Sayt test holatida ishlamoqda!
12 Mart, 2025   |   12 Ramazon, 1446

Toshkent shahri
Tong
05:22
Quyosh
06:40
Peshin
12:38
Asr
16:40
Shom
18:29
Xufton
19:42
Bismillah
12 Mart, 2025, 12 Ramazon, 1446

Ozarbayjonning saylangan prezidenti yangi masjidga tashrif buyurdi

14.04.2018   2598   1 min.
Ozarbayjonning saylangan prezidenti yangi masjidga tashrif buyurdi

Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev o‘zining rafiqasi Mehribon Aliyeva hamrohligida Baku shahrida yangi barpo etilgan Hoji Javod masjidining ochilish marosimida ishtirok etdi.

Musulmonlar o‘z ibodatlarini amalga oshiruvchi maskanning me’moriy yechimi, amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdilar. Yasamol tumani ijro hokimiyati boshlig‘i Aziz Azizovning aytishicha, masjidning umumiy maydoni 400 kvadrat metr bo‘lib, bir vaqtning o‘zida 600 nafar kishini sig‘dira oladi. Masjidning birinchi qavati erkaklar uchun, ikkinchi qavati esa ayollar uchun mo‘ljallangan. Ushbu masjidning qurilishi Ilhom Aliyevningshaxsan ko‘rsatmasiga asosan amalga oshirilgani aytilgan.

O‘MI Matbuot xizmati

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Iftorlik dasturxoni yozilib, qalblarga quvonch ulashildi

12.03.2025   1200   1 min.
Iftorlik dasturxoni yozilib, qalblarga quvonch ulashildi

Muborak Ramazon kunlarida ehtiyojmand insonlarga yordam berish, ularni xursand etish Islom dinida buyuk fazilat sanaladi. Shu munosabat bilan Farg‘ona shahrida kam ta’minlangan, yordamga muhtoj insonlar uchun iftorlik dasturxoni yozildi.

Mehribonlik va saxovat muhiti hukm surgan tadbirda Farg‘ona viloyati bosh imom-xatibi Ubaydulloh domla Abdullayev ham ishtirok etib, yig‘ilganlarni muborak oy bilan tabrikladi.


Ramazon – saxovat, birdamlik va bag‘rikenglik oyi ekani, bu oyda mo‘min-musulmonlar ibodatlarini ziyoda qilib, mustahkam birodarlik va bag‘rikenglik bilan yashashga da’vat etilgani, muhtojlarni qo‘llab-quvvatlash inson uchun ikki dunyo saodatiga eltadigan fazilat ekani ta’kidlandi.


Tadbir davomida mehmonlarga taom tortilib, duolar qilindi va xayrli amallarga targ‘ib etildi. Tadbir ishtirokchilari xayriya iftorligi tashkilotchilariga va saxovatli insonlarga o‘z minnatdorliklarini izhor qildilar. Mana shunday xayrli tadbirlar orqali yurtimizda mehr-muruvvat, o‘zaro qo‘llab-quvvatlash fazilatlari yanada mustahkamlanishi qayd etildi. 

Farg‘ona viloyati vakilligi

Matbuot xizmati

Iftorlik dasturxoni yozilib, qalblarga quvonch ulashildi Iftorlik dasturxoni yozilib, qalblarga quvonch ulashildi Iftorlik dasturxoni yozilib, qalblarga quvonch ulashildi Iftorlik dasturxoni yozilib, qalblarga quvonch ulashildi Iftorlik dasturxoni yozilib, qalblarga quvonch ulashildi Iftorlik dasturxoni yozilib, qalblarga quvonch ulashildi
O'zbekiston yangiliklari