Sayt test holatida ishlamoqda!
14 May, 2025   |   16 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:31
Quyosh
05:05
Peshin
12:24
Asr
17:24
Shom
19:37
Xufton
21:05
Bismillah
14 May, 2025, 16 Zulqa`da, 1446

Rus yigit «Islomobod» jome masjidida musulmon bo‘ldi

13.04.2018   4342   1 min.

 

Rus yigiti "Islomobod" masjidida musulmon bo‘ldi

Bugun, 13 aprel kuni juma namozi vaqtida avval g‘ayridin bo‘lgan yigit "Islomobod" jome masjidi imomiga muqaddas islom dinini qabul qilishida yordam so‘rab kelgan.

Masjid imomi ham o‘z navbatida ushbu yigitning so‘roviga javob bergan holda, dinimizning asoslarini tushuntirib o‘tgan. Bir g‘ayridinning islomni qabul qilishiga ko‘pchilik guvoh bo‘lishini istagan holda bugungi juma namozidan oldin jamoat oldida uni tanishtirgan.

Rus millatiga mansub yigit o‘z ismini Islomdagi eng go‘zal ism Abdullohga o‘zgartirgan. Imomning so‘zlariga ko‘ra, Abdulloh o‘z xohishi bilan, ko‘rib-bilib muqaddas dinimizni qabul qilmoqchiligini bildirgan.

Abdulloh jamoa oldida ham “Shahodat” kalimasini aytib, go‘zal Islomni qabul qilganini ko‘rsatdi.

Quyidagi videolavhada Abdullohning masjidda, jamoa oldida turib kalima qaytargani aks ettirilgan. Marhamat, ko‘rib ko‘zingizni quvnting. Musulmonlik muborak bo‘lsin, ey Abdulloh!

 

O‘MI Matbuot xizmati

Videolavhalar
Boshqa maqolalar

Xudoga xush keladigan ishlarni qilaylik!

14.05.2025   947   1 min.
Xudoga xush keladigan ishlarni qilaylik!

Dunyoda shunday ishlar borki, Alloh taologa suyukli bo‘ladi. Ulardan biri ko‘ngilni shod etish hisoblanadi.

 

Bu haqda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam bunday marhamat qilganlar: “Alloh taologa farz ibodatlardan keyin eng maqbul ish – musulmon kishining ko‘ngliga surur (xursandchilik) yetkazishdir”.   

 

Darhaqiqat, o‘zga kishining ko‘nglini olish, uni xursand qilish xayrli amallardandir. Hazrati Alisher Navoiy:

 

Kimki bir ko‘ngli buzug‘ning xotirin shod aylagay,

Oncha borkim, Ka’ba vayron bo‘lsa, obod aylagay, deya bejiz aytmagan.

 

Musulmonning ko‘ngliga ozor berish esa, xunuk ishlardandir. Bu haqda xalqimizda: “Dilozordan Xudo bezor”, degan naql bor.

 

Alloh taolo barchamizni o‘zgalarga ozor berishdan saqlab, Alloh taologa suyukli bo‘lgan ishlarni qilishga muvaffaq aylasin!

 

Ruhiddin Akbarov,

O‘MIning
Qashqadaryo viloyat vakilligi xodimi