Sayt test holatida ishlamoqda!
03 Avgust, 2025   |   9 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:48
Quyosh
05:20
Peshin
12:34
Asr
17:31
Shom
19:42
Xufton
21:07
Bismillah
03 Avgust, 2025, 9 Safar, 1447

Buyuk Britaniya musulmonlari diniy va milliy qadriyatlarga sodiqdir

11.04.2018   3034   1 min.
Buyuk Britaniya musulmonlari diniy va milliy qadriyatlarga sodiqdir

Buyuk Britaniyadagi musulmonlarning yarmidan ko‘pi ingliz bo‘lib, umumiy aholi sonining 44 foizini tashkil qiladi.

Musulmonlar Ramazon hayitida Londondagi bog‘da namoz o‘qishadi. Buyuk Britaniyada 4,1 million musulmon bor. Ularning aksari inglizlar. Ingliz musulmonlari ta’limga jiddiy ahamiyat beradi. Ular diniy ta’lim borasida g‘ayrimusulmonlarga nisbatan ancha kuchli. Ipsos Morinning 75 sahifalik hisobotida ingliz musulmonlarini har taraflama o‘rganish yuzasidan 2010 yildan buyon keng qamrovli tadqiqotlar olib borilmoqda va jamoatchilik so‘rovlari tahlil qilinmoqda. 2011 yil mamlakatda musulmonlar soni uch million bo‘lgan. O‘tgan yili ularning soni 4,1 millionga yetgan. Ularning yarmi 24 yosh oralig‘idagilar va uchdan bir qismi 15 yosh orasidagi o‘smirlar. Musulmonlarning 8-5 foizi millatining ingliz ekanini his qiladi. “Aziz” jamg‘armasi raisi Asif Aziz bunday deydi: ”Britaniyalik musulmonlar diniy e’tiqodiga qat’iy rioya qiladi, lekin ayni paytda ingliz ekanini ham his qiladi”.

Musulmon bolalar ta’lim yutuqlariga ko‘p intiladi. Ulardan 56 foizi universitetga kirish niyatida ekanini aytdi. Muslima qizlar esa o‘g‘il bolalardan ko‘proq universitetga intilar ekan. Musulmonlarning 7 foizi ishsiz, bu umumiy aholi sonining 4 foizini tashkil qiladi. Hisobotda qayd etilishicha, konservativ munosabatlarda g‘ayrimusulmonlardan musulmonlar faolroq ekan. Musulmon erkaklarning yarmi va ayollarning uchdan bir qismi xotinlar o‘z erlariga bo‘ysunishlari kerak deb hisoblaydilar. Ipsos Mori tadqiqot direktori Kulli Kaur-Ballagan o‘z hisobotida “Britaniya musulmonlari bir vaqtning o‘zida ham ingliz, ham musulmon bo‘lish mumkin deb hisoblaydilar”, deya ta’kidladi.

Robiya JO‘RAQULOVA tayyorladi.

O‘MI Matbuot xizmati

 

 

 

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Chandiq qolur, dog‘ qolur...

01.08.2025   5559   2 min.
Chandiq qolur, dog‘ qolur...

Bir qishloqda jahli tez chiqadigan, o‘zini boshqa olmaydigan o‘spirin yigit bor ekan. Kunlardan birida otasi unga har gal jahli chiqqanida bir mix olib, uyning oldidagi daraxtga qoqishini aytdi.


O‘g‘il shunday qila boshladi. Bir necha mix qoqilgan daraxtni ko‘rib, yigitning unga rahmi keldi. O‘zini boshqarishni, sabrli bo‘lishni o‘rgandi. Daraxtga mix qoqmay qo‘ydi. Buni ko‘rgan ota endi o‘g‘liga qoqilgan mixlarni sug‘urib tashlashni buyurdi. O‘g‘il otasining aytganini bajardi.


Daraxtning yaralari bitib, o‘rnida chandiqlar paydo bo‘ldi. Ota o‘g‘liga:


– Qara, o‘g‘lim! Qoqilgan har bir mix bu daraxtni yaralagan edi. Ularni sug‘urib tashlagan taqdiringda ham, o‘rni, chandiqlari qoldi. Endi daraxtning ana shu joylari mo‘rtlashib, qurt tushadi va uni yemiradi.


O‘g‘il boshini egib qoldi. Ota so‘zida davom etdi:


– Bu-ku bir daraxt ekan, Alloh taolo azizu mukarram qilib yaratgan inson zotining qalb atalmish daraxtiga ham ba’zan til atalmish bolg‘a bilan so‘z atalmish mixlar qoqiladi. Garchi keyin xatolar tan olinib, uzr so‘ralib, u “mix”lar sug‘urib olinsa-da, o‘rnida chandig‘i, dog‘i qoladi... Sen o‘shanday mixlarni qoqishdan saqlan. O‘zingni idora qilishni, jahlingni jilovlashni o‘rgan!..


Darhaqiqat, inson qalbi go‘yo nafis bir oynaga o‘xshaydi. U darz ketsa, keyin hech qachon aslidagidek tiklanmaydi. Shunday ekan, har doim Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamga o‘xshab muomila qilishni o‘rganaylik hech bo‘lmasa harakat qilaylik. Alloh hammamizni to‘g‘ri yo‘ldan adashtirmasin! Zero, ko‘ngil – Yaratganning nazargohidir.


Qudsiy hadislardan birida Alloh taolo: “Men sizlarning na suratingizga  va na chiroylaringizga qarayman. Balki qalblaringizga qarayman va sizlardagi yaxshi xislatlardan rozi bo‘laman”, degan. 

Akbarshoh Rasulov

O'zbekiston yangiliklari