Sayt test holatida ishlamoqda!
23 Dekabr, 2024   |   22 Jumadul soni, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:21
Quyosh
07:46
Peshin
12:27
Asr
15:17
Shom
17:01
Xufton
18:21
Bismillah
23 Dekabr, 2024, 22 Jumadul soni, 1446

Chilidagi masjidni ko‘rganmisiz?

14.04.2018   2718   1 min.
Chilidagi masjidni ko‘rganmisiz?

Chilining Santyago shahridagi As-Salom masjidi ushbu hududda barpo etilgan masjidlardan biridir. 2016 yilda Turkiya prezidentining Chiliga tashrifi chog‘ida ushbu masjidni kapital ta’mirlashga kelishilgan edi.

Masjidning binosi 1989 yilda qurilgan. Qayta ta’mirlangan masjidning ochilish marosimi shu kunlarda bo‘lib o‘tdi.

Masjid qayta ta’mirlanib Chilidagi 3 mingdan ortiq musulmonga taqdim etildi. Musulmonlar Chili aholisining 0,02 foizini tashkil etsada mamlakatda bir qator islomiy tashkilotlar ishlaydi. Santyagodagi As-Salom masjidi, Ikikedagi Bilol masjidi va Kokimbodagi Muhammad VI madaniy markazi shular jumlasidandir.

Chiliga musulmonlar ispan mustamlakachilik paytida kirib kelgan. Diyego de Almagro ekspeditsiya tarkibida Pedro de Gasko ismli ispaniyalik musulmon bo‘lgani aytilgan.

Katta jamoalar 1856 yilda usmonlilar imperiyasi hududidagi arablar bilan kela boshlagan.

Chilidagi dastlabki musulmon jamoasi 1926 yilning 25 sentyabrida iashkil etilgan Sociedad Union Musulmana deb nomlangan.

As-Salam masjidi esa 1989 yilda Malayziya shaxzodasi ishtirokida ochilgan.

O‘MI Matbuot xizmati

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar

“JUMADAN JUMAGACHA” (20.12.2024)

22.12.2024   11369   1 min.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati