Sayt test holatida ishlamoqda!
05 Iyun, 2026   |   18 Zulhijja, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:08
Quyosh
04:51
Peshin
12:27
Asr
17:35
Shom
19:57
Xufton
21:32
Bismillah
05 Iyun, 2026, 18 Zulhijja, 1447

Urinoterapiya yoxud peshob bilan davolashning hukmi qanday?

09.04.2018   18126   1 min.
Urinoterapiya yoxud peshob bilan davolashning hukmi qanday?

Ayrim ijtimoiy yo‘nalishdagi bosma ommaviy axborot vositalarida berilgan urinoterapiyaga bag‘ishlangan maqolalarda peshobning ko‘p kasalliklarga davo ekani haqida yozilmoqda. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlarining “So‘ragan edingiz” nomli kitoblarida ushbu masala yuzasidan yuborilgan savolga quyidagicha javob berilgan: 

“Alloh taolo O‘zi harom qilgan narsalarni bandalariga shifo qilmagan. Payg‘ambarimiz Muhammad (sollallohu alayhi va sallam): “Siydikdan saqlaninglar, chunki u qabr azobiga sababchi bo‘ladi”, deganlar. 

O‘zini ko‘rsatish bilan faxrlanadigan, tabiblikni da’vo qiladigan ayrimlarning urinoterapiya orqali davolayman, deb jar solishi yaxshi emas. Holbuki, inson tabiatiga mutlaqo zid, harom narsada qanday davo yoki shifo bo‘lishi mumkin? 

Shamsiddin ibn Javziyaning “Tibbun nabaviy” nomli asari Islom olamida juda mashhur. Shu asarning biron joyida peshob bilan davolash haqida gap yo‘q. Yoki Ibn Sino bobomizning “Tib qonunlari” nomli asari ham bunday “shifo”lardan butkul yiroq. Shuncha pokiza ne’matlar, qanchadan-qancha sof dorivor giyohlar turganida peshob bilan davolash degan so‘zning o‘zi uyat. Alloh taolo barchalarimizni to‘g‘ri yo‘ldan adashtirmasin”.

 

O‘MI Matbuot xizmati

Boshqa maqolalar
Maqolalar

Kim juma kuni 100 ta salavot aytsa...

05.06.2026   326   1 min.
Kim juma kuni 100 ta salavot aytsa...

Bismillahir Rohmanir Rohiym

#salavot #juma #mağfirat

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Kim menga juma kuni yuzta salavot aytsa, sakson yillik xatosi kechiriladi", dedilar ("Daloilul xoyrot" kitobidan).

     اللَّهُــمَّ صَلِّ وَسَـــلِّمْ على نَبِيِّنَـــا مُحمَّد

Allohumma, solli va sallim ’ala Nabiyyina Muhammad.

Maqolalar