. Yunusobod tumanidagi “Minor”
14.3. Olmazor tumanidagi “Hazrati Imom”
14.4. Chilonzor tumanidagi “Navro‘z” davlat qabullar uyi
Onlayn uzatish 9:00 dan 18:00 ga qadar davom etishi belgilangan.
Bundan tashqari, musobaqani Muslim.uz portali hamda uning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida onlayn kuzatish imkoniyati yaratiladi.
Alloh amalga oshiradigan ishlarimizni xayrli qilsin! Yurtimizga Qur’on bayrami muborak bo‘lsin!
O‘MI Matbuot xizmati
Odatda har yili 31-dekabr sanasida shomdan keyin boshlangan paqildoq va salyutlar tovushi soat o'n ikkiga yaqin avjiga chiqib, tonggacha davom etadi. Ba‘zi insonlarning xursandchilik qilaman, degan niyatda solayotgan shovqinlari hammaga ham yoqmaydi.
Hech o‘ylab ko‘rganmisiz? Bu ovozu shovqinlar qanchalab xonadonlarning tinchini buzar ekanaa?!. Ba'zi uylarda qon bosimi baland bo‘lgan qariyalar, og'riqdan ko'ngliga qil ham sig‘mayotgan bemorlar, kunu tun betob bo‘lib yotgan farzandining tepasida mijja qoqmay chiqayotgan onalar, shovqindan qo'rqib tinmay yig‘layotgan go‘daklar tong otishi, shovqin-suronlar to‘xtashiga intizor bo‘ladilar. Kishilar tinchini buzayotganlarni uyida ham yuqoridaga aytgan holatlar bo'lganda shu ishni qilisharmidi?
Dinimizda boshqalarga tili va qo‘li bilan ozor yetkazishdan qaytarilgan. Islomda insonlarni qo'rqitish zulm hisoblanadi. Hadisi sharifda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Musulmon musulmonni qo'rqitishi halol bo‘lmaydi", deya marhamat qilganlar.
Yangi yil arafasida paqildoq va salyutlar narxi qancha qimmat bo'lishi hammamizga ma‘lum. Mana shu narsalarga pullarini isrof qilib, uni havoga uchirmay, ehson qilinsa, qanday ham yaxshi amal bo‘lardi.
Bularni nega yozayapmiz?! Iltimos, o'zingizning ozgina xursandchiligingizni, deb boshqalarga ozor bermang, bizni o‘z uyimizda tinch yashashga qo‘ying, o'zgalarga ozor berishni bas qiling!"
Joziba Jamol qizi,
Xadichai Kubro ayol-qizlar islom ta‘lim muassasasi o'qituvchisi