O‘zbekiston Superligasining 8-tur bellashuvlarining vaqti aniq bo‘ldi va ular «Sport» telekanalining haftalik dasturiga kiritildi. Bu haqda "tribuna.uz" xabar tarqatdi.
Manba bergan xabarga ko‘ra, o‘yinlarning barchasi ish vaqtidan so‘ng boshlanadi.
25 apreldan boshlab esa vaqtlar yarim soatga suriladi. PFL, shuningdek, yaqinlashib kelayotgan Ramazon oyida ham vaqtlar masalasiga o‘zgartirish kiritishni rejalashtirgan. Bunda ro‘zadorlarning og‘iz ochish vaqti va boshqa masalalarga e’tibor qaratish ko‘zda tutilgani ma’lum qilindi.
O‘MI Matbuot xizmati
Shu yilning 12 mart kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov fuqarolarni qabul qilib, ularning murojaat va taklif-mulohazalarini tingladi.
Mazkur qabul jarayonida fuqarolar tomonidan bildirilgan shar’iy masalalar, masjidlar qurish, haj va umra, ishga joylashish, oilaviy munosabatlar, kitob chop etish, moddiy yordam va sohani rivojlantirishga oid masalalar atroflicha o‘rganilib, mas’ullarga qisqa muddatlarda hal etish yuzasidan topshiriq berildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati