O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 1 sentyabrdagi O‘zbekiston Qur’oni karim musobaqasini tashkil etish bo‘yicha bildirgan takliflari asosida musobaqa yuqori darajada tashkil etildi.
Qur’on musobaqasining shukuhi yurtimizda kezmoqda. Barcha aholi va xorijlik musulmonlarning ixlos bilan kutib turganlari O‘zbekiston Qur’oni karim tilovati musobaqasining Respublika bosqichini o‘tkazilish sanasiga ham biroz vaqt qoldi.
Musobaqaning Respublika bosqichi Toshkent shahri Talabalar shaharchasidagi “Yoshlar markazi”da 21-24 aprel kunlari (yigitlar) va 25-26 aprel kunlari (ayol-qizlar) o‘tkaziladi.
Musobaqada ishtirok etuvchi qori va qoriyalar Toshkent shahridagi mehmonxonalarga joylashtiriladi.
Musobaqani o‘tkazishda jamoat tartibi, yong‘in va yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratiladi.
O‘MI Matbuot xizmati
Hadis ilmi maktabi qoshidagi "Qur’oni karim va tajvid" o‘quv kursida tahsil olgan 51-davra tinglovchilari uch oylik saboq olish mashg‘ulotlarini muvaffaqiyatli yakunladilar.
Shu munosabat bilan tinglovchilarga maxsus sertifikatlar topshirildi. Tadbirda Hadis ilmi maktabi mutasaddi rahbarlari ishtirok etib, tinglovchilarga Qur’on tilovati va ilm yo‘lida lozim bo‘ladigan muhim tavsiyalarini berishdi.
Shuningdek, "Ko‘kaldosh" o‘rta maxsus islom bilim yurti qoshidagi "Qur’oni karim va tajvid" o‘quv kursining navbatdagi 57-davra mashg‘ulotlari ham yakunlandi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati