Keramik plita ilk bor Bobilda qo‘llanilgan va Fors o‘lkasi bo‘ylab keng tarqalgan. Biroq plitadan VIII asrda Andalusiyada (hozirgi Ispaniya) arab-islom madaniyati gullab-yashnagan davrda keng foydalana boshlangan va Granadada (Algambaro) o‘rta asrlarning muhtasham me’moriy yodgorligi sifatida qad ko‘targan Nosiriddin saroyiga deyarli yuz foiz plita qoplangan. Ispanlar musulmonlar humronligiga barham berganidan so‘ng nasroniy qirollari musulmonlarning ajoyib ixtirolarini saqlab qolishga qaror qiladi. Tez orada ispanlar devorga plitka qoplash – binoga bezak solishning eng qulay yo‘li ekanini tushunib yetadi.
XVI yuzyillikda ispanlar Gollandiyani bosib oladi va mahalliy aholini kafel terishga o‘rgatadi. Kafel o‘sha yoqdan aylanib Rossiyaga kirib keladi va bu yerda “golland plitasi” deb ataladi.
O‘MI Matbuot xizmati
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati