Buyuk Britaniyadagi musulmonlarning yarmidan ko‘pi ingliz bo‘lib, umumiy aholi sonining 44 foizini tashkil qiladi.
Musulmonlar Ramazon hayitida Londondagi bog‘da namoz o‘qishadi. Buyuk Britaniyada 4,1 million musulmon bor. Ularning aksari inglizlar. Ingliz musulmonlari ta’limga jiddiy ahamiyat beradi. Ular diniy ta’lim borasida g‘ayrimusulmonlarga nisbatan ancha kuchli. Ipsos Morinning 75 sahifalik hisobotida ingliz musulmonlarini har taraflama o‘rganish yuzasidan 2010 yildan buyon keng qamrovli tadqiqotlar olib borilmoqda va jamoatchilik so‘rovlari tahlil qilinmoqda. 2011 yil mamlakatda musulmonlar soni uch million bo‘lgan. O‘tgan yili ularning soni 4,1 millionga yetgan. Ularning yarmi 24 yosh oralig‘idagilar va uchdan bir qismi 15 yosh orasidagi o‘smirlar. Musulmonlarning 8-5 foizi millatining ingliz ekanini his qiladi. “Aziz” jamg‘armasi raisi Asif Aziz bunday deydi: ”Britaniyalik musulmonlar diniy e’tiqodiga qat’iy rioya qiladi, lekin ayni paytda ingliz ekanini ham his qiladi”.
Musulmon bolalar ta’lim yutuqlariga ko‘p intiladi. Ulardan 56 foizi universitetga kirish niyatida ekanini aytdi. Muslima qizlar esa o‘g‘il bolalardan ko‘proq universitetga intilar ekan. Musulmonlarning 7 foizi ishsiz, bu umumiy aholi sonining 4 foizini tashkil qiladi. Hisobotda qayd etilishicha, konservativ munosabatlarda g‘ayrimusulmonlardan musulmonlar faolroq ekan. Musulmon erkaklarning yarmi va ayollarning uchdan bir qismi xotinlar o‘z erlariga bo‘ysunishlari kerak deb hisoblaydilar. Ipsos Mori tadqiqot direktori Kulli Kaur-Ballagan o‘z hisobotida “Britaniya musulmonlari bir vaqtning o‘zida ham ingliz, ham musulmon bo‘lish mumkin deb hisoblaydilar”, deya ta’kidladi.
Robiya JO‘RAQULOVA tayyorladi.
O‘MI Matbuot xizmati
Onamiz Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam ruqya o‘qimoqchi bo‘lsalar, ko‘rsatgich barmog‘iga tupuklarini tekkizardilar. So‘ng uni tuproqqa bosar, barmoqqa yopishgan narsani bemorga surkab, ushbu duoni: “Bismillaahi, turbatu arzina, biriyqati ba’dinaa, yushfaa saqiymunaa, biizni Robbinaa” aytar edilar” (Imom Buxoriy, Imom Muslim rivoyati).
Duoning tarjimasi: “Yerimizning tuprog‘i, ba’zimizning tupugi, Robbimizning izni ila kasalimizga shifo ber”.
Imom ibn Qoyyim rahimahulloh: “Ushbu holat buni inkor etgan yoki uni masxara qilgan yoki e’tiqod qilmagani holda faqatgina tajriba qilib ko‘rgan kishigagina foyda bermaydi”, dedilar (“Fathul Boriy” dan).