Sayt test holatida ishlamoqda!
22 Dekabr, 2024   |   21 Jumadul soni, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:20
Quyosh
07:46
Peshin
12:27
Asr
15:17
Shom
17:01
Xufton
18:21
Bismillah
22 Dekabr, 2024, 21 Jumadul soni, 1446

Kasallik va shifo Allohning borligiga moddiy dalildir

15.04.2018   4295   2 min.
Kasallik va shifo Allohning borligiga moddiy dalildir

Alloh taolo Qur’oni Karimda shunday degan:

وَإِذَا مَرِضْتُ فَهُوَ يَشْفِينِ

“Bemor bo‘lganimda menga shifo beradigan ham Uning O‘zi” (Shuaro surasi, 80-oyat).

Ba’zi odamlar “Tabib shifo berdi, tuzatdi” deyishadi. Bu noto‘g‘ri. Lekin haqiqat – shifo Yolg‘iz Allohning qo‘lidadir. Tabib muolaja qiladi, xolos. Gohida bemor tabibning qo‘lida shifo topadi. Gohida tabib muolajada xatoga yo‘l qo‘yadi va bemorning o‘limiga sabab bo‘ladi.

Alloh subhanahu va taolo har bir kasallikning shifosini yaratgan. Shuning uchun ba’zida yangi ish boshlagan yosh tabib o‘zini turli katta tabiblarga ko‘rsatgan, tabiblar uning kasalligiga to‘g‘ri tashxis qo‘yolmagan bemorga to‘g‘ri retsept yozib beradi. Mana shunday paytlarda odamlar hayron bo‘lishadi va “Albatta, bilim yurtini yaqinda tamomlagan bu tabib ustozlaridan ko‘ra bilimliroq” deyishadi.

Biz aytamizki, bu noto‘g‘ri fikr. Ustoz qat’iy ravishda shogirdidan ilmliroq. Axir tabobatni shogirdga u o‘rgatgan. Lekin Alloh subhanahu va taolo qaysi kasallikka qachon shifo bo‘lishini taqdirga yozib qo‘ygan.

Yangi ish boshlagan tabib bemorni muolaja qilishni boshlaganda, Alloh taolo o‘sha kasallikning shifosini unga bildiradi. Keyin tabib o‘sha bilim asosida retsept yozib berib, bemorni muolaja qiladi, bemor esa tuzaladi.

Bu gaplardan “Albatta, Allohning O‘zi shifo berar ekan, biz tuzalish chorasini ko‘rmay o‘tiraverishimiz kerak ekan” degan ma’no chiqmaydi. Alloh taolo bu dunyoda bizga sabablarni ushlashimizni buyurgan. Ana undan keyin sabablarning natijasi borasida Alloh taoloning O‘ziga tavakkul qilamiz.

 

Shayx Sha’roviy rahimahullohning “Al-adilla al-maaddiyya ala vujudillah” nomli asaridan Nozimjon Iminjonov tarjimasi

O‘MI Matbuot xizmati

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Bolalarga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘lishning zararlari

20.12.2024   39156   1 min.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati